Islom huquqining asosiy belgilariva xususiyatlari Reja


Shariatda nikoh-oila va meros huquqi



Download 35,92 Kb.
bet4/5
Sana30.12.2021
Hajmi35,92 Kb.
#98885
1   2   3   4   5
Bog'liq
Islom huquqining asosiy

Shariatda nikoh-oila va meros huquqi

Shariat bo'yicha nikoh va oila masalalari batafsil tartibga solinadi. Islomda nikoh - halollik, nikohsiz qo'shilish esa haromlik belgisi hisoblanadi. Shariatga binoan nikoh musulmonlarning diniy majburiyati, nikohsizlik esa ularning hush ko'rilmaydigan holati sanaladi.

Shariat bo'yicha nikohdan o'tish uchun tomonlardan quyidagi shartlarga rioya etish talab qilingan: 1) nikohdan o'tuvchilarning o'zaro roziligi; 2) nikoh yoshiga to'lgan bo'lish; 3) nikohni guvohlar ishtirokida tuzish; 4) kelin uchun qalin va mahr to'lash; 5) diniy e'tiqod birligi; 6) nikohdan o'tayotganlarning yaqin qon-qarindosh bo'lmasligi; 7) tabaqa bo'yicha tenglik; 8) nikohdan o'tuvchilarning ruhiy jihatdan sog'lom bo'lishi.

Demak, shariat bo'yicha zo'rlik yo'li bilan, majburiy nikohdan o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi. Lekin qiz bolaning erga tegmaslikka haqqi yo'q edi. U yolg'iz yashashi mumkin emas, albatta turmush qurib, nikoh munosabatida bo'lishi lozim edi. Yoshlarning muomalaga layoqatsizligi yoki ularning qarshiligi nikoh ittifoqini tuzishga to'siq bo'la olmasdi. Muomalaga layoqatli bo'lgan yigitlar va qizlar o'z xohishlari bilan, ota-onalarining bu ishga aralashuvisiz, nikoh-huquqiy munosabatlariga kirishlari mumkin bo'lgan. Shariat bo'yicha nikohning haqiqiy bo'lishligi shartlaridan yana biri tomonlarning nikoh yoshiga to'lgan bo'lishligidir. Unga ko'ra nikoh yoshi o'g'il bolalar uchun 12 yosh, qizlar uchun 9 yosh belgilangan. Bunda o'g'il bolalar jinsiy jihatdan voyaga yetgan bo'lishlari lozim edi. Nikohga kiruvchilar uchun belgilangan bu yosh voyaga yetganlikni belgilashda so'nggi pog'ona hisoblangan. Amalda esa o'g'il bolalar - 14, qizlar - 12 yoshga to'lganda nikoh tuzilgan. Shariat nikoh yoshining yuqori chegarasini belgilamagan. Nikoh yoshining quyi chegarasini belgilashda asosan fiziologik asoslarga tayanilgan. Oilada yigirma yoshdan oshgan «bo'ydoq» bo'lishi isnod hisoblangan.

Shariat bo'yicha nikohdan o'tish shartlaridan biri bunday shartno-maning guvohlar ishtirokida tuzilishi lozimligidir. Burhoniddin Marg'inoniy yozganidek, «Bilginki, nikoh bobida guvohlik shartdir. Chunki Rasululloh (S.A.V.): Guvohlarsiz nikoh nikoh emas, deganlar... Musulmonlarning nikohlari faqatgina (kamida) ikkita guvoh hozirligida bog'lanadi. Guvohlarning ikkisi ham hur, oqil, bolig' musulmon erkaklar yoki bir er, ikki ayol bo'lmog'i lozim»'. Musulmonlarning nikohlarida guvohlarning musulmon kishilardan bo'lishligi talab qilinadi. Nomusul-mon (kofir)ning musulmon ustidan guvohligi o'tmaydi. Agar musulmon odam xristian yoki yahudiy bilan nikohdan o'tsa, bunday holda xristian yoki yahudiy dinidagi kishilar guvohlikka o'tishlari mumkin edi. Guvohlar erkaklar bo'lsa 15 (16) yoshga, ayollar bo'lsa 9 yoshga to'lgan bo'lishlari lozim edi. Chunki bu yoshda ular muomalaga layoqatli deb hisoblangan.

Shariat bo'yicha nikoh ahdini tuzishning navbatdagi sharti qalinni to'lash va ajratilgan mahrni berishdan iborat edi. Busiz nikoh haqiqiy emas, deb sanalgan. Qalin, yuqorida aytilganidek, kelinga, uning ota-onasi, qarindosh-urug'lari, vasiylariga pul, mol yoki boshqa mulklar bilan bir qatorda to'lanadigan haqdir. Mahr esa kuyov tomonidan bevosita kelinga beriladigan uy-joy yoki sep-sidirg'a va boshqa mulk-lardan iborat bo'lgan. Qalin bevosita kelinning otasi tasarrufiga tushib, kelinning qalinga hech qanday haqqi bo'lmagan, mahr esa bevosita kelinning shaxsiy mulki hisoblangan.

Shariat bo'yicha nikohga kiruvchilar islom dinida bo'lishi talab qilingan, ya'ni faqat islom diniga mansub bo'lgan shaxslargina o'zaro nikoh tuza olganlar. Islom diniga e'tiqod qiluvchi er boshqa dinga e'tiqod qiluvchi yoki umuman hech qanday dinga mansub bo'lmagan ayol bilan nikoh tuzishga haqqi yo'q edi. Agar xristian yoki yahudiy islom diniga k'irsa, u holda musulmonlar bilan nikoh ahdini tuza olgan. Shariat bo'yicha, hatto er-xotindan bittasi boshqa dinga o'tsa (islomga xoinlik qilsa), nikoh bekor qilingan.

Shariat yaqin qarindosh-urug'chilik aloqasida bo'lgan shaxslar o'rtasidagi nikohni taqiqlaydi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda, shariat nikohdan o'tuvchilarning tabaqaviy jihatdan teng bo'lishligini, ruhiy jihatdan sog'lom bo'lishini ham talab qiladi. Shuningdek, nikoh shartnomasi tuzishga to'g'ridan-to'g'ri to'sqinlik qiluvchi boshqa holatlar ham ko'rsatiladi. Jumladan, musulmonlar ehrom holatida bo'lsalar, agar nikohga kirayotgan ayolga boshqa kishi tomonidan uylanish istagi bildirilgan bo'lsa, erkaklar o'z xotinlarining singillari bilan nikohga kirayotgan bo'lsalar, tomonlardan biri jinsiy kamolotga yetmagan bo'lsa va hokazo holatlar shariatga binoan nikoh ahdi tuzishga to'g'ridan-to'g'ri to'sqinlik qiladi. Yuqorida sanab ko'rsatilgan shartlarga rioya qilinib tuzilgan nikohgina qonuniy hisoblanib, taraflarni tegishli huquq va majburiyatlar bilan ta'minlagan. Shuni aytib o'tish lozimki, shariat normalarida belgilangan shartlardan ko'zda tutilgan asosiy maqsad sog'lom, halol nikoh munosabatini vujudga keltirishdan iborat edi. Islom huquqida er-xotin o'rtasidagi munosabatlar batafsil tartibga solinadi. Shariat va odatda, er-xotinning huquq va majburiyatlari atroflicha ishlab chiqilgan. Er oila boshlig'i hisoblangan, binobarin, oila ta'minoti uchun zarur bo'lgan moddiy ne'matlarni ishlab topishi lozim bo'lgan. Xotin esa oilada asosan uy-ro'zg'or ishlari va bolalar tarbiyasi bilan shug'ullangan.

Erning huquqi bo'yicha, agar er qalin va mahr to'lagan bo'lsa, xotin albatta uning uyida yashashi lozim edi. Xotin biror joyga borishi lozim bo'lsa, albatta eridan ruxsat olishi darkor edi. Er xotinini moddiy ta'minlashi lozim edi. Agar er uyda olti oydan ortiq muddat bo'lmasa, xotinini moddiy jihatdan ta'minlamasa, bu holat xotiniga erining nikohidan ajralish uchun asos bo'la olgan.

Xotinning erdagi haqqiga nisbatan majburiyatlari ko'proqdir. Xotin albatta erining uyida yashab, uyni ozoda va toza saqlab, ro'zg'or ishlarini bajarib, bolalarni tarbiyalashi lozim bo'lgan. U eriga bo'ysunib, topshirgan ishlarini bajarishi, erining ruxsatisiz ommaviy joylarda ko'rinmasligi kerak. Xotin eridan moddiy ta'minot talab qilish huquqini olgan.

Agar er xotiniga nisbatan zo'rlik, qo'pollik qilsa, erlik majburiyatlarini bajarmasa, xotin eri bilan yashashni rad etishi mumkin edi. Xotin o'z zimmasidagi majburiyatlarni bajarmasa, eri unga nisbatan jismoniy ta'sir choralarini ko'rishi, hatto ajralish masalasini ham qo'yishi mumkin bo'lgan. Agar er xotiniga tirikchilik uchun yetarli miqdorda mablag' bermasa, u holda xotini qozining ruxsati bilan, erining nomidan va uning javobgarligi bilan qarz olishi, o'ziga tegishli mulkdan ayrimlarini sotishi mumkin bo'lgan. Agar xotin eri oldidagi majburiyatlarni bajarmasa, u holda er uni jazolashi, ya'ni uni zarar keltirmasdan urishi va ma'lum muddat moddiy ta'minotdan mahrum etishi mumkin bo'lgan. Agar er yoki xotindan biri, avvalgi sahifalarda ta'kidlanganidek, boshqa dinga kirsa, ya'ni islom dinidan chiqsa, bunday hollarda ular o'rtasidagi nikoh munosabati tugatilib, mavjud bo'lgan hamma majburiyatlar bekor qilingan. Ammo dinga nisbatan xiyonat er tomonidan sodir etilgan bo'lsa, u xotiniga mahr berishdan va idda vaqtida moddiy ta'minlashdan ozod etilmagan. Bunday harakat xotin tomonidan sodir etilsa, u idda davrida moddiy ta'minot olish huquqidan mahrum boigan. Xotini o'limidan so'ng, er hamma vaqt boshqa ayolga uylanishi mumkin bo'lgan. Xotinga esa eri o'limidan so'ng boshqa shaxsga turmushga chiqishga faqat idda muddati o'tganidan so'nggina ruxsat berilgan. Xotin idda muddatini nikohda qayerda turgan bo'lsa, shu yerda o'tkazishi lozim edi, chunki shundagina uning o'z shaxsiy huquqlari va mulki to'la saqlangan.

Idda vaqtida xotinni moddiy ta'minlash erga yuklatilgan. Ammo u biron asos bo'yicha xotinini moddiy ta'minlashdan ozod etilgan bo'lsa, yoxud bandalikni bajo keltirsa, u holda xotin o'zini o'zi moddiy ta'minlaydi. Agar marhum .meros qoldirgan bo'lsa, erining merosi hisobiga ta'minlanadi. Shariat oilaviy turmush davomida er-xotin tomonidan topilgan mtilk ularning umumiy mulki ekanligini tan olmagan, birgalikdagi turmush davrida mulk kimm'ng mablag'iga olingan bo'lsa, o'shaniki hisoblangan.

Qur'oni Karim nikohdan ajralishga (taloqqa) yo'l qo'yadi. Ammo islom taloqni - oila buzishni maqsadga muvofiq ish deb hisoblamaydi. Iloji boricha oilahi buzmay saqlab qolishni targ'ib qiladi. Nikohni bekor qilishga tegishli «qonuniy» asoslar boiganidagina yo'l qo'yilgan.

Taloq qilish huqtlqi erkakka berilgan. Quyidagi holatiardagina xotini nikohni bekor qilishni so'rashi mumkin edi:

1. Agar eri olti dy muddat davomida xotinini moddiy ta'minlamasa.

2. Agar eri nikohda yashashga qodir bo'lmasa (erlik iqtidori bo'lmasa).

3. Agar nikoh yoshlik vaqtida tuzilgan bo'lib, jinsiy balog'atga yetgandan so'ng yoki ma'lum yoshga to'lgandan so'ng qiz nikohda yashashga rozi emasligini izhor etsa.

4. Agar eri islom1 dinidan boshqa dinga o'tsa.

Taloq qilingan ayol avval aytib o'tilganidek, nasl-nasablar aralashib ketmasligi uchun lien hayz mobaynida o'zini kuzatib, boshqa turmush qurmay turishi ldzirri edi. Shu muddat o'tib, homila yo'qligi ravshan bo'lgach u ayol erga tegishi mumkin bo'lgan. Agar homilador ekanligi ma'lum bo'lsa, bola tug'ilib, nifos muddati o'tgandan keyin boshqa turmush qurishi mumkin. Idda asnosida er qilgan ishidan pushaymon bo'lib, yarashishili istasa, bunga uning haqqi bor. Agar shu muddat ichida xotiniga ydq'ihiashmasa, muddat tugagach taloq sodir bo'lib, nikoh munosabatl Ulgallanadi.

Shariat bo'yicha ttleros huquqi juda murakkab va chalkash bo'lgan. Meros huquqi bordslda musulmon huquqining turli huquqiy mazhablari o'rtasida katta farqiar mavjud. Umuman meros vasiyat bo'yicha va qonun bo'yicha qoldlrilgan. «Vasiyat» so'zining lug'atda bayon qilingan ma'nosi - «topshifmoqdir». Shariat bo'yicha esa, mol-mulkni o'lgandan so'ng kimga berilishini aytish. Vasiyat qonuniy merosxo'rlar foydasiga tuzilishi mumkin emas edi. Shuningdek, mol-mulkning uchdan bir qismidan ortig'ini vasiyat qilishga ham ruxsat etilmagan. Vasiyatni tuzishda ikkita guvoh ishtirok etishi lozim bo'lgan. Shariatda, ayniqsa qonun bo'yicha meros tartibi birmuncha puxta ishlab chiqilgan edi. O'lgan kishining mol-mulkidan avvalo uni dafn etish marosimlariga ketadigan xarajatlar qoplangan, so'ngra uning barcha qarzlari to'langan. Qolgan mol-mulklar qonuniy merosxo'rlar o'rtasida taqsimlangan. Merosdan birinchi navbatda o'lgan kishining bolalari o'z hissalarini olishgan, ular bo'lmasa uning aka-ukalari, amaki-tog'alari va boshqalar merosga chaqirilgan. Ayollar merosdan erkaklarga riisba'tan ikki hissa kam ulush olganlar. Dindan qaytganlar, ajralgan er-xotinlar, meros qoldiruvchining o'limiga sabab bo'lganlar meros olish huquqidan mahrum edilar.





Download 35,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish