Ishsizlikning kelib chiqish sabalari va namoyon bo’lish shakllari
Iqtisodchilar ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabalari qandayligi to’g’risida hanuzgacha bahslashadilar . Jumladan , bu masala klassik va keyns maktablari o’rtasidagi kelishmovchilik mavzulardan biridir . Bu bahs xususida qisqacha to’talamiz.
Klassik(va neoklassik) nazariyaga ko’ra , ommaviy ishsizlikning asosiy sababi pasayish tomoniga bo’lgan yuqori va moslashuvchan bo’lmagan ish haqi hisoblanadi . Ish haqi o’z muvozanat darajasidan oshib , kasaba uyushmasining faolligi hamda davlatning aralashuvi tufayli o’sha darajada “o’rnashib qolganda” mehnat talabi bilan taklifi o’rtasida uzilish paydo bo’ladi , mana shu narsa ishsizlikni keltirib chiqaradi . Agar bozordan tashqari kuchlar (kasaba uyushmalari va davlat) firmalarni ish bilan bandlikni oldingi darajasida saqlashga majbur qilsa, buning oqibati mamlakatdagi xronik inflatsiya bo’lishi mumkin . Bundan –neoklassiklarning asosiy “resepti” – ish haqi darajasini ushlab turish va hatto kamaytirish kelib chiqadi . Shuningdek , bu maktab vakillarining (D.Rikardo, J.S.Mill , A.Marshall va boshqalar) fikricha , mehnat bozoridagi raqobat majburiy ishsizlikni istisno etadi . Bozor tomonidan belgilangan ish haqiga mehnat qilishni xohlagan har bir kishi osongina ish topa oladi.
Yangi klassik maktab nazariyachilari (J.Perri , M Feldstayn , R. Xoll va boshqalar) mehnat bozorida muvozanat , ya’ni ish kuchiga talab va uning taklifi teng bo’lsa , ishsizlik bo’lmaydi deb hisoblashadi .
Keynschilar (J.M Keyns , R. Godon va boshqalar) ishsizlikning asosiy sababi – “samarali talab” yetarli emasligidadir deb isbotlaydilar .Ushbu “samarali talab”ning tarkibiy qismi , bir tomondan , shaxsiy iste’mol tovarlariga talab bo’lsa, ikkinchi tomondan , investitsiya talablariga (ishlab chiqarish vositalariga) talabdir . “Ish bilan band bandlik hajmi , demak ish bilan band emaslik yoki ishsizlik , -deb yozgan edi J.Keyns , - mutlaqo ravishda samarali talab bilan bog’liqdir ”. U “samarali talabni” davlar xarajatlarini ko’paytirish , davlatning bozor talabii (eng avvalo , investetsiyaviy tovarlarni) ko’paytirish hisobiga oshirish zarurligini ko’rsatgan.
Monetarchilar(M. Fridman , F. Kegen , D.Mayzelman , K .Brunner , A. Moltser va boshqalar) ish bilan bandlik faqat kutilmagan inflatsiya bilan bog’liq , chunki u ishsizlikning tabiiy darajasini o’zgartiradi , degan tushunchaga asoslanadilar . M.Fridmanning ishsizlikning tabiiy darajasi mavjudligi to’g’risidagi xulosasi muhim metodologik ahamiyatga egadir . Bu daraja mehnat bozori sharoitlari bilan qat’iy chegaralab qo’yilgan va davlat siyosati bilan o’zgartirilishi mumkin emas . Agar hukumat ish bilan bandlikni uning tabiiy darajasini talabni ko’paytirishning an’anaviy byudjet va kredit usullari bilan oshirmoqchi bo’lsa , bu choralar qisqa muddat samara keltirib , faqat narx-navo ko’tarilishiga olib keladi.
Institutsional iqtisodiyot nazariyasida (T. Veblen , J. Gelbreyt , D . Kommons va boshqalar) mehnat bozoriga iqtisodiyotning eng muhim sektori sifatida qaraladi . T. Veblen bozorning tarixiy rivojlanishini tahlil etar ekan , industirial jamiyat taraqqiy etishibilan raqobat kurashi markazi tovarlar va xizmatlar bahosi uchun kurash sohasidan mehnat bahosi va sharoiti uchun kurashish sohasiga ko’chishini aniqladi.
Mazkur yo’nalish tarafdorlari davlat mehnat bozoridagi rejali siyosatini bu yerda amal qiladigan institutlar orqali amalga oshirishi zarur degan fikrda bo’lganlar . J.Gelbreyt davlat ishi bilan bandlik darajasi yuqori bo’lishidan manfaatdor , chunki bu holat byudjetning daromad qismini ko’paytiradi va mamlakat boyligining ortishini ta’minlaydi deb ko’rsatgan
Institutsional maktab vakillari qarashlarini tahlil etish asosida ularning mehnat bozorini tartibga solish bo’yicha nuqtai nazrlari to’g’risida quyidagi xulosaga kelish mumkin , Y’ni shaxs erkin hamda kasb malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladigan ijtimoiy tartib o’rnatish uchun ijtimoiy iqtisodiy siyosat quyidagi vazifalar xal etilishini ta’minlashi zarur :
Odamlarning qobiliyatiga muvofiq tanlagan kasbga o’qish uchun teng imkoniyat yaratish ;
Xodimlarning mehnat jarayoniga ko’milish , malaka oshirish , xizmat vazifasi bo’yicha ko’tarilish uchun teng imkoniyatlar yaratish;
Mehnatni rag’batlantirish xodim va uning oilasi munosib turmush kechirishini ta’minlaydigan darajada bo’lishi;
Xodimlar bilan ish beruvchilar o’rtasida mehnat munosabatlarini tartibga solish
Yuqorida bayon etilganlardan ishsizlikning kelib chiqishi sababi mehnat bozorida
Ishchi kuchi taklifining unga talabidan ortiqligi natijasi ekanligi annglanadi . Lekin mehnat bozori faqat , muayyan bir vaqtda mehnat resurslariga talab va uning taklifi nisbatini aks ettiradi , xolos .Ana shu nisbetni tashkil etadigan mehnat resurslari mehnat bozori tashqarisida (moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish , muomala sohalarida) shakllanadi . Bu ishsizlik tarkibida ham o’z ifodasini topadi.
Ishsizlik tarkibi
Jinsi bo’yicha
Yoshi bo’yicha
Ijtimoiy guruhlar bo’yicha
Ishchilar, xizmatchilar , mutaxasislar
Yoshlar , Pensiyaga chiqish arafasidagilar
Erkaklar
ayollar
Ixtisosligi bo’yicha
Malakasi bo’yicha
Ta’lim darajasi bo’yicha
Muhandis , iqtisodchi o’qituvchi va boshqalar
Malakali , malakasiz
O’rta , o’rta maxsus , oliy
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnat bozorini tartibga solishda ish haqi bilan bog’liqligi , ayniqsa , muhim ahamiyatga egadir . Buni “Fillips egri chizig’i” orqali kuzatishimiz mumkin . Yangi Zellandiyada tavallud topgan , uzoq vaqt davomida Angiliyada ilmiy tadqiqotlar olib borgan Olban Uiliyam Fillips 1891- yildan 1958- yilgacha bo’lgan davrni qamrab olgan ma’lumotlar asosida ana shu bog’liqlikni asoslab bergan.
Agar ish haqi va narxlarning o’zgarishi sur’atlari o’rtasida bir xil nisbat mavjud deb hisoblanadigan bo’lsa , Fillipsning egri chiziq modeliga ko’ra ikki: iqtisodiy o’sishning eng yuqori sur’atlari ish bilan bandlik darajasining yuqori bo’lishi , ayni paytda narxlarning tez qimmatlashishi yoki narxlarning barqarorligida ishsizlik darajasining yuqoriligi holati kuzatiladi .
“Fillips egri chizigi ” konseptsiyasiga ko’ra , ishsizlik darajasining dinamikasi (u) va inflatsiya sur’atlari (п) o’rtasida teskari bog’liqlik bor .
W, P,%
W – nominal ish haqining o’sish sur’ati;
P –inflatsiya darajasi;
U –ishsizlik darajasi.
U,%
1-rasm “Fillips egri chizig’i”
1-rasmda aks ettirilganidek , masalan , ishsizlikning yuqori darajasi inflyatsiyaning past sur’atiga mos tushadi . Aksincha , ishsizlikning past darajasi ishsizlikning yuqori darajasiga mutanosibdir.
Bundan ishsizlik darajasini barqarorlashtirish siyosati “Fillips egri chizig’i”ga to’gri nqtani topishdan iborat degan xulosa chiqadi . Biroq ushbu kontsepsiyada ham inflatsiya sur’atlarining past bo’lishi , ham ishsizlik darajasining past bo’lishidan iborat eng maqbul holatga erishishning imkoniyati yo’qligi ko’rsatiladi.
XX asrning 70-yillarida inflatsiya sur’atlari va ish haqi darajasi bir vaqtda o’sishining imkoniyati yo’qligini inkor etgan voqealar sodir bo’ldi . Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK ) neft narxini oshirib yubordi . Buning oqibatida stagflyatsiya – ishlab chiqarishning pasayishi hamda inflatsiya sur’atining o’sishi ro’y berdi.
“Fillips egri chizig’i”ning zamonaviy modellari inflatsiyaning o’sish sur’atlarini – narxning avvalgi darajasidan o’zgarishi quyidagi 3 omilga bog’liqligiga asoslangan, ya’ni:
Kutilayotgan inflatsiyaga;
Davriy inflatsiyaga;
Taklifning sok o’zgarishiga ;
Nobel mukofotining lauriyati K.A.Pissarides o’zining “Ishsizlikning muvozanat nazariyasi” asarida ishsizlik ish bilan band xodimlar va ishsizlarning manfaatlari bir – biriga zidligi sababli yuzaga kelish g’oyasini ilgari suradi . Shuning uchun agar ish haqi faqat ish bilan band xodimlar mavjud bo’lgan firma darajasida belgilanadigan bo’lsa , ishsizlik muvozanati samarali bo’lmaydi . chunki ishsizlar va bo’sh ish joylari mavjud firma savdodan tushadigan foydadan ish bilan band xodimlar mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan kompaniya kabi yetarlicha manfaatdor bo’la olmaydi .Bunday kompaniya jamiyat manfaati nuqtai nazaridan ijtimoiy samarali emas .
Iqtisodchi olim Pissarides ish haqi ijtimoiy samarali darajada bo’lgandagina ishsizlar faolroq ish qidirishlarini , natijada mehnat bozorida raqobat kuchayishi tufayli ish beruvchilar yuqoriroq bilim va malakaga ega bo’lishlari va bu pirovard natijada kompaniyalarning samaradorligi ta’minlanishiga olib kelishi to’g’risidagi xulosaga keladi .
Ishsizlikning asosiy sabablaridan yana biri bu - mehnat bozorida nomutanosiblikdir. Ushbu nomutanosiblik, ayniqsa iqtisodiy tanazzul, urush, tabiiy ofatlar va boshqalarda kuchaymoqda.
Ishsizlik bozor iqtisodiyotining muhim sherigi hisoblanadi. Tabiiy me'yorda bo'lgan mehnat zaxirasi uning samarali ishlashining omillaridan biridir.
Ishsiz odamlar va ularning oilalari ko'pincha moddiy muammolarga duch kelishadi. Ishsizlarning moliyaviy ahvoli, ularning asosiy qismi naqd pul jamg'armalariga ega emasligi sababli og'irlashadi, shuning uchun ular ish joyidan mahrum bo'lganda, ishsizlik nafaqalari bilan yashashga majbur bo'ladilar, ularning miqdori juda oz.
Ishsizlarning oilalarida bo'sh vaqt, ta'til va bolalar ta'tilini o'tkazish, sport o'ynash, turli to'garaklarga, sektsiyalarga tashrif buyuradigan bolalarga va hokazolarga nisbatan ko'proq muammolar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |