Tadqiqot ob’ekti
sifatida Namangan viloyati qishloq xo’jaligi tarmoqlari tanlangan.
Tadqiqotning predmeti.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlar tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Tadqiqotning ilmiy – metodologik asoslari.
Tadqiqotning ilmiy-metodologik asosini
mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimovning mavzuga oid asarlari, O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, xorijlik va mamlakatimiz iqtisodchi
olimlarining asarlari tashkil qiladi.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati.
Amalga oshirilgan tadqiqot natijalaridan
Namangan viloyati qishloq xo’jaligini tartiblash va qo’llab-quvvatlashning istiqbolli dasturlarini
ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
BMIning tuzilishi va hajmi
qo’yilgan maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo’lib,
kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Ilmiy ishning
kirish
qismida mavzuning dolzarbligi, muammoning o’rganilganlik
darajasi, BMIning ob’ekti va predmeti, maqsad va vazifalari, ilmiy-amaliy ahamiyati va
boshqalar bayon qilingan.
BMIning
birinchi bobi
«Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va uni iqtisodiy
samaradorligini oshirishning nazariy asoslari” deb nomlanib, unda qishloq ho’jaligi tarmoqlari
samaradorligi va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab
chiqarishning samaradorligi ko’rsatkichlari va uni aniqlash usullari, qishloq xo’jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish va uning samaradorligini oshirish masalalari o’rganilgan.
Tadqiqotning
ikkinchi bobi
“Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab
chiqarishning hozirgi holati va uning iqtisodiy tahlili”da – Namangan viloyatida qishloq xo’jalik
mahslotlari ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlari, Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar, qishloq xo’jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda infratuzilmalar tizimi va iqtisodiy
tahlillar olib borilgan
BMI uchinchi bobi “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida qishloq ho’jalik
mahsulotlari yetishtirish iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari” deb
nomlanib, unda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida qishloq xo’jalik korxonalari
daromadini oshirishning asosiy muammolari, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda
xorijiy investitsiyalarni jalb etish samaradorligi, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida
qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’nalishlari asoslab
berilgan
Ilmiy ishning
xulosa
qismida amalga oshirilgan tadqiqot natija-lari umumlashtirilgan,
taklif va ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |