Islom banklarining xizmatlari, hisob-kitob va ichki operatsiyalari



Download 16,67 Kb.
Sana17.06.2021
Hajmi16,67 Kb.
#68667
Bog'liq
Islom banklarining xizmatlari


Islom banklarining xizmatlari, hisob-kitob va ichki operatsiyalari

Bank faoliyati ishtirokchisi bo‘lgan islomiy bank keng miqyosdagi foydalanuvchilar ehtiyojini qondiruvchi xizmatlarni taqdim etishi zarur. Foydalanuvchilarni uch asosiy guruh shaklida ko‘rib chiqish mumkin: xususiy shaxslar, tijorat tashkilotlari va davlat tashkilotlari.

Quyida islomiy banklar tomonidan taqdim etiladigan depozit xizmatlari o‘rtasidagi ayrim farq va o‘xshashliklar keltirib o‘tilgan:


  1. faqat ikki xil omonat turi – maxsus joriy hisob varaq va ishtirok etish hisob varag‘ini taqdim etuvchi Turkiyadan tashqari boshqa mamlakatlar islomiy banklari uch turdagi omonatlarni taqdim etadi: joriy, jamg‘arma va investitsion hisob varaqlar;

  2. islomiy banklar orasida jamg‘arma hisob varag‘iga xizmat ko‘rsatishda ayrim tafovutlar bor. Eron, Pokiston, BAA islomiy banklari jamg‘arma hisob varag‘ini alohida xizmat sifatida ko‘rib chiqadi. Boshqa tomondan, Bangladesh, Quvayt, Iordaniya va Bahrayn jamg‘arma hisob varag‘ini investitsion hisob varaq doirasidagi xizmat sifatida ko‘rib chiqadi. Malayziya va Indoneziya ikki shakldagi jamg‘arma hisob varaqlarini – vadia va muzoraba tamoyilidan foydalanadigan hisob varaqlarni taklif etadi;

  3. umuman, investitsion hisob varaqlar uch toifaga ajratilishi mumkin. Birinchi toifaga muddatga asoslangan omonatlar mansub bo‘lib, masalan, omonatni saqlash muddati uch oy, olti oy, to‘qqiz oy va h.k. Ikkinchi toifa xabarga asoslangan omonatlar bo‘lib, mablag‘lar echib olinishidan avval mijoz tomonidan xabar yuborilishi shart bo‘ladi. Uchinchisi – aniq loyiha va maqsadlar uchun omonatlardir. Xabar yuborishga asoslangan investitsion omonatlar Bangladesh, Iordaniya va Bahraynda yo‘lga qo‘yilgan. Aniq investitsiyalarga mo‘ljallangan hisob varaqlar Eron, Quvayt, Pokiston va Turkiyadan tashqari aksariyat mamlakatlarda joriy etilgan.

  4. ba’zan bir mamlakat ichidagi, masalan, Bahraynda islomiy banklar tomonidan taklif etilayotgan shariat tamo­yillari va depozit xizmatlar shakllari farq qilishi mumkin. Shamil Benk of Baxreyn omonatning ikki turini – talab qilib olinadigan va investitsiya omonati yoki investitsiya hisob varag‘ini taklif etadi. Talab qilib olinadigan omonat ikki shaklda  – joriy va jamg‘arma hisob varaq shaklida bo‘ladi. Bu ikkala hisob varaq o‘z egasiga hech qanday daromad keltirmaydi, shuning uchun omonatchilar mablag‘larini xohlagan vaqtlarida echib olishlari mumkin. Joriy hisob varaq egalariga chek daftarchalari, jamg‘arma hisob varaq egalariga esa jamg‘arma daftarchalari beriladi.

Akkreditivlar qoidaga ko‘ra chetdan tovar import qilishni xohlovchi mijozlarga beriladi va akkreditivlarning aksariyati muzoraba tamoyilidan foydalanadi. Muzoraba akkreditivlarida bank vositachi sifatida qatnashadi va mijozga zarur tovarni import qiladi. Shundan so‘ng tovarni mijozga qayta sotadi.

Vakolat akkreditivi qo‘llangan vaqtda bank tovarni sotib olish bo‘yicha bitimlarda agent yoki o‘z mijozi nomidan vakil sifatida qatnashadi hamda bank ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni oladi.

Mushoraka akkreditivi ko‘ra tovarlar oldi-sotdi bitimida bank sherik sifatida ishtirok etadi. Tovarlar importiga muvofiq keluvchi barcha boshqaruv hujjatlariga qo‘shimcha tarzda bank, shuningdek, tovarlar sotib olishni moliyalashtirish uchun mablag‘ning ma’lum bir qismini ham taqdim etadi.

Murobaha akkreditiviga ko‘ra islomiy bank tadbirkor sifatida ishtirok etadi. Bank, avvalo, ishlab chiqaruvchidan tovarni sotib oladi, shundan so‘ng uni mijozga yuqoriroq bahoda qayta sotadi.

Kafolat xatlari berish yig‘im, komissiya va belgilangan to‘lov tamoyillariga asoslangan. Benk Islam Maleyja kafolat (ta’minlangan qarz) tamoyiliga asoslangan kafolat xatlarini chiqaradi.

Tavarruq – mulk oldi-sotdisini moliyalashtirishda

uchinchi shaxsni jalb qilish tamoyilidan

foydalanadi.

Bay al-istijror - Pokistonda ishlatiladigan oldi

sotdi tamoyili bo‘lib, o‘zida ko‘p martalab mahsulot



yetkazib berishni ifoda etadi.

Sarf –valyuta oldi-sotdisi shartnomasidir.
Download 16,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish