Bitiruv ishining obyekti va predmeti. Toshkent davlat texnika universteti Energetika fakulteti “Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari” kafedrasida o‘qitilayotgan “Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash” fani sohasidagi nazariy va tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan hujjatlarni o‘rganishni tashkil etadi.
Ishning predmeti esa oliy ta’lim muassasalarida “Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash” fanining “Stansiya va podstansiyalarning elektr jihozlari bilan tanishish” mavzusini mazmuni, shakl, usul, vositalari.
Bitiruv ishining maqsad va vazifasi. Bitiruv ishining maqsadi “Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash” fanidan “Stansiya va podstansiyalarning elektr jihozlari bilan tanishish” mavzusini o‘qitishga yangi pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish orqali mavzuning ishlanmasini yaratish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
“Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash” fani bo‘yicha taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlarini nazariy va amaliy o‘qitishdagi ilg‘or xorijiy tajribalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oliy ta’lim jarayonlariga faol tatbiq etishning nazariy asoslarini o‘rganish va tahlil qilish. Shuningdek, “Stansiya va podstansiyalarning elektr jihozlari bilan tanishish” mavzusining texologik ishlamasini yaratish fanni o‘qitishni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Bitiruv ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha o‘zaro tahlili. Bitiruv ishi mavzuni yoritishda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar va adabiyotlar tahlil qilindi va bitiruv ishini mazmunini yoritishda foydalanildi.
Мavzuning pedagogik jihatlarini ilmiy va amaliy tahlilini ayrim yo‘nalishlarini yorituvchi o‘quv qo‘llanma, darslik, bir qator maqola va boshqa ilmiy ishlari mavjud. Jumladan “Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash” fanidan t.f.d. prof. Gayibov T.Sh. tomonidan bir qancha professor o‘qituvchilar ko‘magidan foydalangan holda 2015 yilda yozilgan o‘quv qo‘llanma. Ushbu o‘quv qo‘llanma “Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash” sohasidagi ilk o‘zbek tilida yozilgan o‘quv qullanmalardan sanaladi. Shu jumladan elektr energetika sohasiga katta hissa qo‘shgan olmlardan Leonard L. – « Electric power generation, transmission, and distribution», Robert Eatan, Edwin Cohin – «Electric Power Transmission Systems», nomli adabiyotlardan keng miqiyosida foydalanib kelinmoqda. Shuningdek hozirgi kunda https://link.springer.com/ saytining barcha uchun bepud bo‘lgan bo‘limidagi kitoblar, jurnallar va maqolalardan xam foydalanib kelinmoqda. Internet saytlaridan qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlatiladigan jihozlar haqida ma’lumotlar https://www.enfsolar.com/pv/panel va https://en.wind-turbine-models.com laridan olindi.
Bitiruv ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Jamiyatning taraqqiyoti undagi ishlab chiqarish darajasi va kishilar hayoti uchun zarur moddiy sharoitlarni yaratish bilan belgilanadi. Shu sababli, energiyani istemol qilish bundan keyin ham ishlab chiqarish darajasini o‘sishini ta’minlagani holda olib boradi.
Vatanimizni yanada tezroq rivojlanishiga xissa qo‘shish uchun energetika sohasida ta’lim olayotgan talabalarimizga kuchli nazariy bilimlar va ulardan amaliyotda samarali foydalanishni o‘rgatish o‘ta dolzarb sanaladi. Chunki xar qanday davlatning rivojlanishini elektr energiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu yo‘lda kadrlarimizning o‘rni kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |