Kuch transformatorlari Elektr tarmoqlarida energiyani masofaga samarali uzatish va iste’molchilarda talab etilgan kuchlanishni ta’minlash maqsadlarida kuchlanishni o‘zgartirish amalga oshiriladi. Buning uchun oshiruvchi va pasaytiruvchi kuch transformatorlaridan foydalaniladi. Katta nimstansiyalarda ikkita yuqori kuchlanishli tarmoqlarni bog‘lash uchun, qoidaga ko‘ra, odatdagi transformatorlarga nisbatan katta texnik-iqtisodiy afzalliklarga ega bo‘lgan avtotransformatorlar qo‘llaniladi. Avtotransformatorning narxi va uni ishlatish jarayonidagi isroflar aynan shu quvvatdagi oddiy transformatorlardagiga nisbatan ancha kamdir.
НMЦ — Xavoning tabiiy va moyning yo‘naltirilgan moy oqimi bilan majburiy aylanishi;
DЦ — Xavo va moyning yo‘naltirilmagan moy oqimi bilan majburiy aylanishi;
НDЦ — Xavo va moyning yo‘naltirilgan moy oqimi bilan majburiy aylanishi;
Ц — suv va moyning yo‘naltirilmagan moy oqimi bilan majburiy aylanishi (sovitkichlarda suv quvurlar ichida, moy esa quvurlar orasidagi to‘siqlar bilan bo‘lingan bo‘shliqda xarakatlanadi);
НЦ — suv va moyning yo‘naltirilgan moy oqimi bilan majburiy aylanishi;
b) yonmaydigan suyuq dielektrikli transformatorlar:
СЗ — ximoyali xolda yasalib, xavo yordamida tabiiy sovitish;
СГ — germetik xolda yasalib, xavo yordamida tabiiy sovitish;
СD — xavoni majburiy aylantirib sovitish;
3 — moyli tabiiy sovitiluvchi yoki kengaytirgichsiz azot yostiqchali himoyaga ega bo‘lib, yonmaydigan suyuq dielektrik yordamida sovitiluvchi qilib yasalgan transformator.