Arab bosqini va islom dini. Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi arafasida Turk qog`onoti tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo`lib, ular o`rtasida tinimsiz to`qnashuvlar ro`y berib turar edi. Ayniqsa, Turk qog`onoti bilan sosoniylar Eroni o`rtasidagi to`qnashuvlar o`ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu xudud arab xalifaligi tomonidan bosib olindi. Bunga Movarounnahr hududida yashovchi xalqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy hamjihatlikning yo`qligi, o`zaro qirg`in-barotlarning avj olishi sabab bo`ldi.
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so`zi arabcha o`zini topshirish, itoat, bo`ysunish, tinchlik kabi ma`nolarini anglatadi. Islom dini bayrog`i ostida keng hududda arab qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo`yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil topgan. Qur`on va hadislarda islomiy ta`limotning asosi bayon qilingan. Qur`on - muqaddas kitob. Unda islom qoidalari, iymon-e`tiqod talablari, huquqiy va ahloqiy me`yorlar o`z ifodasini topgan. U 114 surava ular tarkibidagi oyatlardan tashkil topgan.
«Sunna» esa hadislar majmui bo`lib, Qur`ondan keyin turadi va uni to`ldiradi. Unda Muhammad payg`ambarning so`zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan. Qur`on va sunnadan keyingi muhim manba - shariatdir.
Shariat (to`g`ri yo`l, ilohiy yo`l demakdir) - islomda huquqiy, ahloqiy me`yor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo`nalishlar - sunniylik, shialik va xorijiylik. Ular diniy ta`limot, marosimchilik, ahloqiy-huquqiy me`yorlarga oid masalalarda o`zaro faqrlanib turadi.
Abu Mansur Moturidiy (melodiy orr yilda vafot etgan) kalom ilmining aql maqomiga alohida e`tibor qaratgan Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. Mu`taziliylar (ajralib chiqqanlar) yakka xudolikning adolatli ekanini, Quronning tangri tomonidan yaratilganligini, iroda erkinligini yoqlab chiqqan. Uning asoschisi Vosil ibn Atodir (yoo-uri yillar). Uning oxirgi vakillaridan biri Zamahshariydir.
Kalom islom ilohiyotining o`ziga xos falsafiy ta`limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishga uringan. U Qur`onga tayanib, jannat va do`zaxning azaliy ekanligini, insonda iroda erkinligining yo`qligini, lekin insonning Olloh oldida o`z qilmishlari uchun mas`ul ekanligini asoslab berishga harakat qilgan. Bunday ma`naviy jarayonlar bilan yonma-yon islomda mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu falsafasi va tabiatni o`rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari shakllana borgan. Bu islomiy ma`naviyatning dunyoviy va diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro`y berayotgan jarayonlarga nisbatan tashabbuskor bir kuch ekanini ko`rsatib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |