Ishlatish joylari keltirilgan



Download 19,98 Mb.
bet31/128
Sana03.11.2022
Hajmi19,98 Mb.
#859620
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128
Bog'liq
Korxonada (DARSLIK)

Qisqa muddatli yuklarga uskunalarni ishga tushirish va to‘xtatish, ko‘chirish va sinash jarayonida hosil bo‘ladigan yuklar, uskunalarni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish zonalaridagi odamlar va ta’mirlash materiallari og‘irligidan hosil bo‘ladigan yuk- lar, turar–joy, jamoat va qishloq xo‘jaligi binolari orayopmalariga odamlar, hayvon- lar va uskunalar og‘irligidan hosil bo‘ladigan yuklarning to‘liq normativ qiymatlari, qor yuki, shamol, kranlardan hosil bo‘ladigan yuklarning 30% dan 50% gacha bo‘lgan qiymati, shamolning bosimidan hosil bo‘ladigan yuk, qor qoplami og‘irligining 40% dan 70% gacha bo‘lgan qiymati (III...VI rayonlar uchun) va boshqa yuklar qabul qilinadi.

va boshqa yuklar kiradi. Qisqa muddatli yuklar haqida to‘liq ma’lumot QMQ 2.01.07– 96 [2] «YUklar va ta’sirlar» da keltirilgan.
Maxsus yuklar turiga seysmik va portlash natijasida vujudga keladigan ta’sirlar kiradi.
YUklar ikki xil, normativ va xisobiy, bo‘ladi.
YUklarning normativ qiymatlari ularning o‘zgaruvchanligini e’tiborga olgan holda oldindan berilgan ehtimollik bilan o‘rtacha qiymatdan cheklanishini hisobga olib tayinlanadi.
Doimiy yuklarning me’yoriy qiymatlari loyihada qabul qilingan konstruksiya va elementlar geometrik o‘lchamlari hamda konstruksiya va elementlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar o‘rtacha zichligi bo‘yicha hisoblanadi. Vaqtinchalik texno- logik va montaj yuklarning normativ qiymatlari konstruksiyalarni normal eksplua- tatsiya qilish shartidan eng katta miqdorlarda tayinlanadi. Qor va shamol yuklari yil- lik o‘rtacha qiymatning eng noqulayi bo‘yicha qabul qilinadi.
Hisobiy yuklardan konstruksiyalarni mustahkamlik va ustivorlikka hisoblashda foydalaniladi. Hisobiy yuklarning qiymatlari normativ qiymatlarini yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlari f ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Masalan, doimiy yuklar uchun yukning hisobiy qiymat quyidagicha aniqlanadi g =gnf , gn doimiy yukning normativ qiymati; f doimiy yuklar uchun ishonchlilik koeffitsienti. Beton va temirbeton konstruksiyalar uchun f = 1,1 qabul qilinadi. Hajmiy og‘irligi 1600 kg/m3 va undan kam bo‘lgan engil betonlar, zavod sharoitida tayyorlanadigan to‘shamalar, issiqlik saqlovchi materiallar uchun f = 1,2 qabul qilinadi. Qurilish maydonida tayyorlanadigan to‘shamalar, issiqlik saqlovchi materiallar uchun f = 1,3 qabul qilinadi.
Vaqtinchalik yuklar uchun yuklarning hisobiy qiymatlarini aniqlashda yuk bo‘yi- cha ishonchlilik koeffitsientlari f ning qiymatlari yuk miqdoriga bog‘liq ravishda qabul qilinadi. Masalan, vaqtinchalik yukning to‘liq normativ qiymati pn < 2,0 kPa bo‘lganda
f = 1,3, pn > 2,0 kPa bo‘lganda esa, f = 1,3 qabul qilinadi. YA’ni mustahkamlikka hisoblashda hamma vaqt yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlarining qiymati f >1,0 qabul qilinadi.
Konstruksiyalar umumiy ustivorlikka hisoblanganda saqlab qoluvchi moment

bilan og‘natuvchi moment o‘rtasida quyidagi shart bajarilishi lozim, ya’ni
Moguvchi 1,3 .
Msaklovchi /

Saqlovchi momentning qiymati konstruksiya og‘irligadan hosil bo‘ladigan yukni yuk elkasiga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi, ya’ni Msaqlovchi =Ge. Bu erda G – kon- struksiya og‘irligidan hosil bo‘ladigan yuk; e – G yuk qo‘yilgan nuqtadan og‘ish nuqtasi- gacha bo‘lgan masofa. Ustivorlik uchun Msaqlovchi momentning eng kam qiymati xavfli hisoblanadi. Uning uchun konstruksiya og‘irligidan hosil buladigan G yukni aniqlashda yukning normativ qiymati Gn ,birdan kichik bo‘lgan f <1,0 yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientiga ko‘paytiriladi.
Og‘uvchi momentning qiymati gorizontal yuklar ta’siridan aniqlanadi.
YUk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlari f haqida to‘liq ma’lumot 2.1 jadvalda va QMQ 2.01.07–96 [2] «YUklar va ta’sirlar» da keltirilgan.
Konstruksiyalar chegaraviy holatlarning II guruhi bo‘yicha hisoblanganda yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlari f =1,0 qabul qilinadi.
2.2 – jadval. Qurilish konstruksiyalari, tuproq va asbob – uskunalar og‘irligidan tushadigan statistik yuklar uchun ishonchlilik koeffitsientlari





Konstruksiyalar, tuproq va asboblar

Koeffitsient
f

1

Metall konstruksiyalar

1,05

2

Zichligi >1600 kg/m3 bo‘lgan beton, temirbeton, tosh–g‘isht,
armotosh va yog‘och konstruksiyalar

1,1

3

Zichligi < 1600 kg/m3 bo‘lgan beton, himoyalovchi, tekis- lovchi va pardozlovchi qatlamlar (plitalar, rulonli materiallar, ko‘muvchi, silliqlovchi, suvoqlovchi qatlamlar va boshqalar) zavod sharoitida tayyorlanadigan bo‘lsa
qurilish maydonida tayyorlanadigan bo‘lsa

1,2
1,3

4

Tabiiy holdagi tuproqlar

1,1

5

Uyilgan tuproqlar

1,15

6

Statsionar asboblar

1,05

7

Statsionar asboblarni izolyasiyalash

1,2

8

Trubaprovod, rezervuarlar va asboblarning to‘ldiruvchi- lari: suyuqliklar suzpenziyalar, chiqindi bo‘tqalar,
sochiluvchan materiallar

1,0
1,1

9

Ortuvchi va tashuvchi vositalar

1,2

10

Ko‘prik kranlari va osma kranlar

1,1


    1. Temirbeton konstruksiyalarning yorilish chidamligi talablari

Temirbeton konstruksiyalarning yorilish chidamligiga, ya’ni ularning normal va qiya kesimlarida yoriqlar hosil bo‘lishiga qarshiligi yoki yoriqlarni ochilishiga qarshiligi bo‘yicha talablar ishlatiladigan armatura xiliga bog‘lik ravishda 3 toifaga bo‘linadi:



      1. – toifaga mansub bo‘lgan konstruksiyalarda yoriqlarning hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

      2. – toifaga mansub bo‘lgan konstruksiyalarda yoriqlarning chegaralangan, qisqa muddatli ochilishi, yuklar ta’siri yo‘qolganda esa yopilish sharti bilan, ruxsat etiladi;

      3. – toifaga mansub bo‘lgan konstruksiyalarda yoriqlarning chegaralangan qisqa muddatli va uzoq muddat davomida ochilishiga ruxsat etiladi.





Download 19,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish