Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti elektrodinamika va radioto



Download 1,84 Mb.
bet40/71
Sana14.01.2022
Hajmi1,84 Mb.
#363264
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71
Bog'liq
2 5314704828285327073

Nazorat savollari

  1. Elementar elektr tebratgich maydoni tuzilishi qanday?

  2. Yaqin zona nima?

  3. Oraliq zona nima?

  4. Nurlatish quvvati nimaga bog‘liq?


10 -ma’ruza. Yassi elektromagnit to‘lqinlar
Reja:


  1. Yassi elektromagnit to‘lqin parametrlari

  2. Elektromagnit to‘lqinning qutblanishi


1.Yassi elektromagnit to‘lqin parametrlari

Amaliyotda, elektromagnit maydonlarni hisoblash talab etilganda, biron bir matematik modeldan foydalanish katta ahamiyatga ega. Chunki, aynan shu model yordamida elektromagnit to‘lqinlarning real sharoitda tarqalishini ifodalab berish mumkin. Ana shulardan biri yassi elektromagnit to‘lqin modeli bo‘lib, uning yordamida ko‘pgina to‘lqinli jarayonlarni hisoblash mumkin. Keling, avval yassi elektromagnit to‘lqin haqida biroz tushunchaga ega bo‘laylik. Bunda, avvalambor, to‘lqin fronti yoki to‘lqinli yuza tushunchasini bilib olish lozim. To‘lqin fronti deb shunday sirtga aytiladiki, bunda, uning har bir nuqtasida maydon kuchlanganligi vektorlarining fazalari bir xil qiymatga ega bo‘ladi. Maydonni hosil qilayotgan nurlantiruvchining shakliga ko‘ra, to‘lqin fronti silindrsimon, sferasimon yoki boshqa shaklga ega bo‘lishi mumkin. Shuni ham ta’kidlash lozimki, ixtiyoriy nurlantiruvchi tizim tomonidan hosil qilingan to‘lqin fronti, undan juda ham katta masofada sverasimon shaklga ega bo‘ladi. Ana shu holatga chuqurroq nazar tashlaydigan bo‘lsak, quyidagini anglashimiz mumkin. Radioaloqa liniyalarida, deyarli barcha hollarda, qabul qiluvchi antenna katta masofada joylashgan bo‘ladi. Bunda, maydonning to‘lqin uzunligi ana shu masofadan o‘n marta kichik bo‘lsa, bu holatni uzoqqa tarqalish deb hisoblash mumkin. Amalda esa bu shart deyarli har doim bajariladi. Agar to‘lqin frontining sferik tarqalishini hisobga oladigan bo‘lsak, qabul qiluvchi antenna bu frontning o‘zining o‘lchamiga teng bo‘lgan juda ham kichik bo‘lagini qabul qiladi. Sferaning juda kichik bo‘lagini esa, biz doimo yassi deb qabul qilishimiz mumkin. Shu sababdan ham, yassi elektromagnit to‘lqin modelining o‘rni ahamiyatli. Vektorlar hosil qiladigan monoxromatik maydonning to‘lqinli yuzasi o‘zaro parallel joylashgan, yoki ular bir tekislikda yotuvchi to‘lqinni yassi to‘lqin deb ataydilar. To‘lqin frontining barcha nuqtalarida maydon vektorlarining qiymatlari bir hil bo‘lgan yassi to‘lqinni birjinsli yassi to‘lqin deb ataydilar.

Cheksiz birjinsli muhitda tarqalayotgan yassi garmonik elektromagnit to‘lqin quyidagi tenglama yordamida ifodalanishi mumkin

(10.1)

Maydon vektorining oniy qiymatlari uchun ifodasi quyidagi ko‘rinishga ega



(10.2)

Yassi elektromagnit to‘lqinning erkin fazoda tarqalish holatida yettita parametrlari bilan tavsiflanadi. Bu parametrlar to‘lqinning o‘tkazgich, yarimo‘tkazgich va dielektrik xossasiga ega bo‘lgan muxitlarda tarqalish holatlari uchun alohida yoziladi. Avvalgi paragraflarda aytib o‘tilganidek, muhitning o‘tkazuvchanlik xossalari bo‘yicha sinflanishi tgδ parametri orqali amalga oshiriladi



.

Quyida keltirilgan formulalar yassi elektromagnit to‘lqin parametrlarining ifodalaridir.



  1. γ – to‘lqin tarqalishining kompleks qoeffitsiyenti. Bu matematik parametr ifodalarni soddalashtirish va o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi

(10.3)

  1. α – susayish koeffitsiyenti. Bu parametr to‘lqinning 1 m masofa bosib o‘tganda yuzaga keladigan energiyaning so‘nishini ko‘rsatadi.

(10.4)

  1. β – faza koeffitsiyenti. Bu kattalik to‘lqinning 1 m masofa bosib o‘tganida o‘z fazasini qancha burchakka o‘zgartirishini ifodalaydi.

(10.5)

  1. vf – faza tezligi. Bu parametr to‘lqinli yuzaning harakatlanish tezligini ifodalaydi, boshqacha qilib aytganda, maydon vektorining tebranish tezligini ko‘rsatadi.

(10.6)

  1. vg – guruhiy tezlik. Bu parametr energiyaning tarqalish tezligini ko‘rsatadi

(10.7)

  1. λ – to‘lqin uzunligi. Bu parametr bir to‘liq davr mobaynida to‘lqin tomonidan bosib o‘tilgan masofani ko‘rsatadi

(10.8)

  1. Zc – muhitning tavsifiy qarshiligi. Bu parametr maydon vektorlarining kompleks amplitudalari nisbati orqali aniqlanadi

(10.9)

Vakuum holatida muhitning tavsifiy qarshiligi 120π Omga teng bo‘ladi. Real muhitlar uchun esa u kompleks xarakterga ega bo‘lib, quyidagicha aniqlanishi mumkin



(10.10)

(10.11)

Yuqorida keltirilganlardan shuni anglash mumkinki, yassi elektromagnit to‘lqinni faqatgina fazoning cheklangan qismidagina hosil qilish mumkin. Biroq, ko‘pgina amaliy masalalarni yechishda, tashqi maydonni fazoning barcha nuqtalarida ham to‘laligicha yassi deb qabul qilinadi. Bu esa elektrodinamik masalalarning yechimini osonlashtiradi.


Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish