4-AMALIY MASHG`ULOT
TEBRANISH PODSHIPNIKLARNING UTKAZISHINI RADIAL BOSIMNING INTENSIVLIGI BUYICHA XISOBLASH
Ishning maqsadi: Nazorat qiluvchi asboblar: shtangensirkullar, mikrometrlar va indikatorlarning asosiy xarakteristikalarini o’rganish.
Ishni bajarish uchun kerakli material va jihozlar. Amaliy ishni bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar. O’lchov asboblarining sxemalari keltirilgan plakatlar. O’lchov asboblari to’plami (shtangenasboblar 2-3 turdagi, mikrometrlar va soat tipidagi indikator) Nazorat qilinadigan detallar.
Topshiriq: O’lchov asboblari va priborlarining asosiy qurilmalarini o’rganish. Berilgan o’lchov asboblarining metrologik parametrlarini tavsiflash va 1.1-jadvalni to’ldirish. Priborlar tuzilish sxemalarini chizish.
Nazariy ma’lumotlar
«Shtangenasbob» umumiy nomlanishda o'ichov vositalarining katta guruhi birlashgan bo'lib, ular chiziqli o'lchamlarni o'lchash uchun mo'ljallangan.
Shtangen asboblarga keng tarqalgan shtangensirkullar, shtangenreysmuslar va shtangenchuquro'lchagichlar kiradi (1.1.-jadval).
1.1–jadval.
Shtangenasboblarning tavsifi
O'lchash vaqtida nonius qurilmasi bo'yicha hisoblash asosiy shkalada millimetrning kasr ulushlarini aniqlashdan iborat bo'ladi. Noniusning nol shtrixi ko'rsatkich bo'lib xizmat qiladi, bo'linmaning ulushlari esa nonius shtrixlaridan binning asosiy shkala shtrixiga to'g'ri kelishi bilan aniqlaniladi (1.1–rasm, b).
1.1–rasm. Shtangenasboblarning nonius shkalalari (a va b), ShTs-I (v); ShTs-II(g), shtangensirkullari, shtangenreysmus (d), ' shtangenchuquro 'Ichagich (e).
Shtangenasbob xatosi tekshirishda aniqlaniladigan xatolik, odatda hisoblash miqdoridan oshmaydi. O'lchash xatoligi, odatda ancha katta bo'lib, tashqi diametrlarni o'lchashda ikki va ichki diametrlarni o'lchashda uch hisoblash miqdorini tashkil etadi, katta o'lchash xatoligining asosiy sababi parallaks hisobiga paydo bo'luvchi o'qish xatoligidir, shtangen sirkullarda qo'shimcha yana Abbe prinsipiga amal qilmaslikdan xatolik yuzagakeladi.
Parallaksdan xatolik paydo bo'lishiga sabab shuki, chizg`ich shkalasi va nonius bir tekislikda joylashmagani uchun operator ko'zining har xil burchak ostida qaraganida shtrixlarning ko'rinuvchi nisbiy siljishi kuzatiladi.
Kuzatuvchining ko'zi to'g'ri (A nuqtada) joylashganda a va b shtrixlar, xuddi AS nur kabi (1.2–rasm, a) bir tekislikda yotishi kerak. Kuzatuvchining ko'zi F nuqtaga siljiganda hisoblashda xato yuzaga keladi:
1.2–rasm. Hisoblashda xatoliklarningpaydo bo'lishi.
(1)
OS ning qiymati ko'rsatkich shtrixi (nonius shkalasi) bilan asosiy shkala shtrixi orasidagi masofa (u) ga bog'liq. Agar kuzatuvchining ko'zi 250 mm masofa (me'yoriy masofa) da joylashgan deb hisoblasak va tajribaga ko'ra AV qiymati 30 mm ga teng deb aniqlasak, unda x (min) qiymati taxminan 0,12u ga teng bo'ladi.
Parallaksdan xatoni kamaytirish uchun kuzatishni shkala tekisligiga perpendikulyar qilib olib borish kerak.
Shtangensirkul ShTs–I (1.1–rasm) chuquro'lchagichga ega. 1 shtangada 2 lablar bilan siljiydigan 4 ramka o'rnatilgan bo'lib uning ham 3 lablari bor. 4 ramka 5 vint bilan siljimas holatga qo'yiladi.
Shtangensirkul ShTs-II ning (1.1-rasm) ShTs–I dan farqi shundaki tashqi va ichki o'lchamlarini o'lchovchi lablarning shakli boshqacha bo'lib o'lchamga aniq qo'yish qurilmasi ham bor. Bu qurilma siljiydigan xomut 7, mikrometrik vint 8, gaykasi 9 hamda belgilovchi 6 vintlardan tuzilgan. Ichki o'lchamlarni o'lchaganda shtangadagi shkala ko'rsatgichiga lablar qalinligi qo'shilishi kerak.
O'lchamni o'lchash uchun oldin shtangensirkul artiladi va tekshirib lablarining zararlanmaganligi aniqlanadi. Nonius shkalasining nolinchi chizig'i shtanga shkalasining nol chizig'i bilan mos tushishi shart hamda o'lchovchi lablari orasidagi tirqish 0,01 mm dan oshmasligi kerak. O'lchash quyidagicha bajariladi: 5 va 6 vintlar bo'shatilib lablar o'lchanuvchi detalga tekiziladi. Siljima 7 ramkaning 6 vinti qisiladi va 9 gayka aylantirilib 4 ramkani 3 lablari bilan detalga yaqinlashtiriladi va tegishi bilan 4 ramkani 5 vint bilan mahkamlab noniusdan asbobning ko'rsatishi o'qiladi.
Shtangenreysmus (1.1–rasm) mahsulot balandliklarini, bo'rtmalarini, belgilashlar ishlarda o'lchash uchun mo'ljallangan. U asosi 6 va unga mahkamlangan 5 shtanga, hamda unda siljuvchi ramka 4 va siljuvchi mikromatrik ramka qurilmasidan iborat. Ramkachaga xomut va 2 qisuvchi vint bilan almashinuvchi belgilash oyoqchasi 3 yoki o'lchovchi oyoqcha 1 (balandliklar va chuqurchani aniqlash uchun) mahkamlanadi.
Shtangenchuqurolchagich (1.1–rasm) chuqurliklar va mahsulot balandliklarini o'lchashga mo'ljallangan.
Mikrometrik asboblarga yalpoq mikrometrlar, mikrometrik chuquro'lchagich va icho'lchagichlar, hamda tish o'lchagich mikrometrlar (2.1–jadval) kiradi. Bu o'lchash vositalarining prinsipial sxemalarida mikrometrik vint va siljimas gaykadan tashkil topgan mikrometrik juft qo'llanadi. Detallarni o'lchashda gaykacha mikrovintning 360° aylanishi uni mikrovintda o'qbo'yicha 0,5 mm siljishini ta'minlaydi.
Mikrometr (1.2–rasm, a) quyidagi konsruksiyaga ega. Halqaning 9 chap tomonida almashinuvchi 1 tovon presslangan, halqaning o'ng tomonida esa 8 o'zak vtulka bilan mikrometrik gayka vazifasini bajaruvchi vtulkaning ong tomonidan tashqi konussimon rezba va aniq ichki tsilrndrik rezba qirqilgan; ichki rezbaga 2 mikrovint buralgan, tashqisiga esa mikrometrik vint juftidagi tirqishni rostlash uchun mo'ljallangan 4 konussimon gayka kiygizilgan. Mikrovint 2 konusli birikma orqali 7 baraban bilan birikkan. Bu birikmada taranglik 5 qalpoqchani tortish bilan hosil qilinadi. Tirsillagich 6 doimo o'lchanuvchi kuchni ta'minlab turadi. Mikrovint gayka 3 yordamida qotiriladi. O'zakning tashqi silindrik sirtida bo'ylama hisoblash chizig'i bo'lib, unga yuqoridan hamda pastdan ikkita millimetrli shkalalar o'yilgan bo'lib ular bir biriga nisbatan 0,5 mm ga siljitilgan. Pastki shkala har 5 mm dan 25 mm uzunlikda raqamlangan. Mikrovint baraban bilan 360° aylantirilganda uning yon sirti o'q yo'nalishi bo'ylab 0,5 mm ga siljiydi. Barabanning oxirida aylana bo'ylab kesilgan ikkinchi (50 bo'linishli) shkalasi bor bo'lib har besh bo'linishda raqamlangan. Mikrovint baraban shkalasi bo'yicha bir bo'linmaga aylansa uning o'q bo'ylab 0,01 mm siljishiga to'g'ri keladi.
O'lchashdan oldin mikrometr qarab chiqiladi, o'zaro harakatlanuvchi detallari tekshiriladi va nolga yoki pastki o'lchash ko'lamiga o'rnatiladi. Mikrometr ko'rsatishini o'qishda avvalo pastki shkaladan sonlarning butun millimetrdagi hisobi, keyin barabandagi shkaladan millimetrning yuzdan bir ulushlari olinib butun qismiga qo'shiladi (1.2–rasm b, hisob 3,23 mm). Agar baraban chekkasi shkalaga chizilgan bo'lakdan o'tsa, olingan natijaga yana 0,5 mm ni qo'shish kerak bo'ladi (1.2–rasm v, hisob 3,71 mm).
O'lchashni bajarish uchun mikrometrni ustunga mahkamlash yoki halqasidan ushlash kerak (1.2–rasm, g). O'lchanuvchi detal mikrometr o'lchovchi sirtlari orasiga 1...2 mm tirqish bilan kiritiladi. Keyin mikrovint tirillagich orqali burahb detal sirtiga tekkanda to'xtatiladi. O'lchashning me'yordagi kuchi tirillagichning 2...3 marta ovoz chiqarishidan aniqlanadi va keyin mikrovint mahkamlanib ko'rsatishi o'qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |