Tayyorgarlik va yakuniy vaqt ijrochini berilgan ish bilan tanishtirish va
topshiriq berish, ish o‘rnini tayyorlash, asbob-uskuna va boshqa kerakli materiallarni
olish va topshirish uchun sarflanadi.
Ishchi o‘rniga xizmat ko‘rsatish vaqti qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni
almashtirish, jihozlarni, moslamalarni tozalash va joylashtirish va h.k. sarflanadi.
Me’yorlarni aniqlayotganda yoki o‘zgartirayotganda quyidagi usullardan
foydalaniladi: ish vaqtining fotografiyasi; xronometraj kuzatuvlar; mikroelement
me’yorlar usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |