Islom dini tarafdorlari jahon aholisining 20 % ga yaqin qismini tashkil etadi. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziyada (165 mln.), Pokiston (125 mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), Eronda (63 mln.), Turkiya (61 mln.), arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.), Nigeriyada (43 mln.) mavjuddir. Darvoqe, arablar barcha musulmonlarning 20 % ni tashkil etadilar. - Islom dini tarafdorlari jahon aholisining 20 % ga yaqin qismini tashkil etadi. Eng katta musulmon jamoalari Indoneziyada (165 mln.), Pokiston (125 mln.), Bangladesh (120 mln.), Hindiston (93 mln.), Eronda (63 mln.), Turkiya (61 mln.), arab mamlakatlaridan eng yirigi Misrda (48 mln.), Nigeriyada (43 mln.) mavjuddir. Darvoqe, arablar barcha musulmonlarning 20 % ni tashkil etadilar.
Paydo bo’lishi va ta’limoti - Johiliya» so’zi adabiy arab tilida «bilmaslik», ya’ni «yagona xudo – Allohni tanimaslik» ma’nolarini beradi. Bu istiloh musulmon mualliflari tomonidan Arabiston yarim orolining islomdan oldingi davr tarixiga nisbatan ishlatila boshlandi. Bu bilan yangi davr tarixchilari qadimgi davrda Ichki Arabiston aholisi orasida «ko’pxudolik» (al-Vasaniya) hukm surardi, degan fikrga urg’u berishni istaydilar. Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar. Biroq ushbu davrning qancha muddat davom etganligini aniqlash birlamchi manbalar, birinchi navbatda, yozma adabiyotning ozligi, ba’zida butkul yo’qligi tufayli juda mushkul.
Muhammad payg’ambar hayoti. - Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-Muttalib Makka va uning atrofi tarixida «Fil voqeasi» nomi bilan mashhur bo’lgan jangdan 50 kun keyin tavallud topdi. Misrlik munajjim Mahmud poshoning aniqlashicha, Payg’ambarning tavallud topishlari milodiy sananing 571 yil 21 aprelь kuniga to’g’ri keladi. Otasi Abdulloh Qurayshning Banu Hoshim, onasi Omina bint Vahb – Banu Zuhra urug’idan edilar.
Vahy nozil bo’lishining boshlanishi. - Muhammad payg’ambar 40 yoshga yetganida ko’proq yolg’izlikni qo’msaydigan bo’lib qoldi. Shunday paytlarda Makkadan 3 mil uzoqdagi Hiro tog’ida joylashgan g’orga chiqib ketar, yerlik aholi odaticha ramazon oyini u yerda ibodat bilan o’tkazardi. G’amlagan ozuqalari tugagach, Xadicha oldiga qaytib, bir oz vaqtdan so’ng yana o’sha g’orga ketar edi. U yerda o’zini sukunatga berib, chuqur o’yga tolar, g’oyibdan quloqlariga «Sen Allohning elchisisan» degan tovushlar eshitilar edi. Ko’p tush ko’rar, tushida ko’rgan narsalari o’ngida to’g’ri chiqar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |