Qorovulbozor tuman 2- Davlat Maktabgacha ta’lim tashkilotida Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo’yicha ishlab chiqilgan “Yo’l xaritasi” doirasida amalda oshirilgan ishlar
Bayoni №
28.05.2021 yil Qorovulbozor t
Yig’ilish raisi; M.Ro’ziyeva
Kotiba: N.Qurbonova
Ishtirok etdilar : Barcha pedagog va xodimlari.
Kun tartibi.
1. ‘’Men onamga yordamchi ’’ davra suhbatini o’tkazilganligi to`g`risida .
Eshitildi.
Kun tartibi masalasi yuzasidan 2-DMTT uslubchisi so`zga chiqib quyidagilarni bayon qildi.Maktabgacha yoshdagi bolalarda odob va axloq tarbiyasi maʼnaviy va maʼrifiy tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida uning umumiy boshlangʼich tarbiya masalalariga muvofiq ravishda olib boriladi. Zero, maktabgacha yoshda shakllanadigan dastlabki maʼnaviy ong, his-tuygʼu va axloq butun bolalik faoliyatiga, oʼzoro hamda kattalar bilan boʼladigan munosabatga taʼsir etadi. Shunga koʼra bolalarda olib boriladigan odob va ahloqqa oid dastlabki tasavvurlar bevosita faoliyat jarayonida oila hamkorligida berilishi va unda quyidagilar hisobga olinishi zarur:
-bolalarning ilk yoshidan boshlab, ularga oʼzbek xalqining milliy urf-odatlari, anʼanalari va insoniy xislatlari asosida tarbiya berish;
- Madaniy – gigienik koʼnikmalarni egallash va oʼz-oʼziga xizmat qilish asosida tarbiya berish.
Tarbiya aniq maqsadga yoʼnaltirilgan boʼlib bolalarning ijobiy-ruhiy kechinmalari, his-tuygʼularini uygʼunlashtirish asosida insonparvarlik, mehribonlik, himmatlilik, oʼzaro gʼamxoʼrlik, oʼrtoqlik, oʼzaro yordam, oʼz faoliyatini
mustaqil ravishda idora etish, kattalar topshirigʼini bajarish, mustaqillikni namoyon qila bilish hisobga olinadi. Bolalikdan madaniy – gigienik koʼnikmalarni singdirib borish inson salomatligini taʼminlaydi.Bolalarni mustaqil ravishda yuvinishga, qoʼllarning tozaligiga rioya qilishga, tishlarni toʼgʼri tozalab, taranish, dastroʼmoldan foydalanishga, ovqatdan soʼng ogʼizni chayishga oʼrgatilib boriladi.Bolalarda mustaqillikni namoyon qila bilish: batartiblik, hamisha chiroyli koʼrinishga ega boʼlish ishtiyoriy, kiyimlarni tartibli ravishda yechib, ularni joyiga osib qoʼyish, oʼng va chap oyoq poyafzallarini farqlay bilish, ularni toʼgʼri kiyish, koʼzguga qarab kiyimlaridagi kamchiliklarni bartaraf etish, dastroʼmoldan toʼgʼri foydalana olish, xonada tartib va saqlash, kiyimlarni toza va tartibli kiyishga odatlanishni tarbiyalash. Oʼzbek xalq ertaklari, xalq pedagogikasining xazinasidir. Ertaklarning bosh qahramonlari namunasida bolalarga oʼz oʼlkasi, uyi, ota-onasiga muhabbat singdiriladi, yaqin kishilarga nisbatan mehr-muhabbat, oqkoʼngillik, ezgulik tarbiyalanadi. Shuningdek, ertaklar qahramonlari namunalari orqali bolalarda ezgulik, toʼgʼrilik, kamtarlik kabi tasavvurlar rivojlanadi. Bu manbalar asrlar mobaynida bolalarda eng yaxshi fazilatlarni tarbiyalaydi va shakllantirib borishdan iborat deb o’z fikrini yakunladi DMTT uslubchisi N.Qurbonova. Yuqoridagilarni inobatga olib yigilish
Qaror qiladi.
1. ”Men onamga yordamchi”mavzusida davra suhbati maruzasi yuqori darajada o`tkazildi deb topilsin
2. Ota –onalar xamkorlikda o`tkazilgan ’’ Men onamga yodamchi’’ davra suhbatini o’tkazishda metodik yordam berish DMTT uslubchisi va katta va rus guruh tarbiyachilariN.Islamova ,D Muhiddinova zimmasiga yuklatilsin.
3.Qarorni ijrosini nazoratini N.Qurbonova zimmasiga yuklatilsin.
2-DMTT direktori: M.Ro’ziyeva
Do'stlaringiz bilan baham: |