suhuf»
-
sahifalar
deb nomlandi. Abu Bakr olamdan
o’tgandan keyin sahifalar Umar ibn al-Xattob uyiga, u olamdan o’tgandan so’ng,
uning qizi - Payg’ambar alayhis-salom ayollari Hafsada qoldi.
Vaqt o’tishi bilan ko’plab xalqlar musulmonlikni qabul qilishi natijasida
musulmonlarning soni ko’paya bordi. Turli tillar va shevalar o’rtasida mavjud
farqlarga ko’ra Qur`onni qanday o’qish kerakligi borasida ixtiloflar chiqa boshladi.
Bu holatni ko’rgan o’sha vaqtda xalifalik qilgan Usmon ibn Affon (644-656) Hafsa
binti Umardan Abu Bakr va Umar davridagi
suhuf
larni so’rab olib undаn nusxa
ko’chirishga buyruq beradi.
Xalifa Usmon ibn Affon topshirig’iga binoan Zayd ibn Sobit barcha Qur`on suralarini
yig’ib, taqqoslab chiqib qaytadan Qur`on matnini jamlagan. Qur`onning birinchi rasmiy
nusxasi 651 yil taqdim etildi. U asl nusxa hisoblanib yana uchta, ba`zi manbalarga ko’ra
ettita nusxa ko’chirtirilib, yirik shaharlardan - Basra, Damashq, Kufaga jo’natiladi.
«Imon» deb nomlangan asl nusxa esa Madinada, xalifa Usmon huzurida qoldi.
Ko’chirilgan nusxalar «Mushafi Usmon» deb ataldi.
Nusxalar tayyor bo’lgandan so’ng musulmonlar yashaydigan diyorlardagi
markaziy shaharlarga bittadan nusxaga bitta qori qo’shib jo’natdilar va hammaga
faqat Qur`onning shu nusxasidan ko’chirishga buyruq beradi.
Mazkur Qur`on 5553 varaqdan iborat bo’lib, varaqlar o’lchami 68x53 sm., matn
hajmi 50x44 sm.dir. Sahifalar kiyik terisidan ishlangan bo’lib, har biriga 12 qatordan
chiroyli
kufiy
xatida yozuv bitilgan. Ko’p varaqlari yo’qolgan va keyinchalik qog’oz
sahifalar bilan to’latilgan.
Tataristonlik islom olimi Shihobuddin al-Marjoniyning (1818-1889) aytishicha,
Qur`onni qayta tiklash Samarqandda joylashgan «Mug’ak masjidi» imomi
Abdurrahim ibn Usmon (vaf. 1838 y.) tarafidan bajarilgan.
Arab tarixchilarining xabar berishlaricha, xalifa Usmon Qur`onni mutoala qilib
o’tirganlarida o’ldirilgan. U kishining qoni Qur`onga to’kilgan. Shu tufayli ham
Usmon Qur`oni asl nusxaligi va xalifa qoni to’kilganligi bilan musulmon dunyosida
muqaddas kitob hisoblanib, alohida e`tiborga sazovordir. Bizdagi, ya`ni Toshkent
shahridagi Usmon Qur`onida ham qon izlari bo’lib, shu nusxa xalifa Usmonga
tegishli degan fikrlar mavjud.
Usmon Qur`oni ruslar O’rta Osiyoni bosib olguncha Samarqandda, Xo’ja Axror
madrasasida saqlanar edi. Qur`onning Samarqandga keltirilishi haqida ham xalq
o’rtasida har xil rivoyatlar mavjud. Ulardan birida muqaddas kitobni Abu Bakr al-
Qaffol ash-Shoshiy (976 yili vafot etgan, Toshkentda dafn qilingan) Bag’doddan olib
kelgan deb hikoya qilinadi. Avlodlar osha Abu Bakr Qaffol Shoshiy merosxo’rlaridan
Xo’ja Ahror qo’liga o’tgan va u kitobni o’zi qurdirgan madrasaga qo’ydirgan.
Ikkinchi bir rivoyatda esa Xo’ja Ahror muridlaridan biri Makkadan haj qilib
qaytayotganida Istambulga kiradi va borib Sultonni og’ir hastalikdan davolaydi.
Sulton minnatdorchilik bildirib, unga Qur`onni tortiq qiladi.
Bizning va arabshunos olimlarning fikricha bu Qur`on sohibqiron Temur tomonidan
Basradan ko’plab qo’lyozma kitoblar va boshqa o’ljalar bilan birga Samarqandga
keltirilgan va mashhur Temur kutubxonasiga qo’ydirilgan. Temuriylar davridagi o’zaro
kelishmovchiliklarda Temur kutubxonasi yondirilib yuborilgan. Tasodifan shu nusxa
omon qolgan.
Qur`onni chuqur ilmiy taftish etgan Sankt-Peterburglik sharqshunos olim
A.V.Shebunin fikricha, Qur`on Basradan Sohibqiron Temur tomonidan Samarqandga
keltirilgan. chunki, Shebunin Parij, Berlin va Makkadagi boshqa nusxalariga
solishtirib, bizdagi Qur`onning Basra nusxasi ekanligini isbotlab berdi. 400 yil
davomida bu muqaddas kitob Samarqandda saqlanadi.
Ming afsuslar bo’lsinkim, 1868 yilda rus askarlarining Samarqandga bostirib
kirishi bilan xalqimizning moddiy, ma`naviy boyliklariga tajovuz boshlandi.
Albatta bu tajovuzdan muqaddas hisoblangan qabr toshlari, maqbara ichidagi
yodgorliklar ham, musulmonlarning shoxona mulki Usmon Mushafi ham chetda
qolmadi. Musulmonlar Qur`onini tezlikda bekitib Buxoroga jo’natmoqchi bo’ladilar.
Biroq bu xabar Zarafshon o’lkasining boshlig’i general Abramov qulog’iga etib, «fan
uchun bunday nodir, bebaho, qadimiy yodgorlikni qo’ldan chiqarmaslik uchun
hamma chora ko’rilsin» deb polkovnik Serovga buyruq beradi. Serov Qur`onni
general Abramovga keltiradi. Abramov esa uni zudlik bilan Turkiston general-
gubernatori K.N.Kaufmanga etkazadi. U o’z navbatida zudlik bilan 1869 yil 24
oktyabrda Peterburgga - Imperator kutubxonasiga alohida kuzatuvchilar bilan
yuboradi.
Rus ishbilarmonlari qulay fursatdan foydalanib Qur`on tufayli boylik orttirish
yo’liga o’tdilar. Masalan: 1895 yili 2000 nusxada Qur`onning bir varag’i chop etildi.
1905 yili esa Ilyos ibn Ahmad Shoh «¨sin» surasining fotonusxasini chiqardi. Shu yili
S.Pisarev Qur`onni faksimilda 50 nusxa chop etib, 25 nusxasini sotishga chiqardi.
Har bir nusxasiga 500 so’m baho qo’yildi. U Qur`onni asl nusxasiga o’xshatish uchun
xajmini ham eskicha qoldirdi. Hozir faksimil nusxadan jumhuriyatimizda ikkita
bo’lib, biri O’zbеkistоn musulmonlari diniy idоrаsininu аsоsiy kutubxonasida,
ikkinchisi - Теmuriylаr tarixi muzeyida saqlanadi.
Oktyabr to’ntarishidan so’ng Butunrossiya musulmonlar jamiyati nomidan Usmon
To’qumboev RSFSR Xalq Komissarlari Sovetiga murojaat qilib, muqaddas Usmon
Qur`oni o’z egalariga, ya`ni musulmonlarning O’lka s`ezdiga topshirilishini talab
qiladi. RSFSR XKS tomonidan musulmonlarning talabi qondirilib, Qur`on ular
ixtiyoriga beriladi. 1917 yil 29 dekabr kuni Peterburgdagi podsho kutubxonasining
«nodir qo’lyozmalar» bo’limidan olinib, Butunrossiya musulmonlar jamiyati raisi
U.To’qumboev javobgarligi ostida Ufa shahriga jo’natiladi. Qur`on 1923 yilgacha
Ufada saqlanadi.
1923 yil 23 iyulda Butunittifoq Markaziy Ijroqo’mi Usmon Qur`onini Turkistonga
qaytarishga qaror qiladi. Muqaddas yodgorlikni Ufadan Toshkentga maxsus
komissiya kuzatuvida olib kelinadi. 1923 yil 18 avgustda Toshkentdan Sirdaryo diniy
idorasiga qarashli Xo’ja Ahror jome` masjidiga topshiriladi.
Muqaddas yodgorlikni o’z eliga keltirish uchun Ufa shahriga maxsus komissiya
yuborildi. Komissiya tarkibida Sultonxo’ja Qosimxo’jaev, sharqshunos olim,
professor A.Z.Shmitd va din peshvolaridan 3 vakil bor edi. Komissiya maxsus
vagonda, аskаrlar qurshovida, Qur`onni eson-omon Toshkentga keltirdilar. Shundan
keyin Qur`on 1923 yil 18 avgustda Sirdaryo diniy idorasiga qarashli Xo’ja Ahror
jоmе masjidiga topshiriladi. Lekin ko’p o’tmay Qur`onni eski shahar muzeyiga
keltiradilar va u maxsus po’lat sandiqda saqlana boshlanadi. Eski shahar muzeyi
Birinchi o’zbek muzeyiga aylantirildi. Muzey 1926 yilning 1 yanvaridan ochildi.
1926 yilning faqat bir oyi ichida muzeyni 4000dаn оrtiq kishi kelib ko’rgan.
Qur`onga Sharqning juda ko’plab olimlari tomonidan turli tafsir(sharh, izoh)lar
yozilgan. Qur`on XII asrdan boshlab Evropa xalqlari tillariga, jumladan, lotin tiliga
tarjima qilina boshlagan. XVIII asr boshlarida Evropa xalqlari tillaridan, XIX asr
o’rtalarida arabcha asl nusxasidan rus tiliga tarjima qilingan. G.S.Sablukovning
arabchadan dastlabki tarjimasi Qozonda 3 marta (1878, 1894, 1907) nashr qilingan.
Akademik I.Þ.Krachkovskiy tomonidan amalga oshirilgan Qur`onning ilmiy izohlari
bilan rus tilidagi adekvat (so’zma-so’z) tarjimasi mashhurdir. Bu tarjima uning
vafotidan keyin 1962 va 1986 yillarda nashr etilgan.
Mamlakatimiz mustaqil bo’lganidan so’ng o’zbek tiliga davlat maqomi berildi.
Davlat ish qog’ozlari, ko’plab darslik va qo’llanmalar o’zbek tilida yozila boshlandi.
Shu qatori Qur`oni Karimni ham o’zbek tiliga tarjima qilishga kirishildi. 1992
yilda Qur`on o’zbek tiliga Аlоuddin Маnsur tаrаfidаn tarjima qilindi va «Cho’lpon»
nashriyotida ko’p nusxada chop etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |