Islom aqidasi



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/17
Sana24.01.2022
Hajmi1,7 Mb.
#408010
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
ISLOM

Ahmad ibn Hanbal.

 Keyinchalik «as-Salafiyyun»lar oqimi tarafdori bo’lib ahl 

as-sunnaning  to’rtinchi  imomi  deb  e`tirof  etiladigan  Imom  Ahmad  ibn  Hanbal 

(164-241/781-855)  o’z  faoliyatini  olib  bordi.  U 



Hаnbаliy

  mаzhаbininu 

аsоschisidir. Imom Аhmаd ibn Hanbal «al-Musnad» asarining muallifidir. 

Buyuk mujtahidlar davrida yuqorida zikr etilgan mujtahidlar nomi bilan bog’liq 

asosiy sunniy huquqiy mazhablar paydo bo’ldi va o’z ta`limotini shakllantirdi.  

Taqlid davri. 

X-XII asrlarga kelib fiqh ilmi o’zining rivojlanish tarixida keyingi 

bosqich,  ya`ni  «taqlid  davri»ga  o’tdi.  Bu  davr  fiqh  ilmi  avvalgi  davrlar  an`anasi 

ta`siri  ostida  rivojlanib,  yuksak  bir  maqomga  erishgan  vaqtga  to’g’ri  keladi. 

Þqoridagi  davrlardan  ma`lum  bo’lgani  kabi,  buyuk  mujtahidlar  vujudga  keldilar, 

ularning  tarafdorlari  paydo  bo’ldilar.  Turli  mazmundagi  asarlar  yozildi  va  sharh 

etildi.  Bu  davr  faqihlarida  taqlid  ruhi  kuchli  edi.  Ularda  asosan  o’zlaridan  oldingi 

mujtahidlarning  fikrlarini  «shar`iy  nass»  (shar`iy  hujjat)  sifati  qabul  etar  edilar. 

Shunday  bo’lsada  bu  davr  faqihlari  orasida  o’zlarining  ilmiy-amaliy  faoliyatlari 

natijasida  mislsiz  bebaho  asarlarlar  yaratgan  allomalar  etishib  chiqdi.  Ularning  bu 

asarlari uzoq davr mobaynida muhim manba bo’lib xizmat qilish bilan birga, hozirgi 

kunda ham o’z mavqeini va qadr-qimmatini yo’qotgani yo’q. 

VIII  asrning  oxiri  -  IX  asrning  boshlarida  Movarounnahrda  (hozirgi  O’rta 

Osiyoning aksariyat qismi) islomdagi ahl as-sunnaning Hanafiyya mazhabi tarqala 

boshladi.  Buxoro  va  Samarqand  shaharlarida  shu  mazhab  ta`limoti  asosida 

Movarounnahr fiqh maktabi tarkib topdi. Movarounnahrlik faqihlar teran bilimlari, 

qimmatli  asarlari  bilan  islom  dunyosida  katta  shuhrat  qozondilar.  Faqihlarning 

davlat hukmron doiralari, xalq ommasiga ta`siri juda kuchli edi. Diniy va ijtimoiy 

hayotda  uchraydigan  barcha  muammoli  masalalar  faqihlar  orqali  echilgan.  Fiqh 

shaxs,  oila  va  jamiyat  hayoti  turli  shahobchalari  masalalarini  qamrab  olganligi 

tufayli  Movarounnahr  maktabi  namoyandalari  bu  o’lka  xalqlari  an`analari,  urf-

odatlarini  umumislom  mavqelaridan  turib  tahlil  qilishdek  vazifani  bajarganlar. 

Movarounnahrlik  faqihlarning  bir  necha  avlodlari  faoliyati  orqali  mahalliy 

xalqlarning tarixiy, huquqiy an`analari islom madaniyatida o’z aksini topdi.  

VIII-X asrlarda Movarounnahrning ayrim shaharlardagi hanafiylikka asoslangan 

ilmiy markazlar paydo bo’ldi. Bunga Iroq va Xuroson maktablarining ta`siri katta 

bo’ldi. Buxoro maktabiga Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (vaf. 832 

y.)  asos  solgan.  Samarqand  ilmiy  markazining  shakllanishiga  Abu  Sulaymon  al-

Juzjoniy,  Ibn  Samo‘a  va  Shaddod  ibn  Hukaym  kabi  Balx  faqihlarining  xizmati 

katta  bo’ldi.  Buxoro  faqihlari  bu  davrda  asosan  fiqhning  amaliy  masalalari  (furu‘ 

al-fiqh)  bilan,  samarqandliklar  esa  o’z  ilmiy  faoliyatlarini  ilohiyot  (usul  ad-din) 

mavzui bilan shug’ullanishga qaratdilar.  

XI-XIII  asrlarga  kelib,  fiqh  ilmi  o’zining  yuksak  taraqqiyotiga  etishdi. 

Qoraxoniylar  (999-1212)  davri  faqihlari  haqida  ilmiy  tadqiqot  olib  borgan 

Turkiyalik  olim  Y.  Z.  Kavakci  bu  davrda  uch  yuzga  yaqin  faqihlar  etishib 

chiqqanligi, yigirmadan ortiq fatvolar majmuasi, uch yuz ellikdan ortiq fiqhiy asarlar 

yaratilganligi  va  shulardan  98  %  hanafiy  fiqhiga  oid  ekanligini  aytib  o’tadi.  

Haqiqatan  ham  Movarounnahr  hanafiy  mazhabining  «qal`asi»  edi  desak 

adashmaymiz.  «Hanafiylik  sharqqa  yoyilar  ekan,  u  Xuroson  va  Movarounnahrda 

o’ziga  mustahkam  makon  topdi.  Bir  guruh  mashhur  hanafiy  faqihlari  ham  shu 




diyorlarga mansubdir. Hanafiy faqihlari sulolalaridan: Buxoro sadrlari ­ V/XI asrdan 

to  mug’ullar  davri  (603-1043/1206-1634)ga  qadar  Buxoroda  Ibn  Moza  Mahmud 

(vaf.  570/1174  y.)  oilasining  hanafiy  faqihlari  meros  tariqasida  kelayotgan  «Sadr» 

unvoni  bilan  mamlakat  siyosiy  idoralarida  va  turli  hokimliklarida  yuqori  mansab 

sohiblari edilar, ar-Rig’damuniy, az-Zaranjariy, al-Mahbubiy, as-Saffor, al-Pazdaviy, 

Samarqand  sayyidlari,  al-Xayzoxaziy,  al-Aqiliy,  al-Marg’inoniy  oilalari  ilm  va 

ijtimoiy  hayotda  kuchli  mavqega  ega  bo’ldilar.  Ilm-fan  rivojlandi.  Ko’plab  yirik 

olimlar  etishib  chiqdilar. Yirik  faqihlar  sulolalari  paydo  bo’ldi. Bir  necha  avloddan 

avlodga  ulanib  davom  etgan  faqihlar  sulolalari  nafaqat  Movarounnahr,  balki  butun 

Islom olamida katta nufuzga ega edilar. 

Umuman  fiqh,  xususan  hanafiy  mazhabining  rivojlanish  tarixida  XI-XII 

asrlardagi Movarounnahr faqihlarining ilmiy faoliyati juda muhim o’rin tutadi. Bu 

davrda etishib chiqqan hanafiy faqihlaridan - ad-Dabusiy Abi Zayd (vaf. 430/1063 

y.),  al-Halvo`iy  (vaf.  456/1063  y.),  Abu  Bakr  Muhammad  as-Saraxsiy  (400-

483/1009-1090),  al-Pazdaviy  ‘Ali  (vaf.  482/1089  y.),  as-Sadr  ash-Shahid  ‘Umar 

(vaf. 536/1141 y.), an-Nasafiy ‘Umar (vaf. 537/1142 y.), Alouddin as-Samarqandiy 

(vaf. 539/1144 y.), Ibn Moza Mahmud (vaf. 570/1174 y.), al-‘Attobiy Ahmad (vaf. 

586/1190 y.), al-Kosoniy Mas‘ud (vaf. 587/1191 y.), Qozixon (vaf. 592/1191 y.) va 

yuqorida  zikr  etilgan  al-Marg’inoniy  ‘Ali  (vaf.  593/1196  y.)  kabi  ma`lum  va 

mashhur faqihlarning nomlarini keltirish mumkin. 

Umuman  olganda  yuqorida  bir  necha  davrlar  va  ularda  mavjud  bo’lgan  fiqh 

maktablari,  bu  maktablarda  ilmiy  faoliyat  olib  borgan  mujtahidlar  haqida  qisman 

bo’lsada tanishib chiqish va fiqh ilmining Payg’ambar s.a.v. davrlaridan toki taqlid 

davriga bo’lgan tadrijiy rivojlanishini o’rganish bizga: 

-

 

VII-XII asrlardagi ilmiy muhit; 



-

 

O’sha davrlarda mavjud bo’lgan fiqh maktablari va ularda ilmiy faoliyat olib 



borgan muhim shaxslar; 

-

 



XI - XII asrlarga kelib Movarounnahr fiqh maktabining ahamiyati; 

-

 



Buxoro  va  Samarqand  shaharlaridagi  an`anaviy  fiqh  maktablarining  o’ziga  xos 

qirralarini ochish va ularning ahamiyati; 

-

 

XI-XII  asrlardagi  faqihlar  sulolalarining  Movaroun-nahr  fiqh  maktabida 



tutgan  o’rni  qanday  ekanligi  haqida  qimmatli  ilmiy  ma`lumotlar  olishimiz  uchun 

imkon beradi. 



Tayanch iboralar: 

1.

 



Mistika; 

2.

 



Sufiy; 

3.

 



Asket; 

4.

 



Obid; 

5.

 



Zohid; 

6.

 



Faqr; 

7.

 



Tavakkul; 

8.

 



Al­Vara‘; 

9.

 



Fano; 

10.


 

Baqo; 


11.

 

Murid; 




12.

 

Murshid; 



13.

 

Pir; 



14.

 

Xonaqoh; 



15.

 

Fiqh; 



16.

 

Faqih; 



17.

 

Ijtihod; 



18.

 

Mujtahid; 



19.

 

Ijmo‘; 



20.

 

Qiyos; 



21.

 

Istihson; 



22.

 

Fatvo; 



23.

 

Mazhab; 



24.

 

Taqlid; 



25.

 

Salaf; 



26.

 

Ashob; 



27.

 

Tobi‘in; 



 

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish