Kuch transformatorlari Elektr tarmoqlarida energiyani masofaga samarali uzatish va iste’molchilarda talab etilgan kuchlanishni ta’minlash maqsadlarida kuchlanishni o‘zgartirish amalga oshiriladi. Buning uchun oshiruvchi va pasaytiruvchi kuch transformatorlaridan foydalaniladi. Katta nimstansiyalarda ikkita yuqori kuchlanishli tarmoqlarni bog‘lash uchun, qoidaga ko‘ra, odatdagi transformatorlarga nisbatan katta texnik-iqtisodiy afzalliklarga ega bo‘lgan avtotransformatorlar qo‘llaniladi. Avtotransformatorning narxi va uni ishlatish jarayonidagi isroflar aynan shu quvvatdagi oddiy transformatorlardagiga nisbatan ancha kamdir.
Н — transformator YUOR (kuchlanishni yuklama ostida rostlash) qurilmasiga ega;
С — elektr stansiyasining xususiy extiyoj transformatori;
Л — quyma izolyasiyali transformator.
Sovitish tizimining shartli belgilanishlari:
a) moyli transformatorlar:
M — Xavo va moyning tabiiy aylanishi;
Д — Xavo va moyning majburiy aylanishi;
MЦ — Xavoning tabiiy va moyning yo‘naltirilmagan moy oqimi bilan majburiy aylanishi;
НMЦ — Xavoning tabiiy va moyning yo‘naltirilgan moy oqimi bilan majburiy aylanishi;
DЦ — Xavo va moyning yo‘naltirilmagan moy oqimi bilan majburiy aylanishi;
НDЦ — Xavo va moyning yo‘naltirilgan moy oqimi bilan majburiy aylanishi;
Ц — suv va moyning yo‘naltirilmagan moy oqimi bilan majburiy aylanishi (sovitkichlarda suv quvurlar ichida, moy esa quvurlar orasidagi to‘siqlar bilan bo‘lingan bo‘shliqda xarakatlanadi);
НЦ — suv va moyning yo‘naltirilgan moy oqimi bilan majburiy aylanishi;
b) yonmaydigan suyuq dielektrikli transformatorlar:
Н — yonmaydigan suyuq dielektrik yordamida tabiiy sovitish;
НD — yonmaydigan suyuq dielektrik yordamida xavoni majburiy aylantirib sovitish;
ННD — yonmaydigan suyuq dielektrik yordamida xavo va suyuq dielektrikning yo‘naltirilgan oqimini majburiy aylantirib sovitish;
v) quruq transformatorlar:
С — ochiq xolda yasalib, xavo yordamida tabiiy sovitish;
СЗ — ximoyali xolda yasalib, xavo yordamida tabiiy sovitish;
СГ — germetik xolda yasalib, xavo yordamida tabiiy sovitish;
СD — xavoni majburiy aylantirib sovitish;
3 — moyli tabiiy sovitiluvchi yoki kengaytirgichsiz azot yostiqchali himoyaga ega bo‘lib, yonmaydigan suyuq dielektrik yordamida sovitiluvchi qilib yasalgan transformator.