Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi


 Joy nomlari bilan bogʻliq atamalar tasnifi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/39
Sana16.03.2022
Hajmi0,82 Mb.
#495329
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
MI Xayrullayeva M

1.3. Joy nomlari bilan bogʻliq atamalar tasnifi. 
Toponimlar tarkibida topoasos, topoformant va indikatorlar, odatda, u yoki bu 
darajada qo‘llanadi. Ularsiz joy nomlarining etimologik tadqiqi haqida gapirib 
bo‘lmaydi. Chunki bir toponim faqat topoasosdan iborat bo‘lsa, boshqa biri topoasos 


28 
va topoformant ko‘rinishida, uchinchi toponimda esa topoasos va topoformant yoki 
topoasos, topoformant hamda indikator ko‘rinishlarida uchraydi. Mana shularning 
ma’nolari birikishidan joy nomining ma’nosi shakllanadi. Topoasos toponimlarning 
yuzaga kelishi uchun asos bo‘ladi. Ular turli tillarning so‘zlaridan (asosan, turkiy, 
fors – tojik, arab) tashkil topgan:
Rohkent, Pirmast, Xargoʻsh, Xayrobodcha, 
Chuqurkoʻcha, Halvogaron, Murdashoʻylar, Usunikoʻl, Xoʻjarabot, Boboshayx, 
Beshrabot, Sariosiyi, Toqidoʻz, Rabotobod, Asbobsoz, Gʻaribshoh, Yangimasjid, 
Qumrabot, Sarikor, Soʻfidehqon, Choʻrikalon, 
Chorrabot, 
Talligandum, 
Mirsulaymon, Koʻlxatib, Astarbof 
va boshqalar.
Topoformant toponimning shakllanishi jarayonida ishtirok etgan qo‘shimchalar 
jumlasiga kiradi. Ular asosan sodda qo‘shimchalardan iborat topoformantlar sanaladi: 
-chi, -lik, -on (-yon), -cha, -lar 
va boshqalar: 
Arobasozlar, Asbobsozlar, Baqqolon, 
Baxshiyon, Dukchilar, Arablar, Xoʻjalar, Kurton, Mavrilar, Maxsumlar, Nonvoylar, 
Sartaroshlar, Qirgʻizon, Qoʻqincha, Teraklik, Xayrobodcha, Eshonlar, Soʻfilar 
kabi.
Tuman hududida –kent, -obod, -rabot, -tepa –xona topoformantli: 
Kumushkent, 
Rohkent, Yangikent, Bahrinobod, Moʻminobod, Kaltarabot, Oqrabot, Pirmastobod, 
Rabotobod, Xayrobodcha, Beshrabot, Qumrabot, Xosrabot, Xoʻjarabot, Teshektepa, 
Arabxona
toponimlar uchraydi.
Kuzatishlarimizcha, topoformantlar nafaqat toponim tarkibida keladigan 
formant, shu bilan birga toponim yasashda ham xizmat qiladi. Mana shu holga ko‘ra 
topoformantlarni ikki guruhga bo‘lib o‘rganish lozim: 
1. Asl topoformantlar. Ular toponim tarkibida qo‘llanadi, ammo yasovchilik 
xususiyati yo‘q. 
Dukchi
kabilardagi qo‘shimchalar shunday topoformantlar sanaladi. 
2. Yasovchi topoformantlar. Bular toponimning shakllanishida yasovchilik 
xususiyatiga ega bo‘ladi: 
Asbobsozlar, Arobasozlar, Gulzor
va boshqalar. 
M.Murzayev “Оchеrki tоpоnimii” kitobida indikatorning toponimga xos belgi – 
xususiyat va holatlarni ifodalaydigan so‘z hisoblanishini ta’kidlagan
58
.
Z.Do‘simov va X.Egamovlar “Joy nomlarining qisqacha izohli lugʻati” kitobida 
esa bu terminni: «Indikator – toponimlar tarkibida kelib, obyektning xarakteri, 
58
Мурзаев Э.М. Очерки топонимики. –М., Мысль, 1974, -382 с. 


29 
xususiyati, soni va boshqalarni ko‘rsatuvchi so‘z. Masalan, toponimik indikatorlar: 
qishloq, daha, dasht, cho‘l.
Gidronomik indikatorlar
ko‘l, daryo, ariq
kabilar. 
Lotincha “indikos” 
«ko‘rsatmoq»
so‘zidan yasalgan
59
, deb ikkita guruhga bo‘lib 
ta’riflashgan.
Indikatorli toponimlar toponim – kompozitlar deb ham o‘rganilgan va ular 
toponimik, gidronimik, funksional indikatorlar deb uchga bo‘lingan. T.Nafasov: 
«Indikator joy nomi yasashda qatnashib, uning tarkibida obyekt turini bildiradigan 
so‘z: 
buloq
(Toshbuloq)

qishloq
(
Kattaqishloq)
», deb uni lingvistik jihatdan 
izohlagan
60
.
P.G‘ulomov “Jugʻrofiya atamalari va tushunchalari izohli lugʻati”da ushbu 
termin haqida «Indikator (toponimikada) toponimlarni hosil qiluvchi mahalliy 
geografik terminlar: 
qum, tepa, daryo, suv , kent 
va boshqalar», degan ta’rifni 
geografik jihatdan bergan
61
.
Bizningcha, bu terminni toponimlar tarkibidagi xususiyatlaridan kelib chiqib, 
toponimik aniqlagich
ham deyish mumkin. Biroq bu birikmali terminni qo‘llashdan 
ko‘ra, 
indikator
terminini ishlatish har jihatdan o‘rinli. Demak, maskur termin 
haqidagi aytilgan fikrlar lingvistik va geografik jihatlardan bir – birini to‘ldiradi. 
Sababi, ular indikatorning obyektning belgi – xususiyati, xarakteri, soni, turi kabilarni 
ko‘rsatuvchi so‘zligi va mahalliy geografik terminligini ko‘rsatib turibdi. Indikatorlar 
toponimlarning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Masalan, 
G‘uddim tog‘i, 
Molguzar tog‘i
toponimlarida 
tog‘ 
lug‘aviy asosi indikator vazifasini bajargan. Ular 
quyidagicha tarzda qo‘llanadi: 
1. Indikator(lar) toponim tarkibida keladi: 
Odoq

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish