II bob. Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning hozirgi
holati va uning iqtisodiy tahlili
2.1. Namangan viloyatida qishloq xo’jalik mahslotlari ishlab chiqarishning o’ziga xos
xususiyatlari
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qishloq xo’jaligi tarmoqlari
shakllanishi va
samarali faoliyat ko’rsatishi qator omillarga bog’liq. Avvalo, tabiiy omillar, ya’ni yer-suv
resurslari, hayvonot va o’simliklar dunyosi talab etiladi. SHuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarning ahamiyati katta. Jumladan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, aholi va mehnat
resurslari, agrotexnik jarayonlar va bozor infratuzilmasi tarmoqlari yanada kuchliroq ta’sir
ko’rsatadi. Bunga o’xshash shart-sharoitlar mamlakatning turli mintaqalarida bir xil emas.
Namangan viloyatining umumiy yer maydoni 7,44 ming kv.km. Viloyat chegaralarining
muhim xususiyatlaridan biri ularning aksariyati tekislik-lar orqali o’tishidir. Hatto qo’shni
respublikalar (Qirg’iziston va Tojikiston Respublikalari) o’rtasidagi chegaralar ham qulaydir.
Ularni bog’lab turuvchi transport yo’llari ham tarixiy-iqtisodiy jihatdan yaxshi o’zlashtirilgan
hududlar orqali o’tadi. Umuman olganda, viloyatning geografik o’rni uning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga qulayliklar yaratadi.
Tabiiy omillar Namangan viloyatida qishloq xo’jaligi tarmoqlari shakllanishi va faoliyati
samaradorligi uchun ijobiy baholanadi. Viloyat hududining geologik tuzilishi ancha murakkab
bo’lib, vertikal mintaqalilik (tekislik-tog’) yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Yer yuzasi shimoldan
janubga va g’arbdan sharqqa tomon pasayib boradi. Tekislik mintaqasida (Mingbuloq tumani)
g’arbiy shamollarning sekundiga 15 metrdan ortiq harakatlanishi qishloq xo’jalik mahsulotlari
ishlab chiqarishga sezilarli darajada zarar yetkazadi. Bug’lanishning yuqori bo’lishi (120-150
mm) va qish oylarida ham (10 mm) davom etishi sho’rlanish va ikkilamchi sho’rlanishning
oldini olishga qaratilgan meliorativ tadbirlar majmuasini amalga oshirishni taqozo etadi.
Qishloq xo’jaligining ixtisoslashuvida yer va suv resurslari muhim o’rin tutadi. Pop
tumanidan Uychi tumanining sharqiy hududlariga qadar uziq-uziq ko’tarilib turgan och tusli bo’z
tuproqlar egallab yotadi. Viloyat hududining 60 foizida sug’orma dehqonchilik rivojlangan.
Sug’orma dehqonchilikda intensiv rivojlangan adirlar mintaqasi – Pop, CHust, To’raqo’rg’on
(shimoliy hududlarida), Kosonsoy tumanlari alohida o’rinda turadi. SHuningdek, XX asrning 70-
yillari o’rtalaridan boshlab adirlarning intensiv o’zlashtirilishi oqibatida tuproqning yuqori
unumdorlik qoplami yuvilib, shag’alli qismlari ochilib qolishdan tashqari, suv urib ketgan
o’pirilmalar yuzaga kelmoqda. Sug’orish eroziyasiga qarshi tadbirlar majmuasini, ya’ni paxta va
g’allani almashlab ekish asosida tuproq tarkibini yaxshilash, uning yuvilishga chidamlilik
darajasini oshirish, turli polimerlardan foydalanish va sug’orish agrotexnikasini tubdan
yaxshilash kabilarni amalga oshirishni taqozo etadi. Namangan viloyati aynan shu jihatlari bilan
ham qo’shni Farg’ona va Andijon viloyatlaridan farq qiladi.
Mintaqa hududini tashkil etgan daryo va soylar muhim xo’jalik ahamiyatiga molikdir. Bu
yerda 20 ga yaqin daryo va mavsumiy soylar bor. Mavjud suv resurslari qadimdan sug’orma
dexqonchilikni rivojlantirish va aholi joylashuvining asosi bo’lib xizmat qilgan. 1920-1930
yillarda Norin, G’ovasoy, Podshootasoy, Yangiariq, Kosonsoy, CHortoqsoy hamda bir necha
sun’iy sug’orish tizimlaridan foydalanish orqali minglab gektar yerlarni o’zlashtirish va suv
ta’minotini yaxshilashga erishildi. SHuningdek, 1942 yilda Kosonsoy va CHust tumanlari
hududidan 40 km.dan iborat CHust kanalini o’tkazilishi viloyatning adir mintaqasida 4,4 ming
gektarga yaqin yerlarni o’zlashtirishga sabab bo’ldi. Bundan tashqari, Xodikent kanalini
kengaytirilishi va uzaytirilishi ham ushbu hududda qo’shimcha yerlarning o’zlashtirish imkonini
berdi.
Viloyatda 1966-1970 yillarda irrigatsiya qurilishlari va artezian quduqlar barpo etilishi
natijasida 16,7 ming gektarga yaqin yerlar o’zlashti-rildi va 6,0 ming gektar adir yerlarning suv
17
ta’minoti yaxshilandi. Katta Namangan kanalining barpo etilishi ham qishloq xo’jaligida 20,0
ming gektar yerni kengaytirishga sabab bo’ldi
1
.
Namangan viloyatidan 2 ta daryo oqib o’tadi. Norin daryosining uzun-ligi viloyat
hududida 38 km.ni tashkil etib, suv o’tkazish qobiliyati 3000 kubometrga va Qoradaryo uzunligi
20 km., suv o’tkazish qobiliyati 8000 kubometrga teng. Bu daryolar qo’shilib, O’rta Osiyoning
asosiy suv havzalari-dan biri Sirdaryoni (viloyat hududida uzunligi 96 km., suv o’tkazish
qobiliyati 4000 kubometr) hosil qiladi. Tyan-SHanь tog’ tizimiga kiruvchi tog’lardan ko’plab
daryo va soylar viloyatning adir, adirorti tekisliklari va tog’ oldi hududlarini intensiv
o’zlashtirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda ularning aksariyati Sirdaryoga deyarli yetib
bormaydi va tamomila sug’orishga sarflanadi.
Umuman, Namangan viloyati umumiy yer maydoni jihatidan Farg’ona vodiysi viloyatlari
orasida yetakchi o’rinda turadi va mamlakatning boshqa viloyatlariga nisbatan suv bilan
ta’minlanganlik darajasi yuqori bo’lishi-ga qaramay, mintaqaning shimoliy hududlaridagi daryo
va soylar Andijon, Farg’ona viloyatlariga qaraganda kamsuvligi bilan ajralib turadi.
SHuningdek, Toshkent va Jizzax viloyatlari kabi tabiiy resurslar salohiya-tining nisbatan
kattaligi hamda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tarki-bida dehqonchilik mahsulotlari o’rtacha
56,0 foizni tashkil etishi bilan ma’lum bir afzalliklarga ega.
Ayni vaqtda Namangan viloyati agroiqlimiy xususiyatlar natijasida shakllangan qishloq
xo’jaligi mintaqasi hisoblanib, mavjud tabiiy hamda ichki omillar paxta sanoat majmuasi,
bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik va shu bilan bir qatorda chorvachilikning
rivojlanishiga ijo-biy ta’sir etadi.
1960 yillardan boshlab Namangan shahri atrofida va tog’oldi hududi-da ixtisoslashgan
xo’jaliklar (qishloq xo’jaligini xalqasimon joylash-tirish – «Tyunen xalqalari»
1
) yuzaga keldi.
1970 yilning o’rtalaridan boshlab CHortoq, Yangiqo’rg’on, Kosonsoy tumanlarining tog’oldi
hududlarida «oziq-ovqat» mintaqasini barpo etish yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar tufayli
paxta xomashyosini «baland tog’ mintaqasida» yetishti-rishga ham barham berildi. SHuningdek,
sabzavot ekinlari deyarli barcha paxtachilik va bog’dorchilik-uzumchilik xo’jaliklarida, poliz
mahsulotlari esa asosan tekislik mintaqasida – Mingbuloq, Pop tumanlarida yetishtiri-ladi.
Kartoshkachilik tog’oldi CHust, Kosonsoy, Yangiqo’rg’on, CHortoq tuman-lari xo’jaliklarida
yetishtiriladi.
Bog’dorchilik qadimiy soha bo’lishiga qaramay, 1993 yildan boshlab bog’larning
tarkibini o’zgartirish, danak mevali bog’larni kengaytirish sohasida jiddiy tadbirlar amalga
oshirildi. Uzumchilik mahalliy xarak-terga ega bo’lib, uning xo’raki navlari asosan aholi
xo’jaliklarida, vinobop navlari esa tekislik, adir va tog’oldi hududlarida joylashgan qishloq
xo’jaligi korxonalarida rivojlangan.
Bugungi kunda qulay agroiqlimiy shart-sharoitlar ta’sirida mintaqa qishloq xo’jaligida
o’ziga xos tarmoqlar va hududlar ishlab chiqarishi vujudga keldi. Mintaqada asosan sug’orma
dehqonchilik rivojlangan bo’lib, paxtachilik, donchilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik va
polizchilik tarmoq-lari shakllangan. Ayni vaqtda, chorvachilik tarmog’ida qo’ychilik va
echkichi-lik, qoramolchilik, parrandachilik rivojlangan bo’lib, bu tarmoqda dehqon
xo’jaliklarining ulushi yuqoriligi bois ixtisoslashgan soha hisoblan-maydi.
Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi ekin maydonlari tarkibi-ning o’zgarishi uning
hosildorigiga ham jiddiy ta’sir qildi. Jumladan, paxta maydonlarining qisqarishi hisobiga paxta
hosildorligi 1991 yilda 31,1 tsentnerni tashkil etgan bo’lsa, 2009 yilga kelib bu ko’rsatkich 26,1
tsentnerni yoki 16 foizga kamaydi. G’alla maydonlarining kengayishi qishloq xo’jaligidagi
tarkibiy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ldi. 1991 yilda g’alla hosildorligi 35,6 tsentnerni, 2009
yilda 50,8 tsentnerni yoki 142,7 foizga teng bo’ldi. Lekin, meva va uzum yetishtirishdagi
hosildorlik sezilarli ravishda pasaydi (1-jadval).
1
Abdullaev O. Namangan viloyati (tabiati, aholisi, xo’jaligi).-Namangan: NamDU, 1995. – 24-23-b.
1
Mintaqaviy iqtisodiyot. O’quv qo’llanma/ A.S.Soliev, E.A.Ahmedov, R.Y.Mahamadaliev va b. – T.: Universitet,
2003. – 57-58-b.
18
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |