Ishlatish joylari keltirilgan


Yig‘ma temir-beton konstruksiyalarni loyihalash



Download 19,98 Mb.
bet58/128
Sana03.11.2022
Hajmi19,98 Mb.
#859620
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   128
Bog'liq
Korxonada (DARSLIK)

Yig‘ma temir-beton konstruksiyalarni loyihalash


Yig‘ma temir-beton konstruksiyalarning grajdan va sanoat binolari hamda injenerlik inshootlari qurilishidagi salmog‘i yildan-yil kamayib borishi kuzatilmoqda. Bunga sabab ishlab chiqarish bazalarini yaratishdagi xarajatlar, yig‘ma temir-beton konstruksiyalarni tayyorlash uchun metall va energiya sarfining yuqoriligi hisoblanadi.
Bundan tashqari konstruksiyalarni tashish va ularni montaj qilishda yuk ko‘tarish qobiliyati katta bo‘lgan bo‘lgan kranlarning talab etilishidir.
Bir xil tipdagi yig‘ma temirbeton konstruksiyalar zavod sharoitida tayyorlanib, keng ko‘lamda quriladigan bino va inshootlarda qo‘llanilgan taqdirda ularning samaradorligi oshadi. SHuning uchun bino va inshootlar yig‘ma elementlarga ajratilayotgan vaqtda mumkin darajada bir hil tipdagi konstruksiya va elementlarga ajratilishi lozim. Masalan, sanoat qurilishida ishlatiladigan temir beton to‘sinlar, fermalar, grajdan (jamoa) qurilishida ham ishlatilishi mumkin. Xuddi shunday tom plitalari, ustunlar, devor panellari va boshqalarni misol keltirish mumkin.
Bino va inshootlarni yig‘ma elementlarga ajratishda quyidagi talablar e’tiborga olinishi shart:

      1. montaj qilish uchun ishlatiladigan ko‘tarma kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati;

      2. tashish uchun ishlatiladigan mashinalarning yuk ko‘tarish qobiliyati;

      3. yig‘ma element o‘lchamlari.

      4. yig‘ma elementlarni tayyorlanish texnologiyasi.

Yig‘ma elementlarni mumkin darajada yiriklashtirish maqsadga muvofikdir. Bunda montaj qilish jarayonida ko‘tarish, o‘rnatish operatsiyalari soni va montaj choklari soni kamayadi.
Grajdan binolarida orayopma va yopmalarning o‘lchamini xona o‘lchamiga teng qilib olish maqsadga muvofiqdir. Yirik panelli konstruksiyalardan tiklanadigan binolarda esa devor panellarining o‘lchamini xona balandigi va eniga teng qilib olish tavsiya etiladi.
Sanoat binolarida tom konstruksiyalarining o‘lchamlarini mumkin darajada katta qabul qilish tavsiya etiladi.
Bazi hollarda yig‘ma elementlarni yiriklashtirish ularning og‘irligi bilan chegaralanadi. Bu holatlarda yig‘ma elementlarning kesimida bo‘shliqlar hosil qilinib engillashtirilishi, mustahkamligi yuqori bo‘lgan beton va armaturalarni ishlatilishi hisobiga konstruksiya kesimi o‘lchamlarini kamaytirish va shu hisobiga uning og‘irligini ham kamaytirishga erishish mumkin. Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar texnologiyabop bo‘lishi shart.
Texnologiyabop deb, zavod sharoitida yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan mashina va mexanizmlar yordamida qo‘l mehnatidan foydalanilmasdan keng ko‘lamda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan elementlarga aytiladi.
Qo‘p qavatli binolarni alohida yig‘ma elementlarga ajratilishini ko‘rib chiqaylik. Ko‘p qavatli binolar konstruksiyalarining ishlash sharoitiga qarab yig‘ma elementlarga ajratilganda tugunlar eguvchi
momentlarning eng kam miqdori hosil bo‘ladigan joylarda hosil qilinadi (6.14 rasm). Bu holatda ko‘p qavatli bino ustunlarini konsoli qilib tayyorlashga to‘g‘ri keladi. Konsolli ustunlarni konveer va potok- agregat usulida tayyorlash texnologiyabop bo‘lmaydi. SHuning uchun ko‘p qavatli sinchli binolar yig‘ma chiziqli elementlarga konsolsiz qilib ajratiladi. Bunda elementlarni konveer va potok-agregat usulida tayyorlash texnologiyabop hisoblanadi.
Konsolli ustunlar stend usulida oson tayyorlanadi va texnologiyabop hisoblanadi.
Hamma yig‘ma elementlarda ularni bir-biri bilan biriktirish uchun beton tanasida biriktiruvchi detallar qo‘yiladi. Biriktiruvchi detallar asosan metallardan tayyorlanib, yig‘ma temirbeton konstruksiya tanasiga ankerlanadi. Konstruksiyaning ishlash sharoitiga bog‘liq ravishda biriktiruvchi detallar cho‘zilishga, siqilishga va egilishga hisoblanadi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalar va ularning elementlari montaj qilish bo‘yicha ham texnologiyabop bo‘lishi shart. Masalan, yig‘ma temirbeton ustunlarning bir biri bilan birikish tugunining pol sathidan 800... 1000 mm balandlikda joylashishi ham texnologiya talablari bo‘yicha tayinlanadi.
Yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni montaj qilishda ularni ko‘tarish uchun halqalar qo‘yiladi. Halqalarning ko‘ndalang kesim yuzasi hisob bo‘yicha qabul qilinadi. Halqalar uchun dinamik ta’sirilarga yaxshi qarshilik ko‘rsatadigan VSt 3sp2 markali po‘latdan tayyorlanadigan A-I sinfli, 10GT markali po‘latdan tayyorlanadigan A-II sinfi armaturalar ishlatiladi. Halqalarning ko‘ndalang kesim yuzalari hisob bo‘yicha qabul qilinadi.

    1. Download 19,98 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish