Tajriba ishi -2
Mavzu: Kompressorlardi uzatish koeffitsiyenti va indicator F.I.K ni siqish darajasi Pk/Po bog’liqlik grafigini tuzish.
I. Ishdan maqsad:
1. Parkompression sovutish mashinalaridagi hajmiy va energetik yo’qotuvlarni talabalarga tushuntirish va bu yo’qotuvlarni hisobga oluvchi koeffitsientlarni aniqlash.
Hajmiy yo’qotuvlarni hisobga oluvchi uzatish koeffitsiyenti va energetik yo’qotuvlarni hisobga oluvchi indikator koeffitsiyentlarining kompressorda parni siqish darajasiga bog’liqligini aniqlash.
II. Nazariy qism:
Kompressorning nazariy sovutish unumdorligi :
Qo = Vh×qv , kvt
Bu yerda:
Vh - kompressor porshenlari hosil qilayotgan hajm, ;
qv - kompressorga so’rilayotgan parning solishtirma hajm sovutish unumdorligi, kj/m3;
Haqiqiy sovutish unumdorligi nazariyasidan o’lik hajmi borligi, klapanlarda so’rish va uzatishdagi depressiya va boshqalar sababli farq qiladi. Haqiqiy sovutish unumdorligini hisoblash uchun yo’qotuvlarni hisobga oluvchi ishchi koeffitsiyentlar kiritilgan.
Qo=Vhaq×qv= λ ×Vh×qv
λ =Vhaq/Vh; λ = λ c λ dr λ w λ z
Vhaq - so’rib olinayotgan parning haqiqiy hajmi, m3/sek
λ - kompressorning uzatish koeffitsiyenti
λ c - hajmiy koeffitsiyent - kompressor so’rayotgan par hajmning, porshen hosil etayotgan hajmga
nisbatini tashkil qiladi. Bu koeffitsiyentning qismatini asosan o’lik hajm va bosimlarni nisbatini Pk/P0 aniqlaydi.
λ c=l-c((Pk/Po)1/m - l)
buyerda: c- compressor turiga ko’ra o’lik hajmning nisbiy qiymati c=0,02-0,08
m- politrop ko’rsatkichi, ammiakli kompressorlar uchun 1,1-1,25 va freonlar uchun 1-1,1
Drossel koeffitsiyenti λ dr indikator diagrammada 4-nuqtada so’rishdagi bosimga nisbatan silindrda 4' nuqtada bosimning kamayishini ko’rsatadi. Pk/Po =∆Ps ahamiyatga ega:
λ dr=l- (1+C) ∆Pc/ λc
Qizish koffitsiyenti ammiakli va freonli vertical va U-simon kompressorlar uchun:
λ w=T0/Tk
bu yerda:
To - absolyut qaynash temperaturasi;
Tk - absolyut kondensatsiya temperaturasi.
Zichlik koeffitsiyentini unumdorlikning kamayishini belgilaydi, porshen kalsolari, klapanlarda zichlikning ta’minlanmasligi va uzatish klapanining kech bekilishida yoqotishlar sodir bo’ladi.
λ z=0,96 - 0,99 qabul qilinadi.
Kompressor iste'mol qilayotgan haqiqiy quvvat nazariyasidan katta. Buning sababini haqiqiy kompressor silindrdagi sovutish agenti holati o’zgarishini kuzatib tushunish mumkin.
Nazariy siqish jarayoni 1-2 chiziqda ifodalangan. 1-a-b-c chizigT haqiqiy jarayonni ta'riflaydi ya'ni c/a siqish jarayonidagi holatini aniqlaydi. Klapanda so’rishdagi qarshiliklar va silindr devorlari bilan issiqlik almashinish natijasida bosim "a" nuqtada Ps kamayadi , temperatura (Ta –T 1) ga ortadi. Haqiqiy jarayon 1-a-b-c parning siqish chizig’i politropaning o’zgaruvchan ko’rsatkichiga tashkil qiladi.
Siqish boshida devordan par qiziydi (a-b), politropa ko’rsatkichi adiabata ko’rsatkichidan kata - politropa o’ngga ortadi. "b" nuqtada temperaturalar tenglashadi (m=k) .
в-c bo’lakda issiqlik sovutish agentidan devorga uzatiladi (m
Siqish so’ngida parning holati "c" nuqtada aniqlanadi, uzatishdagi qarshilik sababli kondensatordagi bosimdan APHga bosim ko’tariladi. 3 nuqta o’lik hajmdagi par holatini belgilaydi.
Kengayish so’ngida par temperaturasi so'rish temperaturasidan yuqori, bu siqishdan oldin parning qizishiga sabab bo’ladi. Haqiqiy jarayonning nazariyasidan farqlanishi natijasida ish ortadi, bu esa T-s diagrammada 1-2 adiabata va haqiqiy jarayon 1 -a-b-c chiziqlari oralig’idagi maydonni ko’rsatadi.
ηi - indikator F.I.K. nazariyga nisbatan haqiqiy jarayonda siqish ishidagi sarflarni hisobga oladi va quyidagicha aniqlanadi:
ηi = NH/Ni ; ηmex = Ni/Ne ; ηk = NH/Ndv ; ηe = NH/Nc ;
1-2- kompressordagi siqish jarayoni, 2-3- kondensatordagi jarayon, 3-3'-issiqlik almashtirgichda suyuqlikning o’ta sovushi, 3'-4- drosellanish, 4-1'- bug’latgichda qaynash' l'-l- issiqlik almashtirgichda parning qizishi.
III. Ishni o’tkazish tartibi
1. Ishning turg’un holatida ko’rsatgichlarni o’lchash va kuzatish jurnaliga yozish
2. Kondensatorga uzatilayotgan suvni o’zgartirib, ish tartibini o’zgartirish.
3. Sovitish mashinasi ish ko’rsatgichlarni yangi tartibda o’lchash, kerakli hisoblarni bajarish va kuzatish jurnaliga to’ldirish:
n/n
|
Po
bar
|
Pk
bar
|
to
°C
|
tk
°c
|
tn,
°c
|
tBC
°c
|
Ga,
kg/s
|
tcl
°C
|
tc2
°c
|
Ndv,
kvt
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Po, to- bug’latkichda qaynash bosim va temperaturasi;
Pk, tk – kondensatordagi bosim va temperaturasi;
tn- PB oldin suyuqlikning o’ta sovish temperaturasi;
ts – kompressordan oldin par temperaturasi;
Ga – kondensatordagi suv sarfi;
tc1-kondensatorga kirishda suv temperaturasi;
tc2 – kondensatordan chiqishda suv temperaturasi;
Ndv - compressor dvigateli iste'mol qilayotgan quvvat.
4. LgP-i diagrammadan siklning uzviy nuqtalarida entalpiyalarni va kompressor oldidan parning solishtirma hajmini v1 aniqlash.
5. λ =f(Pk/Po)
bog’liqlikni grafigini qurish uchun quyidagicha hisoblanadi:
λ = Vg/ Vh = Ggv1/ Vh
bu yerda:
Ga- harakatdagi sovitish agentining miqdori, kg/s
Bu yerda:
Qk – kondensatordagi issiqlik yuki, kVt
qk- kondensatordagi 1 kg suvga berayotgan issiqlik miqdori, kJ/kg
C=4,2 kJ/kgK suvning issiqlik sig’ imi
Vh - kompressor porsheni hosil qilayotgan hajm, m /s
Ds – silindr diametri, m
s – porshen qadami, m
n – tirsakli valning sekundiga aylanishlar soni, sek-1
z – kompressor silindridagi soni
Sovitish masshinasining bir nechta ish tartiblari uchun koeffitsiyenti hisoblanadi va λ=f(Pk/Po) grafigini quriladi.
6. ηi =f (Pk/Po) bog’liqlik grafigini qurish uchun ηi – quyidagicha hisoblanadi:
Ndv – haqiqiy sarfalngan ish, elektroenergiya schetchigidan aniqlanadi.
Sovitish mashinasining har bir ish tartibi uchun NH hisoblanadi va schetchik ko’rsatkichidan Ndv aniqlanadi. ηk = Nн / Ndv .
Bu ηk =f (Pk/Po) bog’liq grafigini qurishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |