3 yoshgacha bo’lgan tarqqiyotning o’ziga xosligi shundaki, bola o’yin faoliyatiga faol tarzda tortiladi va aynan shu faoliyatga katta ehtiyoj sezadi. Agar bolaning jinsiga monand o’yinlarning kattalar tomonidan to’g’ri tashkil etilishiga, ma’naviyati va ruhiyatiga mos o’yinchoqlarning bo’lishi ta’minlansa, uning bilish jarayonlari, birinchi navbatda, idrok qilish, intellektual qobiliyatlari ham maromida rivjlanadi. Psixologik kuzatishlarda aniqlanishicha, qiz bolalardan ko’ra o’g’il bolalar o’yiniga ko’proq e’tibor qaratilar, ularga olib beriladigan o’yinchoqlar soni va sifati ham ancha yuqori ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |