2.Axborotlarning nazariy asoslari.
Reja:
1.
Axborot xaqida tushuncha, Axborotning xossalari
2.
Axborot hususiyatlari va unga ta’sir etuvchi omillar
3.
Kompyuterning arifmetik va mantiqiy asoslari
1.
Axborot xaqida tushuncha. Axborotning xossalari.
"Axborot" (informatio) so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib biron-bir voqea,
hodisa, jarayon yoki faoliyat haqida xabar qilish ma’nosini bildiradi. Axborot
tushunchasi real voqe’likning amaliy holatini to’la mazmunda aks ettirishdan iboratdir.
Axborot atrof-muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o’lchamlari, xosiyatlari va
holatlari to’g’risidagi ma’lumotlardir. Keng ma’noda axborot insonlar o’rtasida
ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o’rtasida signallar ayirboshlashni
ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |