Islom banklarining xizmatlari, hisob-kitob va ichki operatsiyalari
Bank faoliyati ishtirokchisi bo‘lgan islomiy bank keng miqyosdagi foydalanuvchilar ehtiyojini qondiruvchi xizmatlarni taqdim etishi zarur. Foydalanuvchilarni uch asosiy guruh shaklida ko‘rib chiqish mumkin: xususiy shaxslar, tijorat tashkilotlari va davlat tashkilotlari.
Quyida islomiy banklar tomonidan taqdim etiladigan depozit xizmatlari o‘rtasidagi ayrim farq va o‘xshashliklar keltirib o‘tilgan:
faqat ikki xil omonat turi – maxsus joriy hisob varaq va ishtirok etish hisob varag‘ini taqdim etuvchi Turkiyadan tashqari boshqa mamlakatlar islomiy banklari uch turdagi omonatlarni taqdim etadi: joriy, jamg‘arma va investitsion hisob varaqlar;
islomiy banklar orasida jamg‘arma hisob varag‘iga xizmat ko‘rsatishda ayrim tafovutlar bor. Eron, Pokiston, BAA islomiy banklari jamg‘arma hisob varag‘ini alohida xizmat sifatida ko‘rib chiqadi. Boshqa tomondan, Bangladesh, Quvayt, Iordaniya va Bahrayn jamg‘arma hisob varag‘ini investitsion hisob varaq doirasidagi xizmat sifatida ko‘rib chiqadi. Malayziya va Indoneziya ikki shakldagi jamg‘arma hisob varaqlarini – vadia va muzoraba tamoyilidan foydalanadigan hisob varaqlarni taklif etadi;
umuman, investitsion hisob varaqlar uch toifaga ajratilishi mumkin. Birinchi toifaga muddatga asoslangan omonatlar mansub bo‘lib, masalan, omonatni saqlash muddati uch oy, olti oy, to‘qqiz oy va h.k. Ikkinchi toifa xabarga asoslangan omonatlar bo‘lib, mablag‘lar echib olinishidan avval mijoz tomonidan xabar yuborilishi shart bo‘ladi. Uchinchisi – aniq loyiha va maqsadlar uchun omonatlardir. Xabar yuborishga asoslangan investitsion omonatlar Bangladesh, Iordaniya va Bahraynda yo‘lga qo‘yilgan. Aniq investitsiyalarga mo‘ljallangan hisob varaqlar Eron, Quvayt, Pokiston va Turkiyadan tashqari aksariyat mamlakatlarda joriy etilgan.
ba’zan bir mamlakat ichidagi, masalan, Bahraynda islomiy banklar tomonidan taklif etilayotgan shariat tamoyillari va depozit xizmatlar shakllari farq qilishi mumkin. Shamil Benk of Baxreyn omonatning ikki turini – talab qilib olinadigan va investitsiya omonati yoki investitsiya hisob varag‘ini taklif etadi. Talab qilib olinadigan omonat ikki shaklda – joriy va jamg‘arma hisob varaq shaklida bo‘ladi. Bu ikkala hisob varaq o‘z egasiga hech qanday daromad keltirmaydi, shuning uchun omonatchilar mablag‘larini xohlagan vaqtlarida echib olishlari mumkin. Joriy hisob varaq egalariga chek daftarchalari, jamg‘arma hisob varaq egalariga esa jamg‘arma daftarchalari beriladi.
Akkreditivlar qoidaga ko‘ra chetdan tovar import qilishni xohlovchi mijozlarga beriladi va akkreditivlarning aksariyati muzoraba tamoyilidan foydalanadi. Muzoraba akkreditivlarida bank vositachi sifatida qatnashadi va mijozga zarur tovarni import qiladi. Shundan so‘ng tovarni mijozga qayta sotadi.
Vakolat akkreditivi qo‘llangan vaqtda bank tovarni sotib olish bo‘yicha bitimlarda agent yoki o‘z mijozi nomidan vakil sifatida qatnashadi hamda bank ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni oladi.
Mushoraka akkreditivi ko‘ra tovarlar oldi-sotdi bitimida bank sherik sifatida ishtirok etadi. Tovarlar importiga muvofiq keluvchi barcha boshqaruv hujjatlariga qo‘shimcha tarzda bank, shuningdek, tovarlar sotib olishni moliyalashtirish uchun mablag‘ning ma’lum bir qismini ham taqdim etadi.
Murobaha akkreditiviga ko‘ra islomiy bank tadbirkor sifatida ishtirok etadi. Bank, avvalo, ishlab chiqaruvchidan tovarni sotib oladi, shundan so‘ng uni mijozga yuqoriroq bahoda qayta sotadi.
Kafolat xatlari berish yig‘im, komissiya va belgilangan to‘lov tamoyillariga asoslangan. Benk Islam Maleyja kafolat (ta’minlangan qarz) tamoyiliga asoslangan kafolat xatlarini chiqaradi.
Tavarruq – mulk oldi-sotdisini moliyalashtirishda
uchinchi shaxsni jalb qilish tamoyilidan
foydalanadi.
Bay al-istijror - Pokistonda ishlatiladigan oldi
sotdi tamoyili bo‘lib, o‘zida ko‘p martalab mahsulot
yetkazib berishni ifoda etadi.
Sarf –valyuta oldi-sotdisi shartnomasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |