Ishlatish joylari keltirilgan


Mustaqil nazorat uchun savollari



Download 19,98 Mb.
bet60/128
Sana03.11.2022
Hajmi19,98 Mb.
#859620
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128
Bog'liq
Korxonada (DARSLIK)

Mustaqil nazorat uchun savollari



  1. Bino va inshootlarning konstruktiv echimlari qanday qabul qilinadi?

  2. Yig‘ma temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda qanaqa talablar qo‘yiladi?

  3. YAxlit temir-beton konstruksiyalar tayyorlashda kanaqa talablar qo‘yiladi?

  4. Seysmik tumanlarda tiklanadigan bino va inshootlarni loyihalashga qanaqa holatlarga e’tibor beriladi?

  5. Bino va konstruksiyalarni unifikatsiyalash deganda nima tushuniladi?

  6. Modul tizimi nima?

  7. Bir qavatli sanoat binolari qanday loyihalanadi?

  8. Ko‘p qavatli sanoat binolari qanday loyihalanadi?

  9. Turar joy va jamoat binolari qanday loyihalanadi?

  10. Yig‘ma temir-beton konstruksiyalarni loyihalashda qanaqa talablar qo‘yiladi?

  11. Bino va inshootlarni qayta qurish (rekonstruksiyalash) deganda nima tushuniladi?

VII–BOB. OLDINDAN ZO‘RIQTIRILGAN ELEMENTLARNI HISOBLASH VA ULARNI LOYIHALASH PRINSIPLARI


    1. Oldindan zo‘riqtirishning mohiyati va zo‘riqtirish usullari Betonning asosiy kamchiliklaridan biri uning cho‘zilishdagi mustahkamligining yuqori emasligidir. Bu holat temirbeton konstruksiyalarning yoriqlar paydo bo‘lishiga qarshiligini pasaytirib, hizmat qilish muddatini kamaytiradi. Temirbetonni oldindan zo‘riqtirish g‘oyasi cho‘zilishga qarshiligi past bo‘lgan betonda sun’iy ravishda siquvchi kuchlanishlar hosil qilib, uning cho‘zilishdagi qarshiligini oshirishdan iborat. Temirbeton konstruksiyalarning cho‘ziladigan armaturalari tayyorlanish jarayonida oldindan taranglashtirilib qo‘zg‘almas tayanchlarga mahkamlanadi. Natijada armaturalarda ma’lum bir miqdordagi kuchlanish hosil bo‘ladi. Beton ma’lum bir mustahkamlikka erishgandan keyin armaturalar tayanchlardan bo‘shatiladi. Bo‘shatilgan armaturalar betonni qisib unda sun’iy siquvchi kuchlanish hosil qiladi. Bu konstruksiyalarni oldindan zo‘riqtirish deb aytiladi. Konstruksiyalarni oldindan zo‘riqtirish yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan armaturadan foydalanish imkonini beradi va po‘lat sarfini kamaytiradi. Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni qo‘llash iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. CHunki bunda beton va armaturaning mustahkamlik xususiyatlaridan to‘liq foydalaniladi. Bundan tashqari oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarning yoriq bardoshligi oshadi va ularning xizmat qilish muddati uzayadi. YUqori mustahkamlikka ega bo‘lgan beton va armaturalardan foydalanish hisobiga

beton va armatura sarfi kamayadi.
Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalardan foydalanish birinchi marta Fransiyada 1928 yilda fransuz injeneri E.Freysine tomonidan
amalga oshirilgan. Rossiyada oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni amaliyotga joriy qilishda 1932 yili prof. V.V.Mixaylov tomonidan keng ko‘lamda bajarilgan amaliy tadqiqotlar asos bo‘lgan.
Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni qurilish amaliyotida ko‘llash natijasida temirbeton konstruksiyalarning ishlatilish ko‘lami kengayib bordi. Katta oraliqlarni yopish uchun oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar sifatida to‘sin va fermalar, yupqa devorli tom konstruksiyalari ishlatilmoqda.
Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalar sanoat va fuqaro qurilishida, maxsus inshootlar qurilishida (elevatorlar, siloslar, bosimli ostida ishlaydigan quvurlar, aerodrom plitalari, temirbeton qoziqlar, ko‘prik tayanchi qoziqlari) keng ko‘lamda ko‘llanilmoqda.
Temir-beton konstruksiyalarning ishlash sharoitiga qarab armaturalar bir yo‘nalish bo‘yicha (to‘sinlarda, fermalarda va hokazo), ikki yo‘nalish bo‘yicha (plitalarda, qobiqlar ning izoralarida va hokazo) hamda uch yo‘nalish bo‘yicha (massiv konstruksiyalarda) taranglashtirilishi mumkin. Temir-beton konstruksiyalarning takomillashini ta’minlovchi omillardan biri, bu oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishdan iboratdir. Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarni qo‘llashda yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan beton va armatura hisobiga beton hamda armatura sarfini kamaytirish mumkin. SHu bilan birga konstruksiyalarning darz ketishiga chidamligi oshadi, salqiligi kamayadi. Ko‘p marta qayta takror ta’sir qiladigan yuklarga konstruksiyaning chidamliligi oshadi. Agressiv muhitda ishlaydigan konstruk siyalarning xizmat muddati uzayadi. Beton hajmining kamayishi hisobiga konstruksiya larning xususiy og‘irliklari kamayadi va temir- betonning qo‘llanish sohasi kengayadi.

    1. Download 19,98 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish