Islom karimov mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/37
Sana29.01.2022
Hajmi1 Mb.
#417691
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
Islom Karimov. Asarlar. 21-jild. Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilish yo\'lida (1)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI 
TASHKIL ETILGANINING 21-YILLIGI MUNOSABATI BILAN 
VATAN HIMOYACHILARIGA BAYRAM TABRIGI 
Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz 
faxriylari! 
Sizlarni va barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ 
sana – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil 
etilganining 21-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etish 
menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi. 
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari o‘tgan tarixan qisqa davrda murakkab 
shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi va bugungi kunda son jihatdan ixcham, 
harakatchan, zamonaviy talablarga javob beradigan, yaxshi tayyorgarlikka 
ega bo‘lgan armiya sifatida o‘zini namoyon etmoqda. 
Qurolli Kuchlarni izchil isloh etish davomida prinsipial yangi 
tashkiliy-shtat tuzilmalarini, harbiy boshqaruv tizimlarini, turli qo‘shin 
turlari harakatlarini muvofiqlashtirish va ularning hamkorligini ta’minlash 
mexanizmlarini shakllantirish, harbiy xizmatchilarning professional 
tayyorgarligini va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni tubdan yaxshilash 
bo‘yicha ko‘lami va ma’no-mazmuniga ko‘ra ulkan va beqiyos ishlar 
amalga oshirildi. 
Dunyodagi vaziyat shiddat bilan o‘zgarib, xavfsizlikka nisbatan tahdid 
va xatarlar tobora kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda Qurolli Kuchlarni 
modernizatsiya 
qilish 
va 
ularning 
jangovar 
tayyorgarligini, 
mamlakatimizga qarshi qaratilgan har qanday tajovuzga o‘z vaqtida va 
munosib zarba berish qobiliyatini oshirishni ta’minlash alohida ahamiyat 
kasb etmoqda. 
Yuzaga kelayotgan murakkab sharoitda yadroviy texnologiyalar va 
ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalish xavfi, tobora kuchayib borayotgan 
qarama-qarshilik, 
siyosiy 
va 
diniy 
radikalizm 
va 
ekstremizm, 
chegaralarimizga bevosita yaqin hududlarda mojarolarning davom 
etayotgani, birinchi navbatda, AYSEF deb atalmish xalqaro koalitsion 
kuchlarning Afg‘onistondan 2014-yilgacha va undan keyin olib chiqib 
ketilishi ko‘zda tutilayotgani bilan bog‘liq ravishda keskinlikning yanada 
ortib 
borayotgani 
jahon 
hamjamiyatida 
haqli 
ravishda 
xavotir 
uyg‘otmoqda. Bugungi kunda dunyoda kiberjinoyatchilik, kommunikatsiya 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
69
texnologiyalaridan foydalangan holda salbiy informatsion ta’sir o‘tkazish 
kabi xalqaro xavfsizlikka nisbatan ilgari ko‘rilmagan xavf-xatarlarning avj 
olayotganiga yetarli baho bermasdan, ularning oldini olmasdan, beparvo 
bo‘lib yashash mutlaqo mumkin emas. 
Mintaqamizda tashqi kuchlar o‘rtasidagi manfaatlar kurashining 
kuchayib borayotgani vaziyatni yanada chigallashtirmoqda. Chegaraga 
yaqin 
hududlarda 
buzg‘unchi 
to‘dalar 
va 
qo‘poruvchi-terrorchi 
guruhlarning faollashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, siyosiy va 
millatlararo ziddiyatlarning keskinlashib borayotgani oqibatida harbiy-
siyosiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan jiddiy tahdid va xatarlar 
paydo bo‘lmoqda. 
Sarhadlarimizga bevosita yaqin hududlarda murakkab vaziyat yuzaga 
kelayotgani, birinchi navbatda, yuqorida zikr etilgan xavf-xatarlarning 
oldini olish va bartaraf etish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni 
ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rishni 
taqozo etmoqda. Bugungi kunda xalqaro hamjamiyatda katta aks sado 
berayotgan hujjat, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 
2012-yil sentabr oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 
tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun aynan 
ana shu maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan. 
Mazkur hujjatda O‘zbekistonning turli harbiy-siyosiy blok va 
alyanslarga qo‘shilmasligi, o‘zining suvereniteti va hududiy yaxlitligini 
himoya qilish bo‘yicha qat’iy pozitsiyaga ega ekani, o‘z hududida xorijiy 
davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligi, mustaqil, 
izchil va faol tashqi siyosat olib borishi haqidagi prinsiplar aniq-ravshan 
bayon etilgan. 
Ayni vaqtda Qurolli Kuchlarimizning salohiyati va jangovar 
tayyorgarligini har tomonlama mustahkamlash, mamlakatimiz suvereniteti 
va uning davlat chegaralarini himoya qilish choralarini kuchaytirish 
borasidagi ishlarni davom ettirish ana shu tashqi siyosiy strategiyani izchil 
amalga 
oshirish, 
O‘zbekistonning 
xavfsizligi 
va 
barqarorligini 
ta’minlashning eng muhim sharti va kafolatidir. 
Qurolli Kuchlarni qo‘llash strategiyasi va taktikasini yanada 
takomillashtirish, jangovar operatsiyalarni olib borish bo‘yicha zamonaviy 
tajribani chuqur va puxta egallash, shuningdek, sheriklarimiz bo‘lgan 
mamlakatlardagi o‘quv va tadqiqot markazlarida qo‘mondonlik tarkibining 
malaka oshirishi bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalarni amalga 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
70
oshirish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Davlat chegaralarimizni qo‘riqlash va himoya qilish tizimini yanada 
takomillashtirish, bo‘linmalarni real vaqt mezonlari asosida samarali 
boshqarish imkonini beradigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
vositalari va texnologiyalarini qo‘shinlarni boshqarish tizimiga keng joriy 
etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish va 
chuqurlashtirish darkor. 
Qo‘shinlarning o‘quv, jangovar tayyorgarligi ma’no-mazmunini 
tubdan o‘zgartirish Qurolli Kuchlar qo‘mondonligining ustuvor vazifasi 
hisoblanadi. Tezkor-taktik, qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarini puxta 
rejalashtirish, 
ularni 
jangovar 
sharoitlarga 
imkon 
qadar 
to‘la 
yaqinlashtirgan holda olib borish tizimini takomillashtirish masalalari ham 
g‘oyat jiddiy e’tiborni talab qilmoqda. O‘quv mashqlari davomida 
modellashtirish va simulyatsiya usullaridan faol va keng foydalanish, 
mamlakatimiz hududiga suqilib kirishga urinadigan buzg‘unchi to‘dalar, 
qo‘poruvchi-terrorchi guruhlarni bartaraf etish bo‘yicha jangovar 
operatsiyalarni olib borishning turli model hamda variantlarini sinab 
ko‘rish muhim ahamiyatga ega. 
Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan qayta 
ta’minlashni davom ettirish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi shart. 
Bu sohada sheriklarimiz bo‘lgan xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro harbiy-
texnik hamkorlikni yaxshilash va uning ko‘lamini kengaytirish zarur. 
Harbiy kadrlar, birinchi navbatda, chuqur bilimga ega bo‘lgan va 
zamonaviy fikrlaydigan, intellektual yetuk ofitserlarni, shuningdek, 
bugungi kunda armiyamizning o‘zagini tashkil etayotgan yuksak 
professional malakali kichik komandirlar – serjantlarni tarbiyalash tizimini 
tubdan yaxshilash ham Qurolli Kuchlar qo‘mondonligi faoliyatining eng 
muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi darkor. 
Bu borada harbiy bilim yurtlari va serjantlar maktablarida harbiy 
kadrlarga harbiy soha va harbiy san’at rivojidagi asosiy tendensiyalarni aks 
ettiradigan, 
prinsipial 
jihatdan 
yangi 
mutaxassislik 
va 
ilm-fan 
yo‘nalishlarini jangovar harakatlarni olib borishning xorijiy tajribasi, 
zamonaviy shakl va metodlarini hisobga olgan holda o‘rgatish oldimizda 
turgan ishlarning eng mas’uliyatli jabhasi, desam, hech qanday mubolag‘a 
bo‘lmaydi. 
Armiyada ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlarda yuksak ma’naviy 
fazilatlar, mustahkam iroda, Vatan taqdiri uchun mas’uliyat hissini kamol 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
71
toptirish, 
harbiy 
jamoalarda 
sog‘lom 
axloqiy-ruhiy 
muhitni 
shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar tizimini tubdan yaxshilash 
Qurolli Kuchlarimiz barcha bo‘g‘inlari komandirlarining alohida muhim 
vazifasidir. 
Shuni yaxshi anglab olish kerakki, bugungi kunda harbiy xizmatga 
chaqirilayotgan yoshlar avvalgi yillardagi muddatli harbiy xizmatchilardan 
mutlaqo farq qiladi. Hozirgi vaqtda mustaqillik yillarida tug‘ilib voyaga 
yetgan, mamlakatimizdagi litsey va kollejlarda eng zamonaviy ta’lim-
tarbiya olgan yigitlar armiya saflariga kirib kelmoqda. Ular zamonaviy 
axborot, kompyuter texnologiyalarini, xorijiy tillarni puxta egallagan va 
eng asosiysi – hayot haqida o‘zining mustaqil fikri va qarashiga, axloqiy-
ma’naviy qadriyatlariga ega bo‘lgan yoshlardir. 
Muddatli harbiy xizmatchilarning, milliy armiyamizning ana shunday 
yangi qiyofasini hisobga olgan holda, eski qolip va mezonlardan qat’iy voz 
kechib, mavjud Umumqo‘shin ustavlari, qo‘llanmalari, qoida va yo‘l-
yo‘riqlarini, o‘quv-tarbiya ishlarini, qo‘shinlarning jangovar xizmat 
faoliyatini tashkil etishning shakl va metodlarini tubdan qayta ko‘rib 
chiqish zarur. 
Ushbu yo‘nalishdagi ishlarimizning bosh maqsadi Qurolli Kuchlarimiz 
saflarida xizmat qilayotgan yoshlarda qat’iy iroda va xarakter, hayotiy 
pozitsiyani shakllantirish, ularning yuksak insoniy fazilatlar sohibi va 
jismoniy chiniqqan bo‘lishlariga erishish, o‘z bilim va malakasini 
takomillashtirish, fan-texnika yangiliklarini egallash, mamlakatimizda 
xavfsizlikni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni himoya qilish borasidagi 
o‘zining harbiy burchini sidqidildan ado etish uchun intilib yashashga 
xizmat qiladigan muhitni mustahkamlashdan iborat bo‘lishi kerak. 
Bu vazifani amalga oshirishga Mudofaa vazirligi qoshida tashkil 
etilgan Jamoatchilik kengashini, madaniyat, san’at, sport namoyandalari, 
mamlakatimiz keng jamoatchiligi vakillarini faol jalb etish lozim. 
Yurtimizda 2013-yilning Obod turmush yili deb e’lon qilinishi 
munosabati bilan harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, zamonaviy 
harbiy shaharchalar qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, ularda 
bugungi kun talablariga, harbiy xizmatchilar va oila a’zolarining 
ehtiyojlariga javob beradigan barcha qulayliklarni yaratishga qaratilgan 
davlat dasturlarini izchil amalga oshirish Mudofaa vazirligi, harbiy 
tuzilmalarga ega bo‘lgan vazirlik va idoralarning rahbarlari, harbiy 
okruglar qo‘mondonligining eng muhim vazifasidir. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
72
Qurolli Kuchlarimiz oldiga qo‘yilgan bunday dolzarb vazifalarni 
amalga oshirish Mudofaa vazirligi, Birlashgan shtab, harbiy okruglar va 
qo‘shin turlari qo‘mondonlari, brigada komandirlari, barcha ofitserlar 
tarkibi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh 
Qo‘mondonining milliy armiyamiz tashkil etilganining 21-yilligi bayrami 
munosabati bilan qabul qilingan Direktivasida bayon etilgan ko‘rsatma va 
qoidalarni so‘zsiz bajarishni taqozo etadi. 
Hurmatli vatandoshlar! 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 21-
yilligi munosabati bilan sizlarni yana bir bor tabriklar ekanman, bugungi 
kunda milliy armiyamiz saflarida murakkab va mas’uliyatli vazifani, Vatan 
oldidagi o‘zining muqaddas burchini sharaf bilan ado etib, mardlik va 
jasorat namunasini ko‘rsatib kelayotgan barcha harbiy xizmatchilarga chin 
qalbimdan minnatdorlik bildiraman. 
Yangi 2013-yilda sizlarga mustahkam sog‘liq, yurtimiz tinchligi va 
osoyishtaligi yo‘lidagi olijanob faoliyatingizda yutuq va zafarlar, kuch-
g‘ayrat, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka yor bo‘lishini tilayman. 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
73

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish