Ishning umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi


I.4.Interfaol metod – ta`lim samaradorligi omili



Download 0,94 Mb.
bet10/27
Sana27.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#710289
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
Ishning umumiy tavsifi

I.4.Interfaol metod – ta`lim samaradorligi omili .
Jamoa bo`lib ta’lim olish o`quvchini bir sharoitda olingan bilimni boshqa sharoitda qo`llashga o`rgatadi. Zero, bugun kichik guruh a’zolari tomonidan jamoa bo`lib amalga oshirilgan ish ertaga ularning har biri tomonidan yangi sharoitda hayotga tatbiq etilishi mumkin. Birgalikdagi ta’lim o`quvchilarda ta’lim mazmuniga nisbatan ijobiy munosabat uyg`otadi. Chunki o`qish birgalikda amalga oshirilganda, hal etilmaydigan didaktik muammo deyarli bo`lmaydi. Natijada o`quvchilar o`qish jarayoniga qo`rqib qaramaydigan bo`lishadi. Bu esa ularda ta’lim mazmuniga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi. . Birgalikdagi ta’lim o`quvchining o`qish jarayoni ichida uzoqroq bo`lishini ta’minlaydi. Negaki, ta’lim birgalikda amalga oshirilganda, yechimlar taklif etilibgina qolmay, ular bir-biriga solishtiriladi, ma’qul deb hisoblangani tanlab olinadi. Bu hol o`quv topshiriqlari bajari lishiga ko`proq vaqt sarfl anishini taqozo etganidan o`quv chilar o`zlashtirish jarayonida uzoqroq ishtirok etadilar. An’anaviy o`qitish bilan birgalikdagi o`qish o`zaro solishtirilganda quyidagi manzarani ko`rish mumkin: An’anaviy o`qitish Birgalikda o`qish O`quvchilarning o`zaro aloqalari darajasi past O`quvchilarning o`zaro aloqalar darajasi yuqori Asosiy e’tibor individuum faoliyatiga qaratilgan Asosiy e’tibor guruhning faoliyatiga qaratilgan Topshiriqni bajarish bo`yicha o`qituvchi ko`rsatma beradi Guruh a’zolari topshiriqni bajarish yo`llarini ishlab chiqadi Birgalikda ishlash ko`nikmasi shakllantirilmaydi Birgalikda ishlash ko`nikmasi shakllanadi Yetakchi (lider) tayinlanadi va o`zgarmaydi Vaziyatdan kelib chiqib har bir a’zo yetakchi bo`lishi mumkin Har bir o`quvchining bilimi o`qituvchi tomonidan baholanadi Birgalikdagi faoliyat samarasini guruh muhokama qiladi Birgalikda o`qish o`quvchilarda bir qator ijobiy sifatlarni shakllantiradi: 1. O`quvchilar bir-birlariga yordam berish va yordam olishga odatlanadi. Bu munosabat faqat o`qish jarayoniga emas, balki boshqa munosabatlarga ham tegishli bo`ladi. 2.O`quvchilar o`quv topshirig`ini bajarishga kerakli bo`lgan barcha axborot va moddiy resurslar bilan o`zaro bo`lishishga o`rganishadi. 3.O`rtoqlaridan olgan ma’lumotlarni aniq, beg`araz va o`ziga maksimal darajada foyda keladigan yo`sinda qo`llashga odatlanishadi. Chunki fi krdan birovniki bo`lgani yoki yoqtirmagani uchun foydalanmaslik o`quvchining bahosini pasaytirishi mumkin. 4. Guruh a’zolari bir-birining xulqini kuzatish va nazorat qilish imkoniga ega bo`ladi. 5. Bahslashish hamda o`z fikrini asoslashga o`rganishadi. 6. O`qishda bir-biriga ko`mak beradi. 7. Bir-birlariga tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish imkoniga ega bo`lishadi. 8. Birgalikdagi ta’limda ko`zga yaqqol tashlanadigan ta’limiy omil paydo bo`ladi: endi yaxshi o`qish yoki o`qimaslik shaxsiy ish bo`lmay qoladi. 9. O`quvchilar o`rtasida o`zaro ishonch va erishilgan yutuqlarni qo`ldan bermaslikka intilish tuyg`usi uyg`onadi. 10. O`quvchilarda asabbuzarlik va toliqish holatlari yuz berishi keskin kamayadi1. Birgalikdagi faoliyat bilan shug`ullanayotgan jamoaning individual asabbuzishlarga vaqti qolmaydi. Birgalikdagi ta’limni amalga oshirishni o`quvchilarni darhol kichik guruhlarga bo`lib yuborgandan ko`ra ularni juft bo`lib ishlashga odatlantirishdan boshlash maqsadga muvofi q. Juft bo`lib ishlash keyinchalik kichik guruhlarga bo`linib ishlash uchun o`ziga xos tayyorgarlik bosqichi ham bo`ladi. Buning bir nechta sababi bor. Birinchidan, o`quvchilar o`tirgan joylaridan qo`zg`almaganlari uchun mashg`ulotdan chalg`imaydilar. Ikkinchidan, hali ikki kishi bo`lib bitta o`quv muammosini yechib o`rganmagan o`quvchilarning birdaniga 6–7 kishilik kichik guruhlarda samarali ishlab ketishi qiyin. Chunki o`zgalar bilan ishlay olish uchun ham muayyan ko`nikma talab qilinadiki, juft bo`lib ishlab ko`rmagan o`quvchilarda u shakllanmagan bo`ladi, albatta. Uchinchidan, juft bo`lib ishlash asnosida o`quvchilar birovning fi krini eshitishni ham, o`zgaga fi kr aytishni ham, mavjud manbalardan kerakli materiallarni qidirib topishni ham osonroq o`rganadilar. Chunki juft bo`lib ishlayotganda bor-yo`g`i bir kishiga moslash
1 Bu haqda qarang:Абдураимова М. Она тили таълимида илғор педагогик технология. Т., 2005, 23-25 betlar; G`ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M., Bobomurodova A., Alavutdinova N., Karimjonova V. Ona tili o`qitish metodikasi. -Toshkent:Fan va texnologiya, 2012, 40-45 –betlar.
zarur bo`ladi. Kichik guruhda esa turlicha tabiatga ega kamida to`rt, ko`pincha 6–7 nafar o`quvchi bo`ladiki, ular orasiga singishib ketish bir qadar zo`riqishni talab qiladi. Ta’kidlash lozimki, juft bo`lib ishlash ham osonlik bilan amalga oshmaydi. Sabr-toqat bilan har bir o`quvchining o`ziga xos xususiyatlarini o`rgangan va uni kerakli o`rinda hisobga ola bilgan o`qituvchigina guruhni oldin juft bo`lib, so`ngra kichik guruhlarda samarali ishlashga o`rgata oladi. Chunki har qanday tajriba singari juftlashib ishlash tajribasi ham asta-sekinlik bilan keladi. Qarshi madaniyat kolleji kutubxonachilik guruhi o`quvchilarini juft bo`lib ishlashga o`rgatishda guruhdagi bir partada o`tiradigan har ikki o`quvchiga bittadan tarqatma tayyorlandi. Har bir tarqatmaning ikki tomonida erkin mavzuda yoziladigan bittadan insho nomi va uni yozishda ko`proq ishlatilishi mumkin bo`lgan kalit so`zlar berildi. Guruhdagi o`quvchilar o`n uchta partada o`tirganliklari uchun yigirma olti xil mavzu va ularda ko`proq ishlatilishi mumkin bo`lgan ochqich so`zlar o`n uch tarqatmada aks etdi. Guruhdagi har bir o`quvchi faqat o`z partasiga tushgan tarqatmadagi mavzu ustida ishlashi kerak. Lekin shu tarqatmadagi ikki mavzudan qaysi birini yozishni partadoshlarning o`zlari hal qilishadi va bir partadagi ikki o`quvchiga har ikki mavzu yuzasidan bir xil baho qo`yiladi. Shu bois ular o`zlariga tushgan mavzular qay yo`sinda talqin etilsa to`laroq ochilishi xususida o`zaro maslahatlashishlari va bir-biriga ko`mak berishlari mumkingina emas, lozim ham bo`ladi. Masalan, 5-tarqatmaning bir tomonida “Mening oilam” mavzusi ko`rsatilib, “oila”, “jamiyat”, “ota”, “ona”, “aka-uka”, “opa-singil”, “oqibat”, “o`rin” kabi kalit so`zlar berilgan. Xuddi shu tarqatmaning teskari tomonida “Yilboshi bayrami” mavzusi ko`rsatilib, kalit so`zlar sifatida “qadriyat”, “milliy o`ziga xoslik”, “milliy madaniyat”, “milliy ma’naviyat”, “yilboshi”, “sumalak”, “mehr-oqibat”, “hashar”, “mahalla”, “ko`pkari”, “o`yin” kabi ochqich so`zlar berilgan edi.
“Mening oilam” mavzusida erkin insho yozgan bo`lsalar-da, tekshirish natijasida har ikkisiga ham birinchi insho uchun “4”, ikkinchi insho uchun “3” baho qo`yildi. Aslida ona tili va adabiyot darslarida N. mahmudova yaxshiroq o`qirdi. Chamasi, u birinchi safar juft bo`lib ishlashga unchalik jiddiy qaramadi. Natijada mo`ljalidan pastroq baho oldi. Keyingi shu yo`sindagi ishlarda bu juftlikning bahosi ko`tarilib, faqat “to`rt” va “besh”ga o`qiydigan bo`lishdi. Bu usuldan foydalanish kollej o`quvchilarini birgalikda, sheriklikda o`qishga odatlantiradi, ularda jamoani his etish tuyg`usini shakllantiradi. Shuningdek, o`spirinlarda o`zgalar uchun javobgarlik hissini uyg`otadi. Kechagina shunchaki tasodifi y partadosh bo`lgan o`rtog`i endi uning taqdiriga ta’sir ko`rsatadigan bo`ladi va shu tariqa kichik jamoa shakllanadi. Juft bo`lib ishlash usulini yangi mavzuni o`zlashtirishda ham samarali qo`llash mumkin. Bunda o`quvchilar yangi o`rganiladigan mavzu yoki uning bir qismini, biror nazariy tushunchani, biror tanqidiy maqolani mavjud o`quv manbalaridan foydalangan holda birgalikda mustaqil o`zlashtiradilar. Ular kalit so`zlarni topish, matnning muhim o`rinlarini qidirish asnosida mavzuni o`zlari uchun o`zlari kashf etishlari kerak bo`ladi. Ilg`or pedagogik texnologiyalar Juft bo`lib ishlash o`quvchilarni o`z husnixatlari to`g`risida ham o`ylab ko`rishga majbur qiladi. Negaki, oldin ularning yozuvini har qanday yozuvni tushunishga majbur sanaladigan o`qituvchigina ko`rar edi. Endilikda esa o`quvchining yozuvini partadoshi ham tushunishi kerak. Mabodo, yozuv tushunilmasa, faqat sherigi emas, o`zi ham zarar ko`radi. Bu hol kichik guruhlarga bo`linib ishlash vaqtida yanada kuchliroq yo`sinda namoyon bo`ladi va o`quvchini o`z yozuvini epaqaga keltirish to`g`risida o`ylashga majbur qiladi. Birgalikdagi o`qishda juft bo`lib ishlashdan ko`ra kichik guruhlarda ishlash didaktik nuqtayi nazardan ko`proq samara keltiradi. Kashfi yotga bo`lgan har qanday ehtiyoj jamoada tug`iladi. Va ko`pgina yangi g`oyalar ham sheriklikda yuzaga keladi. Shuning uchun ham hamkorlik, ya’ni birgalikdagi ta’limni yaxshi yo`lga qo`yish zamonaviy o`qitish samaradorligini ta’minlashning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Pedagog va psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar 4–6 o`quvchidan tashkil topgan kichik guruhlar faoliyati kattaroq ta’limiy samara keltirishi mumkinligini ko`rsatmoqda.1 Kichik guruhlar turli-tuman tamoyillar asosida shakllantirilishi mumkin. Lekin bitta shart hech qachon unutilmasligi kerakki, intellektual imkoniyati turlicha bo`lgan o`quvchilar barcha kichik guruhlarga teng taqsimlanishi lozim. Kichik guruhlar tashkil etilgan dastlabki vaqtda ular oldiga yechili shi osonroq bo`lgan muammolar qo`yilishi lozim. Aks holda kichik guruhlar o`quv jamoasiga aylanmay qolib ketadi. Kichik guruhlar o`quvchilarning o`zlashtirish darajasi, jinsi, o`zaro kommunikabelligi kabi omillarni hisobga olgan holda tashkil etilishi va tarkibi kamida yarim o`quv yili davomida o`zgarmasligi kerak. Shundagina guruhdagi o`quvchilarda o`zaro ishchanlik munosabati, mas’uliyat hissi qaror topishi mumkin. Birmuncha uzoq didaktik maqsadlarni ko`zlab tuziladigan bunday guruhlarni shartli ravishda doimiy kichik guruhlar deyish mumkin. Ayni vaqtda har bir dars yoki uning biror qismida kichik guruhlardan foydalanish zaruriyati paydo bo`lib qoladi va bunday vaqtda tashkil etilgan tuzilmalarni o`tkinchi kichik guruhlar deb nomlash ma’qul bo`ladi. Kichik guruhlarning samarali ishlashi a’zolarining o`zaro til topishishlari va o`z vazifalarini to`liq bajara olishlariga bog`liq. Buning uchun guruhning har bir a’zosi har safar o`ziga munosib ish bilan ta’minlangan bo`lishi lozim. Lekin guruh ichidagi vazifalar hamisha ham o`qituvchi tomonidan taqsimlanaverishi yaxshi natijaga olib kelmaydi. Guruh a’zolari bajaradigan vazifalarning doimiy almashinib turishini yo`lga qo`yish maqsadga muvofi qdir. Kichik guruhdagi har bir o`quvchi quyidagi vazifalarni bajarishga tayyor bo`lishi kerak:
• guruh a’zolarining xulosa va javoblarini shakllantirish;
• aynan shu xulosa va javoblarga kelingani sababini guruhdagi barcha o`quvchilar tushunib yetganligini tekshirish;
• guruh a’zolarining javob va xulosalarida yo`l qo`yilgan xatolarni tuzatish;
• yangi material bilan oldin o`zlashtirilgani o`rtasidagi bog`liqlikni topish;
• boshqa kichik guruhlar va o`qituvchi bilan aloqani ta’minlash;
• javob va xulosalarni yozib borish;
•guruhning birgalikdagi faoliyati to`g`risida hisobot yuritish, har bir a’zoning ish bilan bandligini kuzatish;
• guruhdagi hamkorlikning sifatini baholash.
Ko`rinadiki, kichik guruh ichida bajarilishi kerak bo`lgan ishlar miqdori doim uning a’zolari sonidan ortiq bo`ladi. Demak, o`qituvchi ham, doimiy guruh a’zolarining o`zlari ham kim qanday vazifa bajarishi lozimligini aniq tasavvur etishlari lozim. Har kimning qiladigan ishi aniq belgilab olinmay turib birgalikdagi ta’lim yuzaga kelishidan umid qilib bo`lmaydi. Shuning uchun ham ta’lim kichik guruhlar asosida tashkil qilinganda guruhning har bir a’zosi muvaffaqiyat bilan bajara olishi mumkin bo`lgan vazifaning aniq belgilab olinishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Faqat shu narsa yodda tutilishi kerakki, doimiy kichik guruhlardagi a’zolarning roli muntazam ravishda o`zgarib turishi shart. Aks holda kichik guruh o`quv guruhining kichikroq maketiga aylanib, o`quvchilarning intilishi, tashabbuskorligi so`nib qoladi. Birgalikdagi ta’lim samarali bo`lishi uchun kichik guruh a’zolarining rollari va ular bajaradigan vazifalarni belgilashga urinilgan bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari mavjud.
Quyida ona tili darslarida tashkil etilgan doimiy kichik guruhlardagi har bir a’zoning roli va ular qiladigan ishlar ko`lami jadval shaklida aks ettirildi: Rollar .Qilinadigan ishlar. Topag`on. O`rganilayotgan matndan badiiy asar mohiyati va qahramon tabiati aks etgan kalit so`zlarni topadi va tanlaydi Izquvar Asar bosh qahramoni va yetakchi obrazlarning xatti-harakatlari va o`ylarini turli chizma, sxema, jadvallar vositasida ko`rsatmali aks ettiradi Tadqiqotchi Kalit so`zlar va chizmalarga tayanib bosh qahramonning psixologik portretini yaratadi va uning xatti-harakatlari sababini aniqlaydi Aloqachi badiiy matn bilan hayot orasidagi aloqani topadi, adabiy qahramonni bugunning nazari bilan baholaydi Zargar Asarning o`qishliligini ta’minlagan, faqat shu asarda uchraydigan noyob so`z, birikma va ifodalarni topadi va guruh a’zolari e’tiboriga havola qiladi Bezakchi Bosh qahramon va yetakchi timsollar, ularning xatti-harakatlari, asar voqealari kechgan sharoitni aks ettiruvchi rasmlar chizadi Taqdimchi (yetakchi) Vaqtni nazorat qiladi, guruhda material to`plash va muhokama qanday borayotganini kuzatadi. Guruh nomidan chiqish tayyorlaydi, natijani taqdim etadi Ish taqsimotida guruhning har bir a’zosiga bitta vazifa tushishiga erishish maqsadga muvofi q. Yana bir jihatga alohida e’tibor berish kerakki, rollarning nomlanishi ham, ular kichik guruh tarkibida qiladigan ishlar Ilg`or pedagogik texnologiyalar ham aynan shu jadvaldagiday bo`lishi shart emas. Sharoiti va muayyan o`quv guruhidagi vaziyatdan kelib chiqqan holda ularga kerakli tahrir kiritish mumkin. Kichik guruhlarga bo`linib birgalikda o`qishda topilgan kalit so`zlar, yaratilgan psixologik portretlar, taxmin qilingan mantiqiy asoslardan qaysi birini taqdimot jarayoniga olib chiqish kerakligini aniqlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun kichik guruh ichida sog`lom va to`la tenglikka asoslangan muhit shakllantirilishi lozim. Hech qaysi o`quvchi o`zini boshqalardan ortiq sanamagani kabi birortasi o`zini kam ham hisoblamasligi zarur. Aks holda kichik guruhdagi o`quvchilar bir-birlariga ta’sir o`tkaza olmaydilar, binobarin, birbirlarini o`qita olmaydilar. Demakki, birgalikdagi o`qish yuzaga kelmaydi. Har bir kichik guruh ichida bo`lganidek, o`quv guruhidagi barcha kichik guruhlar o`rtasida ham qarashlar bahsini uyushtirish mumkin. Ayonki, har bir kichik guruh o`z nuqtayi nazarini to`g`ri deb biladi. Kichik guruhlar o`rtasidagi bahsdagina qaysi guruhning yondashuvi eng ma’qul ekani aniqlanadi. Ta`lim muassasalarida guruh tarkibidagi o`quvchilarning birgalikdagi o`qishini yo`lga qo`yishda foydalanish mumkin bo`lgan interfaol usullar turli-tumandir. Shulardan birini shartli ravishda “Ikki qismli daftar” deb atash mumkin. Har bir beti chiziq bilan ikki qismga bo`lingan bu daftar mustaqil o`qiladigan yoki o`qib kelish uyga vazifa sifatida berilgan matndagi muhim jihatlarni qayd etish uchun tutiladi. Daftarning chap qismiga egasining, o`ng qismiga esa partadoshining qaydlari yoziladi. Ayni shunday daftar partadoshda ham bo`ladi va ayni yozuvlar unda ham aks etadi. Bu yozuvlar o`quvchilarni o`ziga o`zganing nazari bilan qarashga odatlantira di. Ayni vaqtda muayyan matndagi qaysi jihatni nima uchun nazardan qochirgani haqida o`ylashga o`rgatadi. Biz sinov davrida ko`p qo`llab ko`rgan usullardan yana biri “Juftlikda taqriz yozish” usulidir. Bunda o`qituvchi o`rganilayotgan mavzuning bir qismi yuzasidan partadoshlarga juftlikda taqriz yozishni topshiradi. So`ng partadoshlar o`z taqrizlarini oldingi partadagi juftlikning taqrizi bilan solishtiradilar. Shu tariqa ikkilik to`rt kishilik jamoaga aylanadi va ulardan biri o`z taqrizlarini taqdim etadi. To`rtlik a’zolariga bir xil baho qo`yiladi. O`quv guruhida yangi mavzu shu kabi taqrizlar asosida o`zlashtiriladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, interfaol usullar o`quvchilarda tizimli va ijodiy tafakkur yuritish, tadqiqotchilik ko`nikmalari shakllanishiga xizmat qiladi. Shu tariqa o`quvchilar ta’lim jarayonining subyektiga aylanib, nafaqat o`zlari o`qiydilar, balki bir-birlarini o`qitadigan darajaga yetadilar


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish