Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi


Byudjet mablag’lari(daromadlari)ning tarkibiy tuzilishi, manbalari



Download 368,92 Kb.
bet6/15
Sana30.01.2021
Hajmi368,92 Kb.
#57932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1.2.Byudjet mablag’lari(daromadlari)ning tarkibiy tuzilishi, manbalari va klassifikasiyasi.

Byudjet mablag’lari(daromadlari) davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslari bir qismidan iborat bo’lib, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarurdir. Ular pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoriga kelib tushadi. Davlat byudjetining mablag’lari(daromadlari) mamlakat yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq xarakterga ega. Byudjet daromadlariga professorlar T.S.Malikov va N.X.Haydarovlar quyidagicha ta’riflaganlar: “Pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keluvchi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni o’zida ifoda etadigan, hokimiyat organlarining turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi byudjet daromadlari deyiladi”.

Davlat byudjetining daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish shakli va ularni byudjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi mumkin.

Eng avvalo, davlat byudjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi:



  • soliqli daromadlar;

  • nosoliqli daromadlar;

  • tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari.

Quyida davlat byudjeti mablag’larining mazmun- mohiyatini ko’rishimiz mumkin.

O’zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra byudjet daromadlari ikki guruhga bo’linishi mumkin:



  1. xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan olinadigan daromadlar;

  2. aholidan tushumlar.

Mulkchilik shakliga ko’ra byudjet daromadlari quyidagi ko’rinishlarni olishi mumkin:

  1. nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;

  2. davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar;

  3. aholidan olinadigan mablag’lar.

Byudjet daromadlarining yuqorida sanab o’tilgan har bir guruhlari daromadlarning manbalari, to’lovlarning turlari va hokazolar bo’yicha kichik guruhlarga bo’linishi ham mumkin. Masalan, davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlarga davlat korxona va tashkilotlarining to’lovlari, davlat mulkini sotishdan olinadigan daromadlar, davlat tashkilotlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi. Aholidan byudjetga kelib tushadigan mablag’lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lovlardan iborat bo’lishi mumkin.

O’z navbatida, har bir kichik guruhlarga biriktirilgan Davlat byudjetining daromadlari tushumlarning alohida turidan iborat. Masalan, davlat korxonalari tomonidan byudjetga o’tkaziladigan daromadlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daro-mad (foyda) solig’i va boshqalar kiradi. Shuningdek, davlat mulki-dan olinadigan daromadlar tarkibi bojxona daromadlaridan, egasiz va musodara qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan yuklar va pochta jo’natmalarini, meros huquqi bo’yicha davlatga o’tgan mol-mulklarni realizatsiya qilishdan olingan tushumlardan iborat. Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan ko’rsa-tilgan xizmatlar uchun olingan daromadlarga davlat avtomobil inspektsiyalari tomonidan undiriladigan yig’imlar, tovar belgi- larini qayd etganlik uchun yig’imlar, o’lchov asboblarini davlat tekshiruvidan o’tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial idoralari tomonidan aholiga ko’rsatilgan xiz-matlar uchun olinadigan haq va boshqalar kiradi.

Sub’ektlarning daromadlari byudjet ixtiyoriga ikki xil metodlarni qo’llash evaziga olinishi mumkin:


    1. soliqli metodlar;

    2. nosoliqli metodlar.

Soliqli metodlar uchun mablag’larning davlat byudjeti foydasiga aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddatlarda undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirili-shi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daro-madining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular yordamida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daromad (foyda) solig’i, er solig’i, mol- mulk solig’i va boshqa soliqlar kiradi.

Nosoliqli daromadlar davlatga tegishli bo’lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir.

Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishini talab etmay-digan mablag’lar ham Davlat byudjetining daromadlari bo’lishi mumkin. Biroq ayrim to’lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun o’tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan mablag’larni sarf etsa-da, u bu mablag’larni belgilangan muddatlarda va to’liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday byudjet daromadlarining ko’rinishlaridan biri davlat obligatsiya- larini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar hisoblanadi. Davlat byudjetining daromadlariga ular shartli ravishda, faqat shu yilning byudjeti daromadlari nuqtai-nazaridan kiritilishi mumkin.

Byudjet daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai-nazaridan oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi va odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Byudjet daromadlarining faqat ba’zi birlarigina oldingan belgilangan maqsadlar uchun mo’ljallangan. Ularning tarkibiga ijtimoiy sug’urta badallarini kiritish mumkin.

Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalar alohida shakllari va turlarining yig’indisi byudjet daromadlarining yagona tizimini shakllantiradi. Turli sub’ektlardan kelib tushadigan byudjet daromadlari umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlab, bir-biri bilan o’zaro bog’langandir.

Hozirgi kunda amaliyotda davlat byudjetining daromadlari quyidagi tartibda klassifikatsiya qilinayotganligini ko’rishimiz mumkin.






Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish