24
Bizningcha, Namangan viloyatida qishloq infratuzilmalarini istiqbolda rivojlantirishda aholi
joylashuvi va uning xo’jalik faoliyati tumanning xo’jalik xo’jalik ixtisoslashuvi, investitsion
resurslarni jalb qilish hamda davlatning qo’llab-quvvatlash kabi bir qator ustivor yo’nalishlar va
vazifalar e’tiborga olinmog’i lozim.
Aholi joylashuvi va uning xo’jalik faoliyati hamda kadrlar salohiyati istiqbolda qishloq
infratuzilmalarini tashkil etish va rivojlantirishdagi asosiy e’tiborini jalb qiluvchi yo’nalishlardan
biri hisoblanadi. Bu xizmat ko’rsatish borasidagi faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari bilan
sanalib, unda ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlarining bir paytda sodir bo’lishi hamda shu
asosida xizmat ko’rsatishda kadrlarning malaka va salohiyati ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifat
darajasini belgilab berishi bilan izohlanadi. Bugungi kunda Namangan viloyatida 64,7 ming ishga
yaroqli aholining 40 ming nafari ijtimoiy ishlab chiqarishning u yoki bu sohasida band bo’lib,
muntazam ish o’rin bilan ta’minlanganlar soni 24,7 mingtani tashkil qiladi. Ayni paytda
tumanlardagi aholini viloyat markazi Namangan shahriga mayatniksimon (mehnat) migratsiyasi
yuqoridir. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, oliy ma’lumotli mutaxassislar o’rtasida o’z ixtisosligi
bo’yicha band bo’lmaganlar ko’rsatkichida Norin tumani viloyat tumanlari o’rtasida birinchi
o’rinni egallaydi. Ana shu xususiyatlarga ko’ra, aholining malakaviy va kasbiy salohiyatidan
unumli foydalanishda infratuzilmalar tizimini tashkil etish eng maqbul yo’llardan hisoblanadi.
Viloyatning xo’jalik ixtisoslashuvini inobatga olish tashkil etiladigan infratuzilmalar
tizimining barqaror faoliyati uchun zamin tayyorlaydi. Ma’lumki, infratuzilmalarning samarali
faoliyati ko’p jihatdan moddiy ishlab chiqarish bilan bog’liqdir. Aynan moddiy ishlab chiqarishda
yaratilayotgan ijtimoiy mahsulot va undan topilayotgan daromadlar infratuzilmalar xizmatini
rivojlantirishni, takomillashtirishni rag’batlantiradi. SHu jihatdan Namangan viloyatida kelajakda
kishloq infratuzilmalarini tashkil etishda tumanning bugungi xo’jalik ixtisoslashuvini, shuningdek,
aholining tarixan shakllangan xo’jalik faoliyatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Ayni
paytda mamlakat iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlar yo’nalishlaridan biri
qishloq joylarida sanoat ishlab chiqarishini yo’lga qo’yishdan iborat bo’lib, kelgusida tashkil
etiladigan oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari (ular asosan kichik hajmda va mahalliy
iste’molni qondirishga yo’naltirilgan bo’ladi) uchun xizmat ko’rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini
yo’lga qo’yishni taqozo qiladi.
Yuqoridagi paragraflarda ta’kidlab o’tilganidek, Namangan viloyatining bugungi moliyaviy
holati tumanni kelgusida ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishga imkon bermaydi. CHunonchi, viloyat
byudjeti xarajatlarining 20 foizdan ortig’i dotatsiya hisobiga qoplanishi, viloyat xo’jaligining
bevosita investitsiyalar jalb qilinishiga to’sqinlik qiluvchi asosiy sababdir. CHunki, viloyatning
bugungi sharoitida unga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar kiritish o’ta yuqori darajadagi
tavakkalchilik sharoitidagina amalga oshirilishi mumkin. SHuning uchun ham viloyat xo’jaligiga
asosan portfeli yoki maqsadli davlat dasturlari doirasida investitsiyalar jalb qilishgina o’zini
oqlashi mumkin. Lekin shu bilan birga ta’kidlash joizki, investitsiyalar jalb qilinishida joy yoki
xo’jalikning moliyaviy holatidan tashqari yana bir omil, ya’ni, xo’jalikda qaysi tarmoqning
rivojlanganligi ham ta’sir ko’rsatadi. Ma’lumki, qishloq xo’jaligi boshqa sohalarga nisbatan eng
kam investitsiyalar jalb qilinadigan tarmoq hisoblanadi. SHu sababli viloyat xo’jaligiga kelgusida
investitsiyalar dasturini ishlab chiqishda, sanoat hamda xizmat ko’rsatish tarmoqlarini tashkil etish
masalalariga diqqatni qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlar milliy modelining o’ziga xos tomonlaridan biri jamiyat hayotining barcha
jabxalari islohotlar davrida davlat qo’llab-quvvatlashiga tayanishidir. Ayniqsa, birinchi galda
ijtimoiy sohalarni, ijtimoiy infratuzilmalar tizimini rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil
qilish munosabatlari davlat qo’llab-quvvatlashining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
SHundan kelib chiqqan holda Namangan viloyati xo’jaligi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
viloyatda istiqbolda qishloq infratuzilmalarini, xususan, qishloq ijtimoiy infratuzilmalarini
rivojlantirishda davlat ko’magiga tayanish kutilgan samarani beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: