davlat organlarining noqonuniy qarorlari,
mansabdor
shaxslarning
xatti-harakati
yoki
harakatsizligi,
shuningdek, qonunchilikka zid tarzda qabul qilingan idoraviy hujjat
tufayli tadbirkorlik sub’ektiga yetkazilgan zarar davlat tomonidan
qoplanadi.
Hurmatli anjuman ishtirokchilari!
Bugun biz o‘z mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab tanlab
olgan
mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish, tadrijiy
rivojlanish yo‘li va mashhur besh tamoyil asosida barpo etiladigan
fuqarolik jamiyatini shakllantirish modeli
tarixan qisqa muddatda
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning mustahkam poydevorini yaratishni
ta’minladi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlariga
ishonchli ravishda qarshi turish, dunyodagi sanoqli mamlakatlar qatorida
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning yuksak barqaror sur’atlariga erishish
imkonini berdi, deb aytish uchun barcha asoslarimiz bor.
So‘nggi 6 yil davomida mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot yiliga
8,2 foizdan kam bo‘lmagan sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Yalpi ichki
mahsulot, 2000-yil bilan solishtirganda, 2,9 barobar, sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarish 2,6 barobar oshdi, iqtisodiyotga jalb qilingan
investitsiyalar hajmi 3,4 barobar, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar miqdori 20 barobardan ko‘proq o‘sdi.
Bu nimadan dalolat beradi? Bu shundan dalolat beradiki, xorijiy
sarmoyadorlar bizga ishonmoqda. Bu chet el investorlari kiritgan
sarmoyalar o‘zini oqlashi va O‘zbekistonda biznes qoidalarining hech
qachon buzilmasligiga bo‘lgan ishonchni bildiradi. Shuning uchun ham
bizning
yurtimizga
kiritilayotgan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy
investitsiyalarning oqimi keskin ortib bormoqda. Demak, biz jahon biznes
olamiga, dunyo hamjamiyatiga dadil kirib boryapmiz. Demak, bizga katta
ishonch bilan qarashmoqda. Bu biz uchun nihoyatda muhim. Men bu
masalaga juda katta e’tibor bilan qarayman.
Osiyo taraqqiyot banki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi jon
boshiga to‘g‘ri keladigan daromad so‘nggi 7 yil davomida 3 barobar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
18
ko‘paygan.
To‘lov
balansi
joriy
hisobining
doimiy
profitsiti
ta’minlanmoqda, jami tashqi qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbatan 10-
12 foiz darajasida bo‘lishiga erishilmoqda, davlat ichki qarzi deyarli nol
darajada qolmoqda, yetarli miqdordagi valyuta zaxiralari saqlanib turibdi.
Bularning barchasi mehnatkash va mehmondo‘st xalqimizning
mamlakatimizning
ertangi
kuniga
bo‘lgan
ishonchini
tobora
mustahkamlamoqda.
Bugungi
imkoniyatdan
foydalanib,
konferensiyaning
barcha
ishtirokchilariga yana bir bor o‘zimning yuksak hurmatim va samimiy
minnatdorligimni bildirishga ijozat bergaysiz.
O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz!
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad yor bo‘lishini tilayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
19
Do'stlaringiz bilan baham: |