Islom Karimov nomidagi tdtu mashinasozlik fakulteti 37-17mt guruh talabasi Atoyev Durbek



Download 1,04 Mb.
bet13/15
Sana18.06.2021
Hajmi1,04 Mb.
#69874
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
psixologiya

O’smirlik va o’spirinlik davrlari maktab va boshqa ta’lim maskanlarida o’qish davrlariga to’g’ri keladi. Bu davrdagi yetakchi faoliyat o’quv faoliyati bo’lib, unda bola bilim olish bilan bog’liq malaka va ko’nikmalarni orttirishdan tashqari, shaxs sifatida ham muhim o’zgarishlarni boshdan kechiradi.


O’smirlik davri

  Eng murakkab va shu bilan birga muhim taraqqiyot bosqichidir. Ilk o’smirlik 11-13 yoshni, katta o’smirlik 14-15 yoshlarni o’z ichiga oladi. O’smirlik – organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekislik bilan xarakterlanib, bu davrda tananing intensiv tarzda rivojlanishi va suyaklarning qotishi ro’y beradi. Yurak va qon tomirlar faoliyatida ham notekislik bo’lib, bu ham bola fe’lining o’zgaruvchan, dinamik va ba’zan noma’qulliklar va noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bular albatta asab tizimiga ham o’z ta’sirini ko’rsatib, bola tezga achchiqlanadigan yoki tormozlanish yuz berganda anchagacha depressiya holatidan chiqolmaydigan tushkunlikda qolishi ham mumkin. O’smir jismoniy taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil jinsiy balog’at bo’lib, u nafaqat psixik, balki ichki organlar faoliyatini ham belgilaydi. Shu bilan bog’liq holda ongli (ko’pincha ongsiz) jinsiy mayllar, shu bilan bog’lik noxush his-kechinmalar, fikrlar paydo bo’ladiki, bola ularning asl sababini ham tushunib yetolmaydi. Psixik taraqqiyotning o’ziga xosligi shundaki, u muttasil rivojlanib boradi, lekin bu rivojlanish ko’plab qarama-qarshiliklarni o’z ichiga oladi. Bu taraqqiyot o’quv jarayonida kechgani uchun ham to’g’ri tashkil etilgan o’quv faoliyati bola psixikasining muvozanatiga ta’sir ko’rsatib, uning turli fikr-o’ylardan chalg’ishiga zamin yaratadi.

O’smir shaxsining takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo’lgan omillardan biri – o’quv faoliyati motivlaridagi sifat o’zgarishidir. Kichik maktab yoshidagi boladan farqli, o’smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo’lish, o’qituvchining maqtovini eshitish va “5” baholarni ko’paytirish uchun emas, balki tengqurlari orasida ma’lum ijobiy mavqyeni egallash, kelajakda yaxshi odam bo’lish uchun o’qish motivlari ustivor bo’lib boradi. Lekin I.V.Dubrovinaning bergan ma’lumotlariga ko’ra, o’quv faoliyati motivlari orasida umuman bilish, yangi bilimlarga ega bo’lish motivi kuchsiz bo’lgani sababli, ular maktabga borgisi kelmaydi, o’qishga og’rinib kelib, salbiy emosiyalar va xavotirlik hislarini boshdan kechiradilar (o’rtacha 20% o’quvchilar). Bu kattalarning o’smir bilan ishlashini qiyinlashtiradi.

O’smirning shaxs sifatida taraqqiyotida ikki xil holat kuzatiladi: bir tomondan, boshqalar, tengqurlar bilan yaqinroq aloqada bo’lishga intilish, guruh normalariga bo’ysunish, ikkinchi tomondan, mustaqillikning oshishi hisobiga bola ichki ruhiy olamida ayrim qiyinchiliklar kuzatiladi. O’zgalarni anglash bilan o’z-o’zini anglash o’rtasida ham qarama-qarshiliklar paydo bo’ladi.






Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish