Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va namoyon bo‘lish shakllari. Reja: Ishsizlik haqida umumiy tushunchalar, Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va uning oldini olish yo‘llari Ishsizlikni kamaytirishning asosiy yo‘llari Mehnat unumdorligi va uning
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI MINTAQAVIY IQTISODIYOT YO’NALISHI 21.115-GURUH TALABASI ABDUVAHOBOV SALOHIDDINNING “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN SLAYDI
Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va namoyon bo‘lish shakllari. Reja: 1. Ishsizlik haqida umumiy tushunchalar, Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va uning oldini olish yo‘llari 2. Ishsizlikni kamaytirishning asosiy yo‘llari 3. Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati
Ishsizlik haqida umumiy tushunchalar, Ishsizlikning kelib chiqish sabablari va uning oldini olish yo‘llari
Ishsizlik va u bilan bog‘liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy- iqtisodiy mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy o‘sishidan orqada qolmasligi kerak.
Muammoga sof iqtisodiy jihatdan qaraganda ishsizlik - mamlakat aholisining mehnat qilishga qodir bo‘lgan va mehnat qilishni istaydigan, har bir aniq paytda soni ko‘proq yoki kamroq bo‘ladigan muayyan miqdordagi qismining ish bilan ta’minlanmaganligidir.gan ta’rifni hisobga oladigan bo‘lsak, unda ishsizlarga: a)ishga ega bo‘lmaganlar; b) ishlashni istaydiganlar; v) ish izlash istagida bo‘lgan shaxslar kiradi.
Ishsizlikni kamaytirishning asosiy yo‘llari
Ishlab chiqarishning mehnat kabi resursidan to‘liq va oqilona foydalanish va shu munosabat bilan ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, ishsizlikni kamaytirish borasida qizg‘in faoliyat olib borish davlatning nihoyat darajada muhim vazifalaridir. Ushbu muammoni hal etishda ikki asosiy bosh yo‘nalishga ajratish mumkin. Birinchisini sub’ektiv yo‘nalish deb nomlash mumkin. U insonni mehnat faoliyatiga shunday tayyorlashni tashkil etishdan iborat bo‘ladiki, bunda inson ishlab chiqarish shart-sharoitlari, texnik baza o‘zgarishlari munosabati bilan muvaffaqiyatli ravishda mehnat faoliyat olib borish uchun etarli darajada tez qayta tayyorgarlikdan o‘tib, yangi bilim, qobiliyat va ko‘nikmalar orttira oladi. Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlarida insonning ishga joylashuvi uning shaxsiy ishiga aylanib qoldi. Endi davlat unga shunday masalalarni o‘zi hal etishida yordam beradi, xolos.
Mehnat unumdorligi va uning ahamiyati
Mehnat unumdorligini o‘lchash murakkab vazifa bo‘lib, bunga bir tomondan, unumdorlik kategoriyasining ko‘pqirraliligining dinamikasi ko‘p sonli o‘sish omillariga (bevosita va bilvosita, korxona tomonidan bo‘lgan va undan tashqarida bo‘lgan omillarga) bog‘liqligi, ikkinchi tomondan esa, unumdorlikni faoliyatning boshqa muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan bog‘lash talabi sabab bo‘ladi. 70-80- yillar mehnat unumdorligini hisoblash usulini takomillashtirish sohasidagi ishlar ikki yo‘nalishda olib borildi. Birinchi yo‘nalish moddiy sarflarni mahsulot qiymatidan chiqarib tashlashdan iborat edi.
Xo‘jalik yuritishning bozor tuzilishiga o‘tilishi munosabati bilan milliy hisob varaqlar tizimi joriy etildi. Ana shu tizim asosida yalpi ichki mahsulot hajmlarining ko‘rsatkichlari butun iqtisodiyot bo‘yichahamda uningbarcha tarmoqlari, shu jumladan, no moddiy soha bo‘yicha ham hisoblab chiqariladi. Bu esa, mahsulot ishlab chiqarish hajmlaridan ichki iste’molni ajratib chiqarish va ko‘rsatkichlarni yiriklashtirgan vaqtda takroran hisoblashni kamaytirish imkonini berdi. Xorij tajribasi asosida makro darajada tovarlarning qat’iy belgilangan to‘plami bo‘yicha mahsulotning tabiiy o‘lchamlari asosida uningfizik hajmi indeksi hisoblab chiqarilib, shundan keyin umumiy sanoat indeksiga birlashtiriladi.