ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИДА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ
15
2. Axborot hususiyatlari va unga ta’sir etuvchi omillar.
Axborot maxsulotning har ikki xususiyatiga: iste’mol qiymatining mavjudligi
(foydaliligi, qadr-qimmati) va qiymatiga(ya’ni ijtimoiy mehnatning ayrim sarfiga) ega
bo’ladi.
Axborot va tovarlar sifatidagi buyum-narsalar ob’ektining umumiy va farqli
xususiyatlari mavjud.
Bu ob’ektlarning odatdagi mahsulot va moddiy zahiralar bilan quyidagi
bog’liqligi bor: ularga iste’mol so’rovi mavjud; ular mulkiy ob’ektlardir, ya’ni ularga
ega bo’lish, foydalanish va egalik qilish mumkin; ular aniq ishlab chiqaruvchilar
(ta’minotchilar)ga ega; ular qiymat va tegishli narxga ega; ular turli shart-sharoitlarda
etkazib berilishi mumkin.
Biroq axborot zahiralari va texnologiyalarning o’zaro bir qator jiddiy farqlari
mavjudki, ular qatoriga quyidagilar kiradi: cheklanmagan miqdorda sotish; amaliy
jihatdan yo’q qilib bo’lmaslik; aniq foydalanuvchilar shart-sharoitlariga invidual
moslash zaruriyati (umumtizimli paketlardan tashqari); ob’ektlarni muallif
hamrohligida etkazib berish majburiyati; nafaqat foydalanish, balki ikkilamchi
tirajlashga ham turli cheklanmalar qo’yish imkoniyati; mualliflik yoki ta’minotchilik
xuquqlariga rioya qilishni identifikatsiyalash (bir xillashtirish)ning murakkabligi;
takrorlanuvchi ob’ektlarning ko’pligi. Turli o’xshash vazifalarni bajaruvchi
mahsulotlardan farqli ravishda, axborot bir aniqlikni turlicha aks ettirishi mumkin.
Masalan, qishloq xo’jaligi maxsulotlari uchun biror bir mahsulotning miqdori haqida
yakuniy axborotning bir necha variantlari taklif etilishi mumkin; bilvosita axborotning
foydaliligi; foydalanish natijasida qadrsizlanish. Chindan ham, ma’lumotlar bilan
tanishib, ulardan ayrimlarining talabga javob bermasligiga ishonch hosil qilib, harid
haqidagi taklifni qondirish to’g’ri bo’ladi.
Axborotning qadrliligi aniqlik darajasi oshgani sayin yoki xabar qilinayotgan va
aniq natijalar o’rtasidagi farq kamayganda tez ko’tariladi. To’liqroq va ishonchli
axborot to’g’ri qarorni qabul qilishni ta’minlaydi.
Axborotning qimmati ushlanib qolish vaqti oshishi bilan kamayadi, shu tufayli
axborot eskiradi.
Axborotni qayta ishlashda ushlanib qolish kamayganda, birinchidan, qarorlar
oldinroq qabul qilinishi mumkin, ikkinchidan, uning mazmuni yaxshilaniladi.
Axborot foydali bo’lishi uchun har bir daqiqada hal etiladigan muammo bilan
bog’liq bo’lishi lozim. Faqat ishga tegishli axborotlar foydalanuvchilarga o’z vaqtida
va mazmunli qaror qabul qilish imkonini beradi.
Shunday qilib, axborotning qiymati faqat uning miqdori bilangina belgilanmaydi.
Axborot birligining qiymati yoki murakkabliligi darajasiga qarab baholash ham
muhim. Unda boshqaruv xodimlari ishini ular ishlab chiqarayotgan axborot miqdori
va qiymati bo’yicha (boshqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |