Islom karimov mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida


Yana bir g‘oyat muhim masala, ya’ni, O‘zbekistonda tadbirkorlik



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/37
Sana29.01.2022
Hajmi1 Mb.
#417691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Islom Karimov. Asarlar. 21-jild. Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilish yo\'lida (1)

Yana bir g‘oyat muhim masala, ya’ni, O‘zbekistonda tadbirkorlik 
va kichik biznes sohasi aynan qanday prinsiplar asosida, qanday 
zaminda rivojlanayotgani haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishga ijozat 
bergaysiz.
Bu haqda gapirganda, avvalambor, soha rivoji uchun mustahkam 
qonunchilik 
va 
huquqiy 
baza 
shakllantirilgani 
va 
muntazam 
takomillashtirib borilayotgani, biznes uchun imtiyoz va preferensiyalar 
berish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash hamda 
modernizatsiya qilish masalalarida davlat tomonidan tizimli ravishda 
yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidlash lozim. 
O‘tgan asrning 90 yillari boshlaridayoq konstitutsiyaviy norma va 
tamoyillar asosida qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to‘g‘risida”, “Mulkchilik to‘g‘risida”gi qonunlar qisqa 
muddatda sanoat, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmatlar sohalaridagi o‘n 
minglab, yuz minglab davlat mulki bo‘lgan ob’ektlarni xususiy mulkka 
aylantirish uchun sotish, mulkni ijaraga berish prinsiplarini birinchi 
navbatda qishloq xo‘jaligida joriy etish imkonini yaratdi. 
Mamlakatimizda 2000-yilda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishda asosiy rol o‘ynadi. Ushbu qonunda fuqarolarning 
tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi uchun barcha asosiy kafolat va 
shartlar mustahkamlab qo‘yilgan, tadbirkorlik va biznes sub’ektlarining 
huquqlari hamda qonuniy manfaatlari muhofaza etilgan. 
Soliqqa tortish masalasi doimiy ravishda e’tiborimiz markazida bo‘lib 
kelmoqda. Faqat 2005-yildan 2012-yilgacha bo‘lgan davrda mikrofirma va 
kichik korxonalar uchun aylanma mablag‘dan olinadigan yagona soliq 
to‘lovi stavkasi 2,5 barobar kamaytirilib, 13 foizdan 5 foizga tushirildi, 
xalq amaliy san’ati va oilaviy biznes ob’ektlari esa umuman soliqqa 
tortilmaydi yoki eng kam stavka bo‘yicha soliqqa tortiladi. 
Alohida e’tiborga molik jihati shundaki, biz jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi davrida ko‘pgina davlatlar kabi inqirozga qarshi dasturlar 
doirasida soliq stavkalarini nafaqat oshirmadik, balki aksincha, kichik 
korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasini kamaytirdik, xaridorgir 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
12
bo‘lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni 5-
7 yilga soliq to‘lovidan ozod qildik, ishlab chiqarishni texnik va texnologik 
yangilaydigan, modernizatsiya qiladigan korxonalarni esa bojxona 
to‘lovlaridan butunlay ozod qildik. 
Faqat 2011-yilning o‘zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub’ektlariga berilgan soliq imtiyozlarining umumiy miqdori 500 million 
dollardan oshdi. Korxonalar ushbu mablag‘ning 35 foizini ishlab 
chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilishga, 25 foizini ishchilarni 
rag‘batlantirishga yo‘naltirdi. 
Davlatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va kommunikatsiya-transport 
infratuzilmasini rivojlantirishga qo‘shayotgan hal qiluvchi hissasini 
e’tiborga oladigan bo‘lsak, uning kichik korxonalar hamda tadbirkorlik 
faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish borasidagi rolini baholashning 
o‘zi qiyin. 
Bu borada mamlakatimizda tashkil etilgan “Navoiy” erkin industrial-
iqtisodiy zonasi va “Angren” erkin industrial zonasida yuksak 
texnologiyalar asosida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan biznes sub’ektlari 
tajribasini misol tariqasida keltirish mumkin. 
“Navoiy” sanoat zonasida muhandislik tarmoqlari, logistika, ta’minot 
tizimlari qurilishiga davlat tomonidan 100 million dollarga teng 
miqdordagi mablag‘ sarflandi. Bu o‘nlab zamonaviy ishlab chiqarish 
korxonalarini tashkil etishga xorijiy sarmoyadorlarni faol jalb qilish 
imkonini berdi. 
Bu yil tashkil qilingan “Angren” sanoat zonasi uchun umumiy qiymati 
60 million dollardan ziyod bo‘lgan ishlab chiqarish infratuzilmasi va 
kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish bo‘yicha maxsus dastur ishlab 
chiqildi va amalga oshirilmoqda. 
Bularning barchasi nima uchun, qanday maqsadlarni ko‘zlab amalga 
oshirilmoqda? 
Biz kichik biznes sohasi bunday keng ko‘lamli ishlarni to‘liq o‘z 
zimmasiga olishi mushkul ekanini yaxshi tushunamiz. Chunki kichik 
biznes bunday katta xarajatlarni ko‘tara olmaydi. Shuning uchun davlat 
tomonidan tadbirkor va ishbilarmonlar ehtiyojini to‘liq qondiradigan, 
ularni rag‘batlantiradigan shart-sharoitlarni yaratish maqsadida zarur 
infratuzilma va kommunikatsiyalar barpo etilmoqda. Bu tabiiy hol va 
uning mohiyati barchaga ayon bo‘lishi kerak. 
Biz bugungi kunda tashkil etayotgan, alohida imtiyozlarga ega bo‘lgan 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
13
bunday erkin iqtisodiy zonalarga kiritilayotgan xorijiy sarmoyalar miqdori 
30 million dollardan ortiq bo‘lsa, o‘sha ob’ektlar infratuzilmasi yuz foiz 
davlat tomonidan moliyalashtiriladi. 
Ayni ana shu omillar iqtisodiyot va tadbirkorlikning jadal sur’atlar 
bilan o‘sishini ta’minlayotgan, davlatimiz tomonidan ko‘rilayotgan 
rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar hisoblanadi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish