Ishlatish joylari keltirilgan



Download 19,98 Mb.
bet28/128
Sana03.11.2022
Hajmi19,98 Mb.
#859620
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128
Bog'liq
Korxonada (DARSLIK)

S – kesimning geometrik xarakteristikasi;
Rbn, Rsn beton va armaturaning me’yoriy qarshiliklari;
γb , γs armatura va beton bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlar;
γbi, γsi beton va armaturaning ishlash sharoitlari koeffitsientlari.
Temirbeton konstruksiyalar elementlarini mustahkamlik bo‘yicha hisoblashda ta’sir etayotgan yuklarning xarakteri, ishlash sharoiti va bosqichiga, tayyorlash usuliga, ko‘ndalang kesim o‘lchamlari va boshqa holatlarga qarab beton mustahkamligi kamayti- riladi yoki oshiriladi.
Masalan:
a) ko‘p marta takror–takror ta’sir qiladigan yuklar ta’sirida bo‘lgan konstruk- siyalarni hisoblashda beton qarshiligi γb1 < 1 koeffitsientga ko‘paytiriladi;
b) doimiy va davomli yuklar ta’sirida bo‘lgan konstruksiyalarni hisoblashda betonning qarshiligi γb2= 0,9 koeffitsientga ko‘paytiriliadi;
v) yuklarning qisqa vaqt ta’sirida bo‘lgan konstruksiyalarni hisoblashda beton- ning qarshiligi γb2=1,1 koeffitsientga ko‘paytiriladi.
Xudi shunday betonning ishlash sharoitini e’tiborga olib, uning qarshiligi mos ravishda γb2 ... γb12 koeffitsientlarga ko‘paytirilib kamaytiriladi yoki oshiriladi.
Bu koeffitsientlarning qiymatlari 1.2 jadvalda va QMQ [1] da keltirilgan.
YUklarning qisqa vaqt ta’sirida yoki buzuvchi yuklar ta’sirida bo‘lgan konstruksiyalarni hisoblash “v” holat bo‘yicha olib boriladi va quyidagi shart bajarilishi kerak
F1 < 0,82 F11, (2.2)


bu erda, F1 – «b» holat bo‘yicha ta’sir qiladigan yuklardan topilgan zo‘riqish (moment M1, ko‘ndalang kuch Q1 yoki bo‘ylama kuch N1). Nomarkaziy yuklangan elementlarni normal kesimlar bo‘yicha hisoblashda M1 moment eng ko‘p cho‘zilgan (eng kam cho‘zilgan) armatura sterjeni o‘qiga nisbatan olinadi; F11 – xudi shunday, “b” holat bo‘yicha ta’sir qiladi- gan yuklardan topilgan zo‘riqish.
(2.2) shart bajarilganda xisoblash faqatgina «b» holat bo‘yicha ta’sir qiladi- gan yuklardan topilgan zo‘riqish bo‘yicha amalga oshiriladi va betonning xisobiy qar- shiliklari Rb va Rbt γbt=0,9F11/F1 ≤1,1 koeffitsientga ko‘paytirilib qabul qilinadi. Bunda γb2 =1,0 qabul qilinadi.
Nomarkaziy siqilgan elementlar deformatsiyalanmagan sxema bo‘yicha hisoblan- ganda F11 va F1 zo‘riqishlar miqdorlari element egilishini hisobga olmasdan aniqla- nishi mumkin. Beton mustahkamligining oshishi uchun qulay bo‘lgan sharoitda eksplua- tatsiya qilinadigan konstruksiyalar uchun (2.2) shart quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi – F1<0,9F11 . Bunda koeffitsient γbt = F11/F1.
Konstruksiyalarni chegaraviy holatlarning birinchi guruhi bo‘yicha hisoblash hamma hollar uchun majburiydir. CHunki chegaraviy holatlarning birinchi guruhi bo‘yi- cha shartning qanotlanmasligi konstruksiyalarni buzilishiga yoki avariya holatiga olib kelishi mumkin.
Korxonada ishlab chiqariladigan yig‘ma temir beton konstruksiyalar ularni tay- yorlash, tashish va montaj qilish jarayonlarida hosil bo‘ladigan yuklar ta’siriga hi- soblanishi shart.
Hisoblarda konstruksiyaning xususiy og‘irligidagi hosil bo‘ladigan yuklar dinamik koeffitsienti orqali hisobga olinadi. Ko‘tarish va montaj qilish jarayonida dinamik koeffitsienti 1,4; tashish jarayonida esa – 1,6 qabul qilinadi. Asoslangan holatlarda dinamik koeffitsientning qiymati kamaytirilishi ruxsat etiladi, lekin 1,25 dan kam qabul qilinmaydi.



      1. Materiallarning normativ va hisobiy qarshiliklari

Konstruksiyalar chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblanganda ta’sir etayotgan yuklar va materiallar xarakteristikalarining o‘zgaruvchanligi e’tiborga olinadi. Qurilish normalarida ta’sir etayotgan yuklar va materiallar xarakteristikalarining normativ va hisobiy qiymatlarini tayinlashda bu holat e’tiborga olingan.


Bir xil beton qorishmasidan tayyorlangan namunalarning konstruksiyalarini R1, R2, R3 … RN dekart sistemasining absissa o‘qi bo‘ylab, bu qarshiliklarning paydo bo‘lishiga mos bo‘lgan p1,p2, p3 … pN extimolliklarini ordinata o‘q bo‘ylab joylashtirilganda beton qarshiliklarining empirik taqsimot qonunini ifodalovchi grafikni olamiz (2.1, a rasm). Bunda beton qarshiliklarining o‘rtacha qiymati
Rm = p1 R1 + p2 R2 + p3 R3 + +pN RN. (2.3)
R1, R2, R3…RN qarshiliklarning o‘rtasida joylashgan bo‘ladi. Bu formulada p1 =
=N1/N, p2 =N2/N, p3 = N3/N…pN = NN/ N bo‘lib, N1, N2, N3…NN
betonning mos bo‘lgan R1, R2, R3…RN qarshiliklari soni (sinovlar soni); N - umumiy qarshiliklar (sinovlar) soni. Bu masalani echishda o‘zgaruvchan miqdor uchun yana bir xarakteristikani aniqlaymiz. Har bir qarshilikdan uning o‘rtacha qiymatini ayirib farqini topamiz
Δ1 = R1 – Rm, Δ2 = R2 – Rm, … ΔN = RN – Rm (2.4)
Bu farqlarning kvadratlarini shu farqlarning paydo bo‘lish ehtimollariga ko‘paytirib qo‘shib chiqamiz va yig‘indidan kvadrat ildiz chiqaramiz

(2.5)





Download 19,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish