Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi


Davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanishni ta’milash yo’llari



Download 368,92 Kb.
bet14/15
Sana30.01.2021
Hajmi368,92 Kb.
#57932
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

3.2.Davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanishni ta’milash yo’llari.


Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet mablag’laridan samarali foydalanish nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga esa samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo’qki, moliya sohasida davlatning nazorat organlari mavjud bo’lmasin. Moliyaviy nazorat instituti davlatning nazorat organlarining umumiy tuzilishini o’zida mujassamlashtiradi va moliyaviy mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon bo’ladi.

Moliya, byudjet, soliq intizomiga etarli darajada rioya qilinmayotganligi va byudjet mablag’larini maqsadsiz ishlatilishida ko’p sonli holatlarning mavjudligi barcha mamlakatlarda davlatning moliyaviy nazoratini kuchaytirishning zarurligini ko’rsatmoqda.

Albatta, byudjet mablag’larini sarflashda byudjetdan qilinadigan xarajatlarning cheklanganligi, byudjet taqchilligining mavjudligi, byudjetda ijtimoiy sohalardan tashqari boshqa xarajatlarga-aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash, iqtisodiyot tarmoqlarining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga ham zaruriyat mavjudligini hisobga olishimiz kerak bo’ladi.

Byudjet mablag’larini sarflashda yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sababi moliya hamda nazorat taftish idoralari xodimlarining ular oldiga qo’yilgan asosiy vazifa-byudjet intizomiga rioya etishni ta’minlashga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi ijrosi chuqur tahlil qilinishi, talab darajasida nazorat o’rnatilishi, byudjet tashkilotlarida mablag’larni maqsadli sarflash to’g’risida keng doiradagi tushuntirish ishlari etarli darajada olib borilishi lozim. Byudjet tashkilotlarining xarajatlarni katta qismini kommunal xizmat haqlari egallaydi va ular bilan shartnomalarni aniq, to’g’ri hisoblar bilan tuzish muhimdir. Byudjet tashkilotlarida kommunal xizmatlar (issiqlik energiyasi, issiq va sovuq suv, kanalizatsiya), gaz va elektr energiya sotib olish xarajatlari limitlariga qat’iy rioya etish talab etiladi.

Bank tizimida byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi tasdiqlanganidan so’ng bir hafta ichida kommunal xizmatlari ko’rsatuvchi, gaz, va elektr energiyasi sotuvchi korxonalar bilan shartnomalarni ushbu xizmatlarga smetalarida ko’zda tutilgan limitlar doirasida tuzishni ta’minlash, hisob- kitoblarni oyma-oy amalga oshirib borish, limitdan ortiqcha ko’rsatilgan xizmatlarga haq to’lamaslik muassasalarda ushbu xarajatlarga mas’ul bo’lgan xodimlarni buyruq bilan biriktiriladi. Kommunal xizmatlar gaz va elektr enegiyasini sotib olishga tuzilgan ikki tomonlama shartnomalarni hududiy moliya idoralarida nazorat-taftish boshqarmalari tekshirgandan so’ng ro’yxatdan o’tkazish va bu jarayondagi intizomga, ta’riflarga va haqiqiy ehtiyojlarga qarabxarajat qilinishining doimiy monitoringi olib boriladi. Suv, issiqlik, gaz, elektr energiyasi is’temol qilinayotgan byudjet tashkilotlarida o’lchov asboblarining to’liq o’rnatilishi va ishlashi nazorat qilinadi.

Hozirgi vaqtda byudjet muassasalarida ortiqcha mablag’ sarflanishini bartaraf etish maqsadida gaz, sovuq suv, issiq suv, elektr energiya tarmoqlari bo’yicha mutaxassislar shartnoma to’g’ri tuzilishi va byudjet mablag’larini maqsadli ishlatilishini nazorat qilib, mablag’larni iqtisod qilishi mumkin. Kommunal xizmatlar bo’yicha shartnomalar tuzilish davrida shartnomalarni sifatli va asosli tuzishni ta’minlash maqsadida malakali xodimlarni jalb qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Davlat byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish rejasini va byudjet majburiyatlari limitini byudjet mablag’larini taqsimlovchilariga va byudjet mablag’i oluvchilariga Davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy, vazifa jihatidan, tashkiliy tasniflari ko’rsatkichlari ko’rsatilgan holda, etkazishni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Shuningdek, ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan byudjet mablag’laridan foydalanish, dastur asosida aniq ro’yxatli bo’lishini, byudjetdan mablag’ oluvchilarni moliyalashtirish mexanizmini soddalashtirish byudjet mablag’laridan foydalanish hisobini yuritishda kuchli moliyaviy nazoratini ta’minlashni taqozo etadi.

Kelgusida davlat byudjeti xarajatlarini boshqarishda mablag’larni maqsadli taqsimlash, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish, davlat moliya- byudjet, shtat-smeta intizomiga rioya qilish kuchaytirilishi kerak. Belgilangan ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirishda g’aznachilik tizimidagi moliyaviy nazorat orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan byudjet nazoratini kuchaytirish, byudjet intizomini mustahkamlash va uni takomillashtirish yo’llarini belgilashda amalga oshirilgan tahlil natijalariga tayanish bilan birgalikda shu muammolarga nisbatan ilg’or xorijiy mamlakatlarning tajribalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan qayd etish lozimki, so’nggi yillarda iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda samaradorlik nazorati deb nomlanuvchi nazorat turi keng qo’llanilmoqda. Bunda an’anaviy nazorat usullari dasturli baholash, so’nggi natijaga keltirilganligi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga muvofiqligi kabi yangi vositalar bilan to’ldirilmoqda.



Ilg’or xorijiy mamlakatlar tajribalarining ko’rsatishiga, bu mamlakatlarda byudjet mablag’laridan foydalanish yuzasidan olib boriladigan nazorat rentabelli hisoblanadi. Masalan, AQShda nazorat organlari tomonidan sarflangan 1 dollar byudjetga 5 dollar bo’lib tushadi, ya’ni shuncha miqdorda mablag’larning byudjetga qaytarilishi ta’minlanadi. Buyuk Britaniyada esa nazorat organlarining faoliyati uchun sarflangan 1 funt sterling 13 funt sterlingni byudjetga tiklashga olib kelar ekan. Mazkur masalani o’rganish O’zbekiston Respublikasi uchun butkul dolzarb hisoblanadi. Bu esa, o’z navbatida, bu boradagi xorij davlatlari tajribalarini kengroq va chuqurroq o’rganishni taqozo qiladi. BMI ishida bu boradagi AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Finlyandiya va Yaponiya kabi mamlakatlarning mavjud tajribalari o’rganildi. Ularni hisobga olgan holda, bizning fikrimizcha, byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, byudjet intizomini yanada mustahkamlash va uni davr talablariga moslashtirib takomillashtirish uchun, eng avvalo, quyidagilarning amalga oshirilishini maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:

    • davlat siyosatiga mos ravishda moliyaviy nazorat va uning tarkibiy qismi bo’lgan byudjet nazorati tizimini isloh qilishning aniq maqsadlarini shakllantirish;

    • qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun moliya va byudjet nazorati sohasidagi asosiy vazifalarni aniqlash;

    • umumiy moliyaviy (byudjet) nazorat tizimida nazorat-taftish ishlarini olib boruvchi organlarning samarali faoliyatini ta’minlovchi tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish;

    • nazorat-taftish organlarining byudjet xarajatlarini optimallashtirishga qaratilgan yuqori samarali faoliyatini tashkil etish;

    • nazorat-taftish sohasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ilmiy-tadqiqot ishlari ko’lamini kengaytirish va chuqurlashtirish;

    • bu tizimning barcha tuzilmaviy elementlari yo’nalishlari va o’zaro ta’sirlari mexanizmini amalda o’rnatish;

    • moliyaviy nazorat (byudjet nazorati) tizimi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning me’yoriy-huquqiy asoslarini mustahkamlash va keyingi yillarda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ro’y bergan o’zgarishlarni hisobga olgan holda takomillashtirish;

    • nazorat organi tizimi bilan davlatni boshqarish tizimining boshqa bo’g’inlarini muvofiqlashtirish;

    • huquqni himoya qilish organlari bilan birgalikda tegishli sub’ektlarning faoliyatiga o’zaro ta’sir etish mexanizmini takomillashtirish;

    • ichki va muassasalar moliyaviy (byudjet) nazorati faoliyatlarini yanada faollashtirish;

    • ilg’or xorijiy davlatlarning nazorat-taftish organlari faoliyatini kuzatish va ularning tajribalarini o’rganishni davom ettirish, so’ngra ularning ijobiy yutuqlari va natijalarini amaliyotga tadbiq etish va h.k..

Respublikamiz oldida byudjetdan mablag’ oluvchi byudjet muassasalarini o’z vaqtida byudjet mablag’lari bilan ta’minlash, byudjet mablag’laridan maqsadli va samarali, oqilona va tejamli foydalanish maqsad qilib qo’yilgan ekan, byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalarga byudjet mablag’larining o’z vaqtida muddatidan kechikmasdan etib borishi hozirgi kunning asosiy talablardan biri bo’lmoqda. Bugungi kundagi byudjet mablag’larini sarflashdagi dolzarb masalalardan biri tizimlar boshqarmalarining byudjet mablag’larini markazlashtirib, ularni bir tomonga yo’naltirishdagi muammolar bo’lib, bu muammoni xal qilish byudjet mablag’larini markazlashtirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy organlari roziligi bilan amalga oshirishni, umuman byudjet mablag’laridan oqilona, samarali foydalanish va bu orqali hududiy moliya organlari mavqeini oshirish, bizningcha, maqsadga muvofiqdir.

Shu munosabat bilan ta’kidlash joizki, byudjet mablag’larini markazlashtirishni faqat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan amalga oshirilishi byudjet mablag’lari hisobiga ayrim mansabdor shaxslar tomonidan ishxonalarni dabdabali jihozlashga, tanish-bilishlik orqali nopok yo’llar bilan daromad oluvchi firma yoki kichik korxonalarga byudjet mablag’larini o’tkazib, o’zlashtirishga chek qo’yadi.

Byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan byudjet nazoratini kuchaytirish, byudjet intizomini mustahkamlash va uni takomillashtirish yo’llaridan biri byudjet muassasalari bosh hisobchilarining yuqori tizimlari orqali tayinlanishi va ishdan bo’shatilishi bilan bog’liqdir. Chunki turli sabablar bilan attestatsiyadan o’tmagan yoki byudjet sohasida ish stajiga ega bo’lmagan bosh hisobchilarning byudjet tizimida ishlashi byudjet mablag’laridan noqonuniy foydalanish yoki byudjet intizomining buzilish hollarini ko’proq sodir etishga olib kelmoqda.

Yuqoridagi xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida, bizning fikrimizcha, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat-taftish hududiy boshqarmalari hamda viloyat xokimliklari moliya boshqarmalari tomonidan barcha byudjet muassasalari hisobchilari egallab turgan vazifasiga loyiqligi yuzasidan har moliyaviy yilning 15 yanvariga qadar attestatsiyadan o’tkazilishi lozim. Shu vaqtgacha qonunda belgilanmagan uzrli sabablar bilan attestatsiyadan o’tmagan shaxs bosh hisobchilik vazifasidan vaqtincha chetlashtirilishi lozim. Shuningdek, hududiy moliya bo’limlari bosh hisobchilarining ham byudjet mablag’larining maqsadli ishlatilishi yuzasidan mas’uliyatini oshirish kerak. Chunki xozirgi vaqtda noqonuniy xarajat qilingan byudjet mablag’lari bo’yicha faqat moliya bo’limlari boshliqlari va byudjet inspektsiyasining boshliqlari javob berishmoqda. Holbuki, barcha moliyalashtirishda bosh hisobchi bevosita ishtirok etadi.



Ana shularni hisobga olgan holda, bizning fikrimizcha, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

  1. O’zbekiston Respublikasida ham xuddi iqtisodiy rivojlangan davlatlardagidek, Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari davlat hisobiga kelib tushayotgan daromadlarni belgilangan me’yorlar bo’yicha tushumlari bo’yicha ham tekshirishlar o’tkazishlari lozim. Hozirda mazkur organlar faqat Davlat byudjetining xarajatlar qismining bajarilishi bo’yicha taftish va tekshirishlar o’tkazish bilan shug’ullanib qolmoqda. Shuningdek, tekshirishlar natijasida olingan ma’lumotlarni taqdim qilish borasida ham rivojlangan davlatlar tajribalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Masalan, AQSh byudjet-nazorat boshqarmasi Prezident va Kongressga tekshirish natijalari bo’yicha ma’lumotlarni, takliflar va fikrlari bilan birgalikda taqdim qiladilar. Yuqoridagi tajribalari o’rganilgan davlatlar erishgan yutuqlardan foydalangan holda davlat byudjeti xarajatlarining nazoratini olib boradigan Bosh boshqarma, nazarimizda, markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlaridan ham mustaqil bo’lishi kerak. Umuman, ushbu Bosh boshqarma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida alohida Departament sifatida faoliyat olib borishi kerak. Ushbu Departament viloyat hokimliklarida olib borilgan taftish va tekshirishlar, joriy davrdagi Davlat byudjetining ijrosi va kutilayotgan ijrolari bo’yicha taklif va xulosalari bilan Vazirlar Mahkamasiga mustaqil ravishda ma’lumotlar taqdim qilib borishi lozim.

  2. Byudjet xarajatlaridan foydalanish ustidan byudjet nazoratini kuchaytirish uchun, avvalom bor, ushbu nazoratni olib boruvchi xodimlarning malakasini, ish sifatini oshirish orqali byudjet nazorati tizimiga kuchli ta’sir o’tkazish zarur. Buning uchun, jumladan:

- etarli tayyorgarlik va tajribaga ega bo’lishga erishmoq lozim. Taftishchi oldiga qo’yilgan vazifani bajarish uchun etarli darajada tajribaga, buxgalteriya hisobi va byudjet bo’yicha malakaviy darajaga ega bo’lishi kerak. Shu bilan birga o’z kasbi bo’yicha doimo o’zi bilimlilik darajasining yuqori bo’lishiga intilishi zarur;

  • xolislikni ta’minlamoq kerak. Albatta, ijtimoiy adolat sharoitida xolislik bo’lmasa hech qanday taftish yoki tekshirishning keragi bo’lmaydi. Shuning uchun ham kasbiy ahloq kodeksida xolislikning zarurligi haqida alohida to’xtalib o’tilgan;

  • zaruriy kasbiy sinchkovlikka erishmoq lozim. Taftishchi bajarayotgan ishning sifati uchun doimo javobgardir. Zaruriy sinchkovlik bu ish xujjatlarini to’liq ko’zdan kechirish, yig’ilgan hisobotlarning to’laligi va oxiriga etkazilganligi, taftish va tekshirish xulosasining haqqoniyligini ta’minlashdan iboratdir;

  • etarli darajada hisbotlar va ma’lumotlar yig’moq lozim. Har qanday tekshirish va uning xulosasi isbotlar va ma’lumotlarga asoslanadi. Asoslar qanchalik ko’p bo’lsa, xulosa shu darajada kafolatlanadi. Nazoratni o’tkazish uslubiyatida, asosan, isbot va ma’lumotlar yig’ish ustida fikrlar bildiriladi. Bir tomondan bu ish tekshiruvchilarning tajribasi va bilimiga bog’liqdir;

  • natijalarni o’z vaqtida ma’lum qilish kerak. Tekshiruvchi xulosasida tekshirilgan moliyaviy hisobot to’la umumiy qabul qilingan buxgalteriya andozalariga mos holda tuzilganligi, albatta, ko’rsatilishi kerak. Taftish yoki tekshirishda ishtirok etayotgan har bir xodim etarli texnik tayyorgarlik va tajribaga ega bo’lishi ham kerak. Jami xodimlar o’z ishlarini kompyuterlarda bajarishi uchun mahoratini oshirishi kerak.

Fikrimizcha, yuqoridagi taklif va tavsiyalarni amaliyotga joriy qilinishi mamlakatimizda davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlashga ma’lum darajada xizmat qiladi.


Download 368,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish