1.1.Arab xalifaligining tashkil topishi
Islom dini nasorolik va buddiy din bilan bir qatorda dunyoda eng ko‘p tarqalgan dinlardan biridir. Hozir yer yuzida musulmonlar, bir milliard 400 million kishidan iborat. Nasorolar esa ikki milliard 200 mln. Demak, Islom dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan yirik dindir. Jahonning 172 mamlakatida musulmonlar bor. Xorijiy Osiyo mamlakatlarida 510 mln. musulmon bo‘lib, bu yer yuzidagi musulmonlarning 67,7 foizini tashkil etadi. Shulardan 26,8 foizi G‘arbiy Osiyoda, 46,3 foizi Janubiy Osiyo, 27,2 foizi Janubiy-G‘arbiy Osiyoda, 2,7 foizi Sharqiy Osiyoda yashaydi. Musulmonlarning eng ko‘pi Indoneziya, Hindiston, Pokiston va Bangladeshda yashaydi. Musulmonlar Ovro‘po davlatlari, Amerika qit‘asida, Yaponiyada, Avstraliya va Fiji orollarida ham yashaydi. Dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida Islom davlat dini deb qabul qilingan. Islom so‘zi arabcha «Allohga o‘zini taslim qilish, topshirish, itoat etish, bo‘ysunish, hamda «Islom dini» ma‘nolarini bildiradi. Shuning uchun bu dinga ishonuvchilarni arabchada «muslim» (ko‘pligi- «muslimun»), eronliklarda- «musalmon», o‘zbeklarda - «musulmon», qirg‘iz va qozoqlarda - «musurmon» kabi nomlar bilan atalib kelmoqsa. Kishi: «Lo iloha illallohu Muhammad urrasululloh» («Allohdan boshqa ma‘bud yo‘q, Muhammad uning payg‘ambaridir») iborasini aytgandagini musulmon sanaladi.
Islom faqat diniy ta‘limot emas, u ma‘lum hayot tarzi, hayotiy qonun-qoida na faqat musulmonlar, balki dinga befarq qaraydigan kishilar hayotiga ham singib ketgan diniy urf-odatlar majmuasidir. Odamlar ular haqiqatan Islom qonunqoidalariga to‘la rioya qilganlari uchun musulmon deb atalmaydi, balki ular Islom tarqalgan davlatlarda tug‘ilib o‘sganlari, o‘sha mamlakatlarning madaniy va tarixiy o‘tmishi Islom bilan bog‘langanligi, oilaviy va ijtimoiy hayotda yuz berayotgan ko‘plab voqealar Islom diniy qonun-qoidalari asosida olib borilishi tufayli musulmon deb ataladi.
Shunday buyuk dinning asosiy xalqi qoloq, badaviy, butparast bo‘lgan Markaziy va Shimoliy Arabistonda vujudga kelishi har bir musulmon, hatto, musulmon bo‘lmagan kishi uchun ham aql bovar qilmaydigan bir mo‘jizadir. Janubiy Arabistondagi Yaman davlati dengiz va quruqlikdagi savdo-sotiq ishlarida rivojlangan, Qizil dengiz va Hind okeani bo‘ylab o‘tadigan kemalar to‘xtaydigan, Suriya va Misrdan karvon yo‘llari kelib taqaladigan markaz, suv inshootlari rivojlangan, yakkahokimlik hukm surgan mamlakat edi. Shunga qaramasdan, Islom Janubiy Arabistonda emas, Markaziy, G‘arbiy va Shimoliy Arabistonda vujudga keldi. Ko‘chmanchi arablar sahrolarda chodir qurib, shaharliklar faqat savdo-sotiq va haj qiluvchilardan tushgan daromad bilan yashaganlar. Yarimorolning o‘troq xalkdari orasida qabilachilik tuzumi saqlanib qolgan edi. Qabilalar mustaqil bo‘lib, ba‘zan qo‘shilib ittifoq bo‘lishar, ba‘zan tezda ajralib ketishardi.
«Arab» so‘zini «sahroyi» yoki «ko‘chmanchi» deb tushunish mumkin. Tuyakash-badaviy (sahrolik) arablar turmush tarzi juda ibtidoiy bo‘lib, ular Arab yarim-orolida taxminan eramizdan oldingi XI asrda paydo bo‘lganlar, shuning uchun bu yer Arab yarimoroli deyiladi Sahrodan faqat tuya orqali o‘tish mumkin bo‘lgan. U 250—300 kg qadar yukni ko‘tarish qobiliyatiga ega, bir kunda 160 kmga qadar yo‘l bosa olgan, bu 57° gacha bo‘lgan issiqqa besh kungacha suvsiz yurishi mumkin bo‘lgan hayvondir. Tuyakashlik nihoyatda rivojlangan bo‘lsa ham, tuya harbiy ishlarda qo‘llanilmagan edi. O‘n olti asr davomida mahalliy badaviylar yarimorolda o‘zlarining hech qanday yirik davlatlarini tuzmadilar. Yarimorol chegarasida paydo bo‘lgan Nabatiylar davlati (106 y. Rim imperiyasiga qo‘shib olingan), Palmira shaqar-davlati (uning gullagan davri 260 yil bo‘lgan, 270—273 yillari Avrelian tomonidan vayron qilingan) badaviylar tomonidan asoslanmagan. IV—V asrlarda rumlar (vizantiyaliklar), eronliklar va yamanliklar asos solgan yana uchta davlat bo‘lgan: 1) g‘assoniylar, III asrda Janubiy Yamanda tashkil topib Huron, Iordaniyaning sharqi, Finikiya, Livan va Falastinni o‘z ichiga olgan, poytaxti Hira shaqri bo‘lgan, rumliklarga xizmat qilgan; 2) laxmiylar (602 yilgacha) ichki Arabistonda vujudga kelgan; 3) kindiylar davlati, poytaxti Hazramavt shahri bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |