2max/λ bilan chegaralangan fazo kiradi. Bunda rmax – halaqit manbai va qabullash toklari eng katta qiymatiga mos keluvchi masofadagi hudud (antennalar uchun rmax – antenna o‘lchamlari eng katta aperturasi). Bunda halaqit manbai tok hududi alohida qismlari orqali tarqatilayotgan elektromagnit maydonlar kesimi ko‘ndalang tarkibga ega bo‘lib, tarqalayotgan elektromagnit to‘lqinlar qabul qilish nuqtasi(joyi)da ushbu to‘lqinlar yig‘indisi (superpozitsiya)ga teng bo‘ladi. Bu holda uzoq hududdagi elektromagnit to‘lqinlardan farqliroq ushbu interferensiyalanadigan to‘lqinlar fazalari o‘zaro nisbati halaqit manbai va qabullash qurilmasi orqasidagi masofa va ular orasidagi burchak koordinatalariga bog‘liq bo‘ladi. Odatda elektr va magnit maydonlar kuchlanishi masofa r ga bog‘liq bo‘lib, bir tekis (monoton) bo‘lmaydi.
Yaqin hudud (r< λ/2π)da elektr va magnit maydonlar zichligi bir-biriga teng emasligi bilan farqlanadi. Halaqit manbai turiga qarab yaqin hududda elektr yoki magnit maydoni asosiy kattalikka ega bo‘ladi. Elektromagnit maydon tarkibi to‘liq ko‘ndalang bo‘lmaydi, yaqin hududda elektr va magnit maydonlari qiymatlari masofa 1/r2 va 1/r3 ga proporsional ravishda o‘zgaradi. Ushbu yaqin hududda sanoat halaqitlarining qabullash qurilmasiga ta’siri katta bo‘ladi.
Elektromagnit to‘lqinlarni kabellar, to‘lqin uzatkichlar va boshqa uzatish liniyalari orqali qabullash qurilmasining kirishiga yetkazib berish mumkin. Bu turli uzatgichlar signallarni uzoq masofalarga nisbatan kam so‘nishlar bilan yetkazib beradilar. Halaqitlar halaqit manbai va qabullash qurilmasi bir elektr manbasidan foydalanish natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. Bu holda halaqit manbai va qabullash qurilmasi galvanik aloqaga ega deb qaraladi. Halaqit manbai va qabullash qurilmalarining o‘zaro galvanik aloqada bo‘lishi natijasida ularga sanoat halaqitlarining ta’siri sezilarli darajada oshadi.
Halaqit manbaining qabullash qurilmasi bilan galvanik bog‘lanishi bo‘lmagan holda halaqitning qabullash qurilmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri bo‘lmaydi. Bunda halaqit qabullash qurilmasiga signal uzatilayotgan muhit ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, qurilma elementlari ko‘rsatkichlari (parametrlari)ning o‘zgarishi yoki halaqit manbai ta’sirida qabullash qurilmasi ba’zi kaskadlarining ishlash rejimi (holati) o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladi, masalan, kuchli radiouzatgichning elektromagnit to‘lqinlarni fazoga tarqatishi natijasida ionosfera elektrodinamik ko‘rsatkichlari o‘zgaradi, bu o‘z navbatida radioliniyada radioto‘lqinlar tarqalishi sharoitini o‘zgarishiga olib keladi. Xuddi shuningdek harakatdagi radioaloqa tizimidagi turli elektrotexnik qurilmalar ishlash holatining o‘zgarishi; elektr manbaiga katta quvvatli yuklamaning ulanishi natijasida elektr manbai kuchlanishining o‘zgarishi va buning natijasida elektr zanjirda o‘tish jarayonining paydo bo‘lishi qabullash qurilmasi sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi.
Halaqit manbai va qabullash qurilmalarining joylashishiga qarab REVning EMM ta’minlash bir-biridan farqlanadi. Masalan, uchish apparatida, kemalarda, aloqa uzelida, yerda harakatlanuvchi avto-mototexnikada va h.k;. Ma’lum bir hududda doimiy joylashgan REVlarning EMM masalalari turli usullar orqali ta’minlanadi. Bunday farqlanish halaqit manbai va qabullash qurilmasining o‘zaro joylashgan oralig‘i, ular oldiga qo‘yilgan vazifalarning turiga bog‘liq. Bundan tashqari REVlarning EMMni quyidagi bosqichlarda ham ta’minlash talab etiladi:
element, blok;
elementlar va bloklardan tashkil topgan alohida radiouzatish yoki radioqabullash qurilmalari darajasida;
ma’lum bir vazifani bajaruvchi o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan radiotizim – radiokomplekslar;
ma’lum maqsadlarda signallarni uzatish va qabullashga mo‘ljallangan qurilma (tizim)lar – radioxizmatlar.
Yuqorida sanab o‘tilgan pog‘onalarda EMM muammolarini yechish o‘ziga xos usullar yordamida amalga oshiriladi. Bu maxsus shakllantirilmagan halaqitlarning qabullash qurilmasi ta’sir etish yo‘llariga, maxsus shakllantirilmagan halaqitlarning qabullash qurilmalariga ta’sirini tahlil etish usuliga, qabullash qurilmalariga maxsus shakllantirilmagan halaqitlarning ta’sirini kamaytirish usullariga bog‘liq.
Har bir bosqichda maxsus shakllantirilmagan halaqitlarning qandaydir qabullash qurilmasiga ta’siri quyidagi sharoitlar e’tiborga olingan holda amalga oshiriladi.
1. REV tarqatayotgan elektromagnit to‘lqinlar shartli ravishda ikki qismga bo‘linadi. Ulardan birinchisi ushbu REV bajarishi kerak bo‘lgan vazifani amalga oshirish uchun kerak, ikkinchi qismi ushbu REVning texnik talablarga to‘liq javob bermasligi natijasida yuzaga keluvchi elektromagnit to‘lqinlar, masalan, radiouzatish qurilmasi ma’lum chastota va polosada radiotzlqinlar tarqatishi kerak, ammo ba’zi sabablarga ko‘ra u asosiy polosadan tashqarida ham radioto‘lqinlar tarqatadi. Maxsus shakllantirilmagan halaqitlarning qabullash qurilmasiga ta’sirini aniqlashda hamma turdagi maxsus shakllantirilmagan halaqitlarni e’tiborga olish kerak, ya’ni: asosiy chastota va polosadagi radioto‘lqin tarqatishlar; xohishdan tashqari chastotalardagi to‘lqin tarqatishlar; elektr ta’minot zanjiri, boshqaruv tizimi, komutatsiya qismi; yerga ulash tizimi va boshqa turli sanoat halaqitlarini nazarda tutish kerak bo‘ladi. Ba’zi REVlarda halaqitlarni manbaning o‘zida umuman yo‘q qiluvchi yoki qisman kamaytiruvchi maxsus usullardan (qurilmalardan) foydalaniladi. Har qanday chastotada va ishchi chastota(polosa)dagi halaqitlar o‘zlarining quvvatlari bilan tavsiflanadilar. Halaqitlarni ularning manbaining o‘zida susaytirish koeffitsiyentini bilan belgilaymiz, bunda l radioto‘lqinning asosiy kanalga yoki maxsus shakllantirilmagan halaqitning biron-bir turiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
2. Bundan tashqari elektromagnit energiyani halaqit manbaidan qabullash qurilmasiga uzatilish holati ham yuz beradi. Bu jarayon ko‘p ko‘rsatkichlarga bog‘liq, masalan, muhit xususiyatlariga, antenna parametrlariga, halaqit manbai va qabullash qurilmasi orasidagi masofaga va ular antennalarining bir-biriga yo‘naltirilganlik darajasiga, radionurlanish qutblanishiga va boshqalarga bog‘liq. Maxsus shakllantirilmagan halaqitlar – radioto‘lqinlarni uzatish va qabullash radioqurilmalar antennalari yo‘naltirilganlik diagrammalari asosiy, yon yoki orqa tomon yaproqchalariga, qurilmalar korpuslari, antenna trakti fiderlari, elementlari va boshqalar.
Maxsus shakllantirilmagan halaqitlarning tarqalish muhitida susayishi orqali xarakterlanadi, bunda halaqitning qabullash qurilmasiga ta’sir etish yo‘li tartib raqami.
3. Halaqit elektromagnit energiyasi qabullash qurilmasi orqali qabul qilinadi va uning ishlash jarayoniga ta’sir etadi. Qabullash qurilmasi tashqi elektromagnit ta’sirga turlicha aks ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunda qabullash qurilmasiga foydali signalning ta’sirini va qabullash qurilmasi texnik talablarga to‘liq javob bermasligini alohida e’tiborga olish kerak. Masalan, radioqabullash qurilmasi uchun ma’lum chastota va polosadagi foydali signalni qabul qilish asosiy bo‘lib, asosiy bo‘lmaganga keraksiz qo‘shni kanallardagi signalni, antennadan boshqa yo‘llar bilan signalni qabullash keraksiz (zararli) hisoblanadi. Maxsus shakllantirilmagan halaqitlarni qabullash qurilmasi orqali o‘tishdagi susayishini bilan xarakterlaymiz (baxolaymiz), bunda S – kanal tartib raqami. Qabullash qurilmasi kirishiga maxsus shakllantirilmagan halaqitlarning quvvati unga ta’sir etayotgan halaqit turi – l, S – kanaliga k yo‘l bilan ta’siri quyidagicha aniqlanadi:
, (15.3)
bunda, - ishchi chastota va polosadagi halaqitning quvvati.
Aniq bir REV uchun aniq bir halaqit turi ta’sir etganda uning sifat ko‘rsatkichi talab darajasida bo‘lib qolishini ta’minlaydigan halaqit chegaraviy sathi ni ko‘rstish mumkin, ya’ni . Bunday halaqit sathi chegaraviy – ruxsat etilgan sath dab ataladi. Agarda hamma hosil etilgan maxsus shakllantirilmagan halaqitlar sathi hamma e’tiborga olingan qabullash qurilmasi guruxi uchun chegaraviy – ruxsat etilgan sathdan kam bo‘lsa, REV guruxi uchun EMM sharti bajarilgan hisoblanadi.
Halaqit manbai va qabullash qurilmasi uchun EMM sharoiti quyidagi holatlarda buzilishi mumkin:
halaqit manbai xarakteristikasining talab darajasida emasligi, masalan, radiouzatish qurilmasi asosiy ishchi chastotadan boshqa chastotada ham sezilarli quvvatdagi radioto‘lqinlarni tarqatsa;
qabullash qurilmasi xarakteristikasining talab darajasida emasligi, masalan, radioqabullash qurilmasining signal tanlovchanligi natijasida yon polosa qo‘shimcha keraksiz signallarni qabul qilishi;
REV uzellari, bloklari, umuman REV radioqabullash qurilmasi va radiouzatish qurilmasi va uning antenna fider trakti yetarli darajada ekranlanmaganligi;
apparatura va uning alohida qismlarining texnik talablar darajasida o‘zaro joylashtirilmaganligi;
REV orasida chastotalar noto‘g‘ri taqsimlanganligi.
REVlar EMMni ta’minlash uchun maxsus shakllantirilmagan halaqitlarning unga ta’sir etish yo‘llarini aniqlash kerak: halaqit manbaini va uni yuzaga kelish sabablarini aniqlash kerak bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan turli REVlar va ularning elementlari, qismlarini maxsus shakllantirilmagan halaqitlarni yuzaga kelishga sabab bo‘ladigan holatlarni va ularning elektromagnit to‘lqinlarga nisbatan ta’sirlanuvchanligini aniqlash talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: