2.Qabul qilingan signalni asliga mosligi va uzatish tezligi
Qabul qilingan signalning asliga mosligi va uzatish tezligi aloqa kanalining ishlash sifatini va vaqt birligida uzatilgan axborot miqdorini aniqlaydi.
Qabul qilingan signalning asliga mosligi buzilishlar va halaqitlar ta’sirida kamayadi. Aloqa tizimi qurilmalarini to‘g‘ri loyihalash va sozlash natijasida signalning asliga mosligini yuqori darajada ta’minlash, xatolikni kamaytirish mumkin. Bu holda signalning asliga mos emasligi – xatolik darajasi halaqitga, aloqa tizimining halaqitbar-doshligiga bog‘liq hisoblanadi.
Halaqitbardoshlik deb, odatda aloqa tizimining axborot uzatishda halaqitga bardosh berish qobiliyatiga aytiladi. Qabul qilingan signalning asliga mosligini uning halaqitbardoshligi orqali baholash mumkin. Aloqa tizimi (qurilmasi) halaqitbardoshligi uzluksiz va diskret signallar uchun turlicha aniqlanadi.
Diskret xabar uzatish tizimi uchun halaqitbardoshlik N ta uzatilgan elementar signallar (0;1) dan to‘g‘ri qabul qilingani – M ni, umumiy uzatilgan elementar signallarga nisbati bilan baholanadi, ya’ni
PT=M/N (17.4)
bunda PT – to‘g‘ri qabul qilish ehtimolligi. Odatda halaqitbardoshlik PT ning teskarisi Px – xato qabul qilish ehtimolligi orqali baholanadi, ya’ni Px=1- PT.
Uzluksiz analog xabarlarni uzatishdagi hatolik uzatilgan U(t) signalni qabul qilingan υ(t) signaldan farqi Yex bilan baholanadi. Ko‘pchilik holatda o‘rtacha kvadratik hatolik
(17.5)
shaklida aniqlanadi, bunda Ẽ2x talab qilinadigan hatolik Ẽ2tx dan kichik yoki teng bo‘lishi kerak, ya’ni
Ẽ2x≤ Ẽ2tx , (17.6)
yoki Ẽ2x ma’lum ehtimollik darajasida Ẽ2tx dan kichik yoki teng bo‘lishi kerak
Q=P(Ẽ2x≤ Ẽ2tx). (17.8)
Qabul qilingan signalning asliga moslik darajasi aloqa kanalidagi signal quvvatini halaqitga nisbati
q=Pc/Px (17.9)
ga bog‘liq.
Halaqitning ma’lum miqdorida asliga moslik xabar uzatishda foydalanilayotgan signallarning bir-biridan farq qilish darajasiga bog‘liq. Masalan: fazasi manipulyatsiyalangan signallarning bir-biridan farqi amplitudasi yoki chastotasi manipulyatsiyalangan signallarnikiga nisbatan katta, shuning uchun FMp signal, AMp va ChMp ga nisbatan yuqori halaqitbardoshlik, asliga moslikni ta’minlaydi.
Asliga moslik signalni qabul qilish turiga ham bog‘liq. Qabul qilishni shunday turini tanlash kerakki, u halaqit ta’siridagi signallarning o‘zaro farqini iloji boricha yaxshi ajrata olsin. To‘g‘ri loyihlangan qabul qilish qurilmasi q=Pc/Px ni sezilarli darajada yaxshilashi mumkin.
Uzluksiz va diskret xabar uzatish aloqa tizimi orasidagi quyidagi katta farqqa e’tibor berish kerak. Uzluksiz xabar (signal) lar uzatish tizimida har qanday halaqit qabul qilingan signalni yuborilgan signaldan farqlanishiga, xatolikka olib keladi. Diskret signallar uzatish aloqa tizimida halaqitning faqat foydali signal elementlari (1 va 0) ni uning teskarisiga aylantiruvchi kattalikda bo‘lishigina xatolikka olib keladi. Diskret aloqa tizimining buzilgan signallarni to‘g‘ri qabul qilish xusisiyati – uning xatoni tuzatish qobiliyati dab ataladi.
Halaqitbardoshlik bilan bir qatorda aloqa tizimining xabar uzatish tezligi ham uning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Diskret aloqa tizimi uchun uzatish tezligi bir soniyada uzatilgan ikkilik simvollar soni R bilan o‘lchanadi, ya’ni
R=logm/τ0 , (17.10)
bunda τ0 – elementar simvol davomiyligi, m – kod asosi. Agar m=2 bo‘lsa, ya’ni ikkilik kod uchun
R=1/ τ0 (17.11)
bo‘ladi.
Har qanday aloqa kanali uchun berilgan chegaraviy qiymatlarda – eng katta uzatish tezligi mavjud, uni aloqa kanalining signal uzatish qobiliyati deb ataladi va odatda S harfi bilan belgilanadi.
Amalda foydalaniladigan aloqa tizimilarida uzatish tezligi R, kanal uzatish qobiliyati C dan kichik, ya’ni R
Zamonaviy nazariya R≤C bo‘lganda, signal uzatish va qabul qilishning yuqori darajada asliga mosligini ta’minlash mumkinligini tasdiqlimoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |