Islom dini va o'zbekona tarbiya



Download 167,5 Kb.
bet2/2
Sana24.11.2022
Hajmi167,5 Kb.
#871592
1   2
Bog'liq
islom dini va o\'zbekona tarbiya

Birinchi bosqich-Shariat. Diniy marosim va shariat aqidalari (taqvolar)ni aynan, izchil bajarish. Chunki shariat - qonun bolib, bu qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi.
Ikkinchi bosqich -Tariqat. Nafsni tiyish, xushnudlik, xilvat, ma`­naviy muhabbatni takomillashtirib, xudo to`g`risida o`ylash, ya`ni o`zdan kechish, ko`ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi faoliyat shakli.
Uchinchi bosqich - Ma`rifat. Hamma narsa, butun borliqning asosi xudo ekanini, o`zlikning mohiyati xudoning mohiyati bilan uyg`un ekan-ligini bilish va anglash. Mazkur holatda odam uchun kibru havo, man-manlik hamda shon-shuhrat be`mani bo`lib ko`rinadi. Shunda u orif, ya`ni bihmli va xudoni tanigan inson bo`ladi.
To`rtinchi bosqich - Haqiqat. Mazkur bosqichda so`fiy xudoning dargohiga etishadi, vasliga vosil bo`ladi, u bilan birlashadi, vahdat (ta-vahhud) tashkil etadi va shu asosda inson foniy, ya`ni «anal-haq» bo`la oladi.
Bu oqim tarafdorlaridan birinchi so`fiy eronlik Abu Yazdit Tayfur al-Bistomiydir (875 -yili vafot etgan). So`fiy Husayn ibn Mansur Halloj esa o`zining xudo bilan «qo`shilganini» isbotlash uchun «Anal-Haq» («Men haqman», «Men xudoman») deb da`vo qiladi hamda o`z ta`limotini ilgari suradi. U Qur`onning muqaddasligi va Muhammad alayhis-salomning payg`ambar ekanligini inkor etishga uringanlikd`a ayblanib, xurofotchilar tomonidan qatl etiladi. Zero, ushbu ta`limot saroy ahli va jaholat bilan yaqinlashgan ba`zi kalom va falsafa ilmi ulamolariga yoqmadi, oqibatda qalbni oliy haqiqatga erishish yo`lida poklash maqsadini ilgari surgan ezgu ta`limot bid`at deya baholandi.
So`fiylikning ikkinchi oqimiga mansub bo`lgan so`fiylar birinchi oqim namoyandalari tomonidan ilgari surilgan qarashlarni qabul qilganlar, biroq mazkur qarashlarni islom ta`limotida targ`ib etilgan tartib-qoidalarga moslashtirganlar. Bu oqimning eng mashhur nazariyotchisi Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G`azzoliy (1058-1111 -yillar) hamda Ahmad Yassaviy sanaladilar.
Imom G`azzohy so`fiyhk ta`hmotining asoschilaridan bin bolib, «Hujjat-ul-islom» laqabini olgan. Alloma to`g`risida so`z yuritilganda, hatto «Qur`on yo`qolib qolsa, uni G`azzohyning asarlari bo`yicha tiklash mumkin» degan fikrlarni bildirganlar. Imom G`azzoliy tomonidan yaratilgan «Tahofut al-falosifa» («Faylasuflarni rad etish»), «Kimyoi saodat» («Saodat kimyosi»), «Ixya ulum ad-din» («Diniy ilmlarni tiriltirish») kabi islom ilohiyoti sistemasining shakllanishiga zamin hozirlagan asarlar alloma faoliyati-ga nisbatan shunday yuksak baho berilishiga sabab bo`lgan.
Imom G`azzoliy inson kamolga etishi, ya`ni xudo vasliga etishi uchun ma`lum shartlarni bajarib, muayyan yo`lni bosib o`tishi kerak, deydi. Har bir so`fiy islom talablari- qonun-qoidalari, aqidalari hamda Qur`onni haqiqat deb bihb, unga tobe bolishi va ularga so`zsiz amal qilishi yuqorida qayd etilgan yo`lning bosib o`tish shartlaridir, deya uqtiradi.
Alloma so`fiylik nazariyasining mohiyati xususida so`z yuritib, ular haqiqatni mantiqiy mulohazalar asosida emas, balki ichki kechinmalar vositasida bevosita hissiy tarzda anglaydi, deb ko`rsatadi. So`fiylarning ichki holatini nazariy bilimlarni egallash, suhbatlar tashkil etish, manbalarni o`qish orqali emas, balki ularning turmush tarzini qabul qilish orqaligina anglash mumkin. Mazkur yo`l ko`ngilni his bilan yaratilgan ma`lumotlardan ozod etadi va ana shunda ma`rifat manbai paydo bo`ladi, dunyo ravshan bo`ladi. O`rganish yo`li bilan emas, balki o`zdan chekinish, ma`naviy vujudning qaytadan yaralishi tufayligina oxirgi chegaraga erishish mumkinligi alloma qarashlarining asoslari si-fatida namoyon bo`ladi.
So`fiylikning uchinchi oqimi Naqshbandiya ta`limotining yaratilishi bilan bog`liqdir. Mazkur oqim XIII asrning oxirlarida shakllana bordi. XIV-XV asrlarda esa Markaziy Osiyoda ustuvor mavqega ega bo`lgan ta`limotga aylandi. Naqshbandiya tariqati rivojlangunga qadar, Marka­ziy Osiyoda Ahmad Yassaviy tomonidan asos solingan yassaviya tariqati hukmron ta`limot edi.
Download 167,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish