YTHni yig‘ish va tahlil qilishda EHMning roli juda katta bo‘lib, hozirda rivojlangan barcha davlatlarda YTHni yig‘ish va uni tahlil etishda EHMdan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan. Bu maqsadda «Harakat xavfsizligini avtomatik axborot-qidiruv tizimi» tuzilgan. Bu tizim yordamida quyidagi masalalar echiladi:
1. Davlat va har xil darajalarda YTH miqdorini pasaytirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish.
2. Haydovchilarga guvohnoma berishni, ularning tartib buzganliklarini, qayta imtihon topshirishini nazorat qilish (bu ish ko‘pchilik shahar va viloyat miqiyosida respublikamizda yo‘lga qo‘yilgan).
3. Transport vositalarini qayd etish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, transport vositalari kuzovini, dvigatelini va boshqa agregatlarini hisobga olish ishlarini amalga oshirish (Respublikada bu ishlar ham qisman yo‘lga qo‘yilgan).
4. YTHlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va uni so‘ralgan tashkilotlarga tarqatish.
5. Yo‘l sharoitini nazorat qilish, YTH ko‘p qaytariladigan yo‘l bo‘laklarini aniqlash, yo‘l sharoitini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish.
6. Yo‘l harakatini boshqarishda mavjud imkoniyatlardan operativ ravishda foydalanish, avariya va tez yordam xizmatlarini boshqarish.
7. Harakat xavfsizligini vazirliklar bo‘yicha nazorat qilish, avtotransport korxonalaridagi, yo‘l va ko‘cha bo‘laklarida yuz bergan YTHni tahlil qilish.
8. Harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan me’yoriy hujjatlar va davlat standartlarining holatini o‘rganish, ularni qayta ishlab chiqish hamda kelajakda bu ishlarni rivojlantirish borasidagi ishlarni olib borish.
9. Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini nazorat qilish.
.
Tibbiyot muassasalari tomonidan yo‘l-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan shaxslar haqida hisobotlarni olib borish, ma’lumot yig‘ish va tahlil qilish, ma’lumotlarning to‘liqligi va to‘g‘riligini nazorat qilish uchun mazkur Nizomga 4-ilovadagi shaklga asosan Tibbiyot muassasalarida yo‘l-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan shaxslarni va ular haqidagi ma’lumotlarni qayd etish kitobi yuritiladi.
Tibbiyot muassasalarida yo‘l-transport hodisalari oqibatida olgan tan jarohati tufayli tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan yoki muassasaga keltirilgan hamda yo‘l-transport hodisalarida halok bo‘lgan shaxslar hisobga olinadi.
Tibbiyot muassasalari: transport vositalari tomonidan etkazilgan tan jarohati sababli yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslar to‘g‘risida; yo‘l-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olganligi tufayli boshqa tibbiyot muassasalariga yuborilgan shaxslar to‘g‘risida; yo‘l-transport hodisalari oqibatida tan jarohati olganligi tufayli hodisa yuz bergan kundan boshlab o‘ttiz sutka ichida vafot etgan shaxslar to‘g‘risida; yo‘l-transport hodisalarida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan shaxslarni olib kelgan transport vositasi, uning haydovchisi, birga kelgan boshqa shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni zudlik bilan ichki ishlar organlariga xabar qilishlari shart.
Tibbiyot muassasalari ichki ishlar organlarining so‘rovnomalariga asosan yo‘l-transport hodisalari tufayli davolanishga yotgan, mehnat qobiliyatini yo‘qotgan yoki birinchi tibbiy yordamdan so‘ng qatnab davolanishi belgilangan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni solishtirish uchun imkon yaratadilar va tegishli hujjatlar (ma’lumotnomalar)ni taqdim etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |