Bitiruv ishi tuzilmasining tavsifi. Bitiruv ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat holda yoritib berilgan. Ishning umumiy hajmi 59 betni tashkil etadi.
I BOB. “ELEKTR ENERGIYANI ISHLAB CHIQARISH, UZATISH VA TAQSIMLASH” FANINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI
“Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash” fani taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlari
2030 yilga borib O‘zbekiston bugungidan ko‘ra 2 barobar ko‘proq elektr energiyasi ishlab chiqarishi zarur. Shu tarzdagina iqtisodiyot va aholi ehtiyojlarini qanoatlantirish, boshqacha aytganda, mamlakat energiya xavfsizligini taʼminlash mumkin. Mazkur maqsadga erishish uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan keng ko‘lamli loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, sohani bozor munosabatlariga o‘tkazish uchun isloh etish jarayonlari muvofiqlashtirilmoqda.
Energetika sohasida qanday islohotlar ro‘y bermasin, natija, yaʼni O‘zbekiston aholisi va iqtisodiyotini energiya zaxiralari bilan barqaror taʼminlash muhim. Salkam 10 yildan keyin elektr energiyaga ehtiyojning ikki karra o‘sishi haqida darak beruvchi tahliliy bashoratlarni inobatga olsak, Energetika vazirligi va yoqilg‘i-energetika majmuasining asosiy vazifalaridan biri – yangi elektr stansiyalar, shu jumladan, issiqlik elektr stansiyasi (IES) qurish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) ni rivojlantirish, QTEM asosida boshqa yangi loyihalarni izlash va amalga oshirish, gidroelektr stansiya (GES), shu hisobda kichik GES imkoniyatlarini yana-da kengaytirishdan iborat.
2021 yil oxiriga borib, energiya ishlab chiqarish quvvatlarini 14 mingdan 15,8 ming MVt ga oshirish yoxud qo‘shimcha 1,8 ming megavatt quvvatlarni ishga tushirish rejalashtirilgan. Natijada 2016 yilga nisbatan ishlab chiqarish quvvatlari 50 foiz ortadi. Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida Toshkent viloyatida uchta (umumiy quvvati 710 MVt), Buxoro va Xorazm viloyatlarida ikkita (umumiy quvvati 444 MVt) IESlar hamda Navoiy va Samarqand viloyatlarida ikkita (umumiy quvvati 200 MVt) quyosh fotoelektr stansiya (FES)lar ishga tushiriladi.
Yangi zamonaviy IES larni ishga tushirish orqali yiliga qariyb 1,5 mlrd. kub metr tabiiy gaz tejalib, aholi ehtiyojlari uchun elektr energiyani qo‘shimcha ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
2025 yilga borib energiya tizimi quvvatini 25,6 GVt ga yetkazish kutilmoqda, ular orasida: issiqlik elektr stansiyalari 18,8 GVt, gidroelektr stansiyalar – 2,5 GVt ni taʼminlab, quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvati esa 4,3 GVt ga yetadi. Jismonan eskirgan qurilmalar bora-bora foydalanishdan chiqariladi.
2030 yilga borib umumiy ishlab chiqarish quvvati 29 200 MVt ni tashkil etadi, bu esa bugungi ko‘rsatkichlarga qaraganda 2 barobar ko‘proqdir. Natijada 2030 yilda elektr energiya ishlab chiqarish hajmi 120,1 mlrd. kilovatt-soatni tashkil etadi (2020 yilda ushbu ko‘rsatkich 66,4 mlrd. kilovatt-soat edi).
Jumladan prezidentimiz Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida 2021 – yil avgust oyida yangi barpo etilgan yiliga 252 million kiloVatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan quyosh fotoelektr stansiyasining ramziy ishga tushirilish marosimida ishtirok etdi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda quyosh stansiyalarini qurish orqali jami 600 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Bu respublikamizning bugungi kunda energiyaga bo‘lgan jami ehtiyojidan 8 barobar ko‘p. 2030 yilga borib quyosh elektr stansiyalari quvvatini kamida 5 ming, shamol elektr stansiyalari bo‘yicha esa 3 ming megavattga yetkazish reja qilingan.
Jumladan quyidagi quvvatlar foydalanishga topshiriladi:
- joriy yil yakuniga qadar Samarqandda quvvati 100 megavatt bo‘lgan yana bitta quyosh stansiyasi;
- kelgusi ikki yilda Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Xorazm, Surxondaryo va Qashqadaryoda umumiy quvvati 2 ming 100 megaVatt bo‘lgan 9 ta quyosh stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa 1 ming 600 megaVatt quvvatga ega bo‘lgan 4 ta shamol elektr stansiyasi. Ushbu elektr stansiyasi noan’anaviy elektr stansiyaning qurilmalarni
ekpluatatsiya qilishni o‘zimizning mutaxassislar amalga oshiradi. Demakki biz bunday zamonaviy qurilmalarni to‘liq tushinadigan mutaxassis kadrlar tayorlashimiz kerak. Bunda ilg‘or xorij tajribasini albatta o‘rganishimiz shart. Ana shu yo‘l va dasturning ajralmas qismi bo‘lgan, yoshlarimizning ongu tafakkurini, hayotga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirgan Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi ta’lim – tarbiya sohasi rivoji, har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar” degan shior hayotimizda tobora o‘zining yaqqol o‘z ifodasini topmoqda.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda elektr energiyani ishlab chiqarish uzatish va taqsimlash fanlarni mutaxassislik fanlar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar hamda ilmiy yangiliklarga tayangan holda, mavjud holatni ilmiy – nazariy o‘rganish, mazmunan boyitish, takomillashtirish hamda islohotlar talablariga to‘la javob beradigan darajaga keltirish tamoyillariga asoslanish zarur va dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari yoshlarning dunyoqarashi va tafakkurini shakllantirishda muhim o‘rin tutadigan, ma’naviy dunyosini boyitadigan, ularning ongida ma’naviy bo‘shliq yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan mutaxasislik fanlarini mazmunan takomillashtirish hamda ta’lim samaradorligini yanada oshirishni talab etadi. O‘tgan davr mobaynida oliy ta’lim tizimida mutaxassislik (Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) fanlarning me’yoriy hujjatlari, o‘quv – uslubiy majmuasini takomillashtirish va ularni o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan ko‘plab ishlar amalga oshirildi va ushbu ishlar izchil davom ettirilmoqda. Yetuk kadrlarni o‘qitish borasida milliy va xorijiy tajribalarni o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish, fanlarning namunaviy o‘quv dasturlarini takomillashtirish va ular asosida ma’ruza matnlari, yangi avlod o‘quv adabiyotlari, elektron adabiyotlarni yaratish va ta’lim jarayoniga bosqichma – bosqich joriy etiyapti. Shuningdek, qat’iy sa’yi harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga ilg‘or xorij tajribasi, zamonaviy pedagogika va axborot texnologiyalarini keng tatbiq etishni yanada jadallashtirish, professor – o‘qituvchilarni ilg‘or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o‘rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini beradi.3
Do'stlaringiz bilan baham: |