O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY BA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
MEXANIKA FAKULTETI
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
____________ O.O.Zaripov
“____” ________2020y.
“SOVUTISH MASHINALARI”
fanidan laboratoriya ishlariga Uslubiy ko’rsatmalar
5320300 - “Техnologik mashinalar vа jihozlar” (sovutish mashinasozligi)
Тоshkent -2020
Tajriba ishi -1 Mavzu: Sovutish mashinalarini ish parametrlarini o’lchash I. Ishdan maqsad:
Sovitish mashinasida sinov o’tkazish.
Freon sovitish mashinasining siklini tekshirish.
Sovutish mashinasining sovutish unumdorligi va sovitgich koeffitsiyentini aniqlash.
II. Ishning mazmuni:
Sovutish mashinasining siklini T - S va i – lgP diagrammada 1-2 -2'-3 -3'-4 -l'-l kontur bilan ifodalash mumkin. U quyidagi jarayonlardan iborat:
1-2 Kompressorda sovitish agentining kondensatsiya temperaturasiga mos keladigan bosimgacha adiabatik siqilish jarayoni.
2-3 kondensatorda ishchi moddadan issiqlikning atrof muhitga olib ketishi, buning natijasida qizigan par oxirgi siqilish temperaturasidan kondensatsiya temperaturasigacha soviydi (2-2' chizig’ i).
2'-3 va 3-3' parning kondensatsiyalanish va suyuqlikning kondensatsiya temperaturasidan quyi temperaturagacha sovish jarayoni.
Bug’latkichda suyuqlikning to'yingan bug’ bosimiga to’g’ri keladigan temperaturada qaynaydi. Hosil bo’lgan bug’, kompressorga tushguncha, qizigan bug’ holatigacha qizdiriladi (l-l'). Haqiqiy siklning Karno sikldan farq qiluvchi holatlarini ko’rib chiqamiz:
Kengayuvchi silindr rostlovchi ventil bilan almashtirilgan: Kengayuvchi silindrga kirayotgan sovitish agentining solishtirma hajmi kam bo' lganligi sababli slindrning o’lchamlari kichik, bu silindrni yaratish va yasashni qiyinlashtiradi.
Suyuqlik rostlovchi ventildan oldin sovitiladi: Rostlovchi ventildan oldin suyuqlik o’ta sovigan temperaturagacha sovitiladi, tus
3) Kompressor sovitish agentining nam bug’ holida emas, qizigan bug’ holida so’radi. Bug’ sovitish mashinasining nazariy siklida compressor nam parda ishlaydi, bu demak nam parni so’rib oladi va quruq to’yingan par holatigacha siqadi.
Nazariy tomondan bunday tartibdagi ish ancha qulay, chunki Karno sikliga yaqinlashuvchi qaytuvchi siklni amalga oshirishga imkon beradi. Lekin kompressor nam bug’ bilan ishlaganda bo'shliq fazoda suyuqlikning tomchilari qoladi.
Porshen qayta qaytishda bu suyuqlik tomchilari bug’lanadi, hosil bo’lgan bug’ silindr hajmining biror qismini egallaydi va yangi so’rilayotgan bug’ miqdori shunga mos ravishda kamayadi. Natijada uzatish koeffitsiyenti kamayadi, haqiqiy ish ortadi va sovitish koeffitsiyenti kamayadi.