–rasm. Kesimi to‘g‘ri burchakli bir tomonlama armaturalangan egiluvchan elementlar normal kesimini hisoblash blok–sxemasi.
Birinchi masala.Berilgan: element kesimi o‘lchamlari b va h, tashqi yuklar ta’siri momenti M.
Talab etiladi: armatura kesim yuzasi Asni aniqlash . Bunda beton va armatura sinflari mustaqil qabul qilinadi va ularni o‘zgartirish mumkin.
Echish tartibi:
Taqriban armaturaning diametri tayinlanib element ishchi balandligi aniqlanadi ho=h–a, bu erda a=+d/2 – armatura og‘irlik markazidan cho‘zilgan qirragacha bo‘lgan masofa; – beton himoya qatlami.
Beton va armatura sinflari qabul qilinib beton va armaturaning hisobiy Rbva Rs qarshiliklari aniqlanadi.
(3.11) formuladan m hisoblanadi va 3.1 jadvaldan mqiymatga mos bo‘lgan ξ va koeffitsientlarning qiymatlari topiladi.
(3.1) formuladan ξrhisoblanib, ξ≤ξr shart tekshiriladi.
SHart bajarilgan taqdirda (3.14) formuladan talab qilinadigan armatura kesim yuzasi hisoblanadi.
SHart bajarilmaganda siqilish zonasi kesimining nisbiy balandligi ξ (3.16) formuladan x= ξh0 qabul qilinib hisoblanadi..
3.1 jadvaldan ξ ning qiymatga mos bo‘lgan koeffitsientning qiymati topiladi.
(3.14) formuladan talab qilinadigan armatura kesim yuzasi hisoblanadi.
Ikkinchimasala. Berilgan: tashqi yuklar ta’siri momenti M.
Talab etiladi: elementning ko‘ndalang kesimi eni bva balandligi h va armaturaning kesim yuzasini As aniqlash.
Bunda beton va armatura sinflari mustaqil qabul qilinadi va ularni o‘zgartirish mumkin.
Echish tartibi:
Loyihalash tajribasidan to‘sinlar uchun ξ=0,3...0,4, plitalar uchun ξ=0,10...0,15 bo‘lganda element kesimi o‘lchamlari optimal qiymatlarga teng bo‘ladi. Bu qiymatlarning biri bo‘ycha 3.1 jadvaldan m koeffitsient qiymati aniqlanadi.
Tanlangan beton va armatura sinflari bo‘yicha beton va armaturaning hisobiy qarshiliklari pgiqlanadi.
Loyihalash amaliyotidan element kesimi eni btayinlanadi va quyidagi formuladan element ishchi balandligi aniqlanadi:
h0(3.18)
Element uchun beton himoya qatlami va armaturaning taxminiy diametri d qabul qilinib kesim balanligi hisoblanadi:
h=h0 + a (3.19)
Kesim balandligi 50 mm ga kara etib unifikatsiyalashtiriladi.
Quyidagi shart tekshiriladi: b=(0,3…0,5)h. SHart bajarilsa hisob quyida keltirilgan tartibda davom ettiriladi. SHart bajarilmasa element ko‘ndalang kesim eni b kamaytiriladi yoki oshiriladi va hisob quyida keltirilgan tartibda davom ettiriladi.
Element ko‘ndalang kesimi yangi ishchi balandligi aniqlanib m
hisoblanadi va 3.1 jadvaldan mos bo‘lgan koeffitsient aniqlanadi. (3.1) formuladan ξrhisoblanib, ξ≤ξrshart tekshiriladi.
Keyingi hisoblar birinchi masalada keltirilgan 5…8 bandlardagidek bajariladi.