Islom huquqining asosiy belgilariva xususiyatlari Reja


Shariatga binoan jinoyat huquqi va sud ishlarini yuritish tartibi



Download 35,92 Kb.
bet5/5
Sana30.12.2021
Hajmi35,92 Kb.
#98885
1   2   3   4   5
Bog'liq
Islom huquqining asosiy

Shariatga binoan jinoyat huquqi va sud ishlarini yuritish tartibi

Islom huquqida jinoyat huquqi normalari fuqarolik huquqi normalariga nisbatan uncha batafsil ishlab chiqilmagan. Ular qadimiyligi, eskirib qolganligi, yuridik texnikasi jihatidan nisbatan uncha rivojlanmaganligi bilan ajralib turadi.

Shariatda jinoyat tushunchasining asosini diniy g'oyalar bilan chambarchas bog'liq bo'lgan huquqiy qonun-qoidalar tashkil etadi.

Burhoniddin Marg'inoniyning «Hidoya» asarida jinoyat deb, qonun tilida shaxsga va mulkka qarshi qaratilgan qonun bilan taqiqlangan qilmish tushuniladi1, - deb ko'rsatiladi.

«Muxtasar» (Shariat qonunlariga qisqacha sharh) da ko'rsatilganidek, «jinoyat» so'zi lug'atda jinoyat va gunoh ma'nosini, shariat istilohida odamning joniga yo a'zolariga zarar keltirish ma'nosini2 bildiradi.

O'rta asrlardagi islom huquqshunoslari barcha jinoyatlarni uch guruhga ajratadilar. Birinchi guruh «Allohning huquqlari»ga tajovuz qiladigan jinoyatlar sifatida talqin qilingan va avf etilmagan. Bunga birinchi navbatda islomdan qaytish jinoyati kiritilgan. Buning uchun o'lim jazosi nazarda tutilgan. Boshqarish tartibotiga qarshi qaratilgan jinoyatlar - isyon va davlat hokimiyatiga qarshilik ko'rsatish kabi jinoyatlar ham og'ir jazolangan. Og'ir diniy gunoh deb e'lon qilingan ushbu guruh jinoyatlariga yana o'g'rilik, spirtli ichimliklar iste'mol qilish, zinokorlik, shuningdek, zinokorlikda ayblab tuhmat qilish kabilar ham kirgan.

Ikkinchi guruh jinoyatlarni butun musulmonlar jamoasiga emas, balki alohida shaxslarning huquqlariga tajovuz qiluvchi huquqqa xilof xatti-harakatlar tashkil etgan. Ularni tartibga soluvchi normalar urug'doshlik tuzumi odatlaridan kelib chiqqan, jumladan qasos olish huquqini belgilagan. Masalan, qasddan odam o'ldirish yoki tan jarohati yetkazish jinoyatlarini sodir etgan shaxslarga «jinoyatga teng jazo» (tallion) tamoyili asosida jazo nazarda tutilgan. Ammo shariat manbalari, jumladan, Qur'oni Karim va hadislarda bu guruhga kiritilgan jinoyatlar uchun ko'zda tutilgan jazoni birmuncha yumshatish haqida so'z yuritilganligini ko'rish mumkin. Masalan, qo'shimcha qonli qasos olish o'rniga «tovon» to'lash kabi yengilroq jazo berilishi nazarda tutiladi. •Qur'oni Karimda odam o'ldirish va tan jarohati yetkazish jinoyatlari uchun «jonga jon, ko'zga ko'z, burunga burun, quloqqa quloq, tishga tish va jarohatlarga qasos (olinur)» deb belgilangan (Moida surasi, 45-oyat). Shuningdek, ushbu odatda «kimki u (qasos)ni sadaqa qilib (kechib) yuborsa, u (gunohlariga) kafforatdir» deyiladi. Kafforatning ma'nosi evaz, badal, afvdir. Demak, Qur'oni Karimda qasos olmay, xunidan kechishga ma'qul, savobli ish sifatida qaraladi.

Va nihoyat, uchinchi guruhni tashkil etuvchi jinoyatlarga o'z tabiatiga ko'ra, ijtimoiy munosabatlarga qarshi jinoiy tajovuz qilishga qaratilgan boshqa barcha turdagi jinoyatlar, jumladan, zakot to'lamaslik, shaxslarga moddiy zarar yetkazish (o'g'rilik va bosqinchilikdan tashqari), bitimlar yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik, xun olish uchun tovon to'lamaslik, kam o'lchash, kam tortish, tovlamachilik qilish, poraxo'rlik, xazinani yoki yetimning haqini o'zlashtirish, qonunga xilof holda qasddan sud qarorlarini chiqarish, yolg'on guvohlik berish, jamoat joylarida yurish-turish qoidalarini buzish, fuqarolarga yoki o'ziga bo'ysunuvchilarga nisbatan zulm o'tkazish, eng muhim diniy aqidalarni inkor qilish, davlat mulkini turli xil nopok yo'llar bilan talon-taroj qilish, jodugarlik va sehrgarlik, nomusga tegish, besoqolbozlik, nafaqa to'lash majburiyatidan qasddan bosh tortish va hokazolar kiritiladi1.

Ushbu jinoyatlarning aksariyati uchun Arab xalifaligining tashkil topishi davrida jazolar nazarda tutilmagan. Shu sababli ular shariatning asosiy manbalarida eslatilmaydi. Huquqiy ta'limotning rivojlanishi va hukmron tabaqalarning tarkib topgan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashga urinishi natijasida ilgari jinoiy hisoblanmagan ko'pgina ; xatti-harakatlar, jumladan, zakot to'lamaslik, ro'za tutmaslik, yengil tan jarohati yetkazish, haqorat, bezorilik, aldoqchilik va firibgarlik, davlat mulklarini isrof qilish, qimor o'ynash va hokazolar jinoyat sifatida ko'riladigan va sud tarkibida jazolanadigan bo'ldi. Bunday ishlar bo'yicha jazo chorasi berish mujtahidlar tomonidan bildirilgan fikrlarga va alohida qozilarning ixtiyoriga bog'liq bo'lgan.

Islom jinoyat huquqi bo'yicha jazolarning xilma-xil turlari nazarda tutilgan. Albatta, bunda davlatdan oldingi jamiyatga xos, eskirgan jazo usullaridan ham foydalanilganligini ta'kidlash joiz. Masalan, shariatda ko'pgina jinoyatlar uchun qasos olish, tovon, ta'zir va boshqa jazo turlari belgilangan.

Jinoyat huquqida jazolar og'irlik darajasiga qarab quyidagi uch turga: 1) had; 2) qasos yoki tovon va kafforat; 3) ta'zir jazosi turlariga bo'linadi. «Had» so'zining lug'aviy ma'nosi «Muxtasar»da ko'rsatil-ganidek, chekka, chet, ikki narsa orasidagi parda, mone deganidir. Bu shariatda jinoiy xatti-harakatlar uchun Alloh tomonidan belgilanadigan jazo deb tushuniladi. Had jazosi turlariga 40 martadan ko'proq darra urish, ya'ni 80, 100 darra urish, qo'l yoki oyog'ini kesish, toshbo'ron qilib, osib yoki boshini tanasidan ayirib o'ldirish kiradi. Had jazosi haqida Qur'oni Karim oyatlarida aytib o'tilgani uchun ham shariat olimlari uni qat'iy jazo - Allohning haqi deb hisoblaydilar. Had jazosi turlari asosan zino, tuhmat, o'g'rilik, qaroqchilik (bosqinchilik), spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, islom dinidan qaytish, isyon ko'tarish va boshqa jinoyatlarga nisbatan belgilangan.

Qasos yoki tovon (diya) va kafforat jazosi turlari shaxsning hayoti va sog'ligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar, xususan, odam o'ldirish va tan jarohati yetkazish jinoyatlariga nisbatan qo'llanilgan.

Ta'zir jazosi «had» yoki «qasos» jazolarini qo'llash mumkin bo'lmagan hollarda, shuningdek, diniy jihatdan gunohni yuvish bilan jazolanadigan jinoyatlar sodir etilgan taqdirda qo'llanilishi mumkin edi. Masalan, o'g'irlikda o'g'irlangan narsa shariatda joriy etilgan miqdordan kam bo'lsa, had emas, balki ta'zir qo'llanilgan. Shuningdek, qaroqchilar yo'l to'sayotganlarida hali molni olmay va hech kimni o'ldirmay turib qo'lga tushsalar, ularni to tavba qilgunlariga qadar qamab qo'yilgan yoki o'g'ri narsani xonadan olib chiqib ketmay turib qo'lga tushsa, qo'li kesilmagan. Ta'zir jazo turlariga 3 darradan 39 darragacha urish, qamoq, ogohlantirish, vatanidan haydab yuborish, jamoat izzasi, jarima, salla o'rab yurish huquqidan mahrum etish va hokazolar kiradi.

Shunday qilib, shariatda jazolar o'rta asrlarga xos bo'lgan shafqatsizligi va qattiqligi bilan ajralib turardi. Jazolashdan asosiy maqsad qo'rqitish bo'lgan. Masalan, o'lim jazosi ko'p hollarda, odatda, omma oldida osish yoki to'rt bo'lakka bo'lish yo'li bilan ijro etilgan. Shuningdek, o'lim jazosining suvga cho'ktirish, tiriklayin ko'mish kabi turlari ham qo'llanilgan. Tana a'zolariga shikast yetkazish va tan jazolari -barmoqlarni, qo'l va oyoqlarni kesish, toshbo'ron qilish va hokazolar ko'p qo'llanilgan. Ozodlikdan mahrum qilish uyga yoki machit xonalaridan biriga qamashda ifodalangan. Islom jinoyat huquqida mulkiy jazolar (mol-mulkini musodara qilish, jarima va boshqalar) va sharmanda qiluvchi jazolar (soqollarini olib tashlash, salla taqib yurish huquqidan mahrum qilish, jamoat izzasi va boshqalar), shuningdek surgun va badarg'a jazolari (mayda jinoyatlar uchun) ham ma'him.



Musulmon huquqida sud ishlarini yuritish tartibi o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turgan. Sud jarayoni, odatda ayblov xarakteriga ega bo'lgan. Ish ko'pincha davlat nomidan emas, manfaatdor shaxslar tomonidan qo'zg'atilgan. Fuqarolik va jinoyat sudlovlari o'rtasida farq yo'q edi. Sud ishlari oshkora tartibda, odatda machitlarda ko'rib hal qilingan. Unda ishtirok etishni xohlovchilarning barchasi qatnashishlari mumkin edi. Tomonlarning o'zlari himoyachilarning yordamiga tayanmay ish yuritishlari lozim edi.

Sud jarayoni asosan og'zaki amalga oshirilgan, dastlab yozma ish yuritish qo'llanilgan. Abbosiylar hukmronligi davridan boshlab fuqarolik ishlari bo'yicha sud bayonnomalari tuzila boshlangan. Sudda tan olish (aybiga iqror bo'lish), guvohlarning ko'rsatmalari, qasamlar, versiyalar dalil boiib hisoblangan. Ish bir majlisning o'zida hal qilinishi lozim edi, uni keyingi kunga qoldirish mumkin emasdi. Sud jarayoni tortishuvchanlik xarakteriga ega bo'lgan. Sud ishlarini yuritishning qozilar uchun belgilangan qoidalari yo'q edi. Shuning uchun ular ishlami o'z xohishlaricha ex kin ko'rish imkoniyatidan keng foydalanganlar. Ishda guvoh bo'lib 10 yoshga to'lgan, ilgari sudlanmagan, faqat musulmon dinidagi aqli raso kishilargina qatnashishi mumkin bo'lgan. Ikki ayol kishining ko'rsatmasi bir erkak kishining guvohligiga teng hisoblangan. Ishonchli dalillar bo'lmasa, javobgar yoki ayblanuvchi odatda Qur'oni Karimni ushlab Alloh oldida tantanali qasam ichishi lozim edi.
Download 35,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish