Nazorat savollari
Ionosferadan vertikal yo‘naltirilgan nurlarning akslanishi?
Radioto‘lqinlarning yerning doimiy magnit maydoni yo‘nalishi nima?
Yirik masshtabli nobirjinsliklar nima?
Uzun to‘lqin (UT) radiodiapazoni nechaga teng?
15 -ma’ruza. Halaqitlar
Reja:
Radiohalaqitlar.
Elektromagnit halaqitlar, ularning turlari va qabullash qurilmalariga ta’siri.
Turli halaqitlarning REVga ta’siri.
Maxsus shakllantirilmagan halaqitlarning qabullash qurilmalariga ta’siri.
REV elektromagnit moslashuviga sabab bo‘luvchi ko‘rsatkichlar.
Radioelektron qurilmaga ta’sir etib uning ishlash sifatini yomonlashtiruvchi elektromagnit energiya elektromagnit halaqit deyiladi. 9 kHz-3000 GHz chastotalar diapazoniga mos keluvchi elektromagnit halaqitlar radiohalaqitlar deb ataladi.
Radioelektron vositalar ularga turli elektromagnit halaqitlar ta’sir etadigan muhitda ishlaydilar, o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni bajaradilar. Radiohalaqitlar paydo bo‘lish sababi, manbai, tarkibi, spektri va vaqt tavsiflari bo‘yicha turlicha bo‘ladilar. Ular tabiiy yoki sun’iy usulda shakllangan bo‘lishlari mumkin.
Tabiiy halaqitlar inson faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan holda hosil bo‘ladigan elektromagnit jarayonlardir. Ularning yuzaga kelishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
atmosferada yuzaga keluvchi elektr jarayonlari asosida (chaqmoqlar, qumli va tuproqli bo‘ronlar natijasida yuzaga keluvchi statik elektr razryadlari, qor ko‘chkilari va shimoliy qutb yorituvchanligi va h.k.);
yer yuzining o‘zidan issiqlik chiqarishi, troposfera va ionosferadagi geofizik jarayonlar natijasida hosil bo‘luvchi radionurlanishlar;
yer atrofidagi kosmik manbalar tarqatuvchi radionurlanishlar.
Tabiiy halaqitlar o‘z tabiatiga ko‘ra vaqt bo‘yicha uzluksiz va uzlukli (ma’lum vaqt oralig‘ida radioelektron vositalarga ta’sir etuvchi) keng spektrga ega bo‘lgan, radioqabullash qurilmalari signal o‘tkazish spektral polosasiga nisbatan normal taqsimot qonuniga bo‘ysunuvchi oq shovqin deb qaralishi mumkin.
Sun’iy usulda hosil bo‘luvchi halaqitlarga inson faoliyati natijasida, turli elektrotexnik qurilmalardan foydalanish natijasida yuzaga keluvchi elektromagnit jarayonlar sabab bo‘ladi. Bu halaqitlar ikki turga bo‘linadi: maxsus shakllantirilgan radiohalaqitlar va maxsus shakllantirilmagan halaqitlar.
Maxsus shakllantirilgan halaqitlar ma’lum turdagi radioelektron vosita(lar)ning ishlash sharoitini va natijada faoliyatini sifat ko‘rsatkichlarini yomonlashtirish uchun xizmat qiladilar. Bunday halaqitlarni shakllantirish va ular ta’siriga qarshi kurashish radiotexnika fanining maxsus qismini tashkil etuvchi radioelektron kurash vazifasiga kiradi. Bu masala o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, elektromagnit moslashuv muammosiga kirmaydi.
Maxsus shakllantirilmagan halaqitlar sun’iy manbalar tomonidan yuzaga keltiriladi va bu halaqitlar REV ishlash sharoitini atayin yomonlashtirish uchun yaratilmagan. Bu halaqitlar turli radioelektron, radiotexnik va elektrotexnik qurilmalardan foydalanish natijasida yuzaga keladi. Maxsus shakllantirilmagan halaqitlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: turli radioaloqa qurilmalar ish faoliyatida yuzaga keluvchi halaqitlar va turli elektron, elektrotexnik qurilmalar ishlashi natijasida hosil bo‘luvchi halaqitlar (elektr transport, yuqori chastota meditsina qurilmalari, payvandlash qurilmalari va h.k.).
Signal qabullash qurilmasiga nisbatan tashqi elektromagnit halaqitlar va ichki shovqinlar ta’siri energetik nuqtai nazardan ekvivalentligi asosida yagona (kelvinlarda o‘lchanuvchi) antenna shovqin temperaturasi Ta orqali baholanadi.
Antenna shovqin temperaturasiga antenna ichki qarshiligi shaklida qaralib, antenna bilan moslashgan qabullash qurilmasi kirishiga antennadan berilayotgan shovqinsimon halaqit Rash quvvatini aniqlash imkonini beradi. Bunda Rash qabullash qurilmasi signal o‘tkazish polosasi 2∆ω bo‘lgandagi quvvatini anglatadi, ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: |