Ishlatish joylari keltirilgan


X -BOB. TEMIR-BETON POYDEVORLARINI LOYIHALASH



Download 19,98 Mb.
bet83/128
Sana03.11.2022
Hajmi19,98 Mb.
#859620
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128
Bog'liq
Korxonada (DARSLIK)

X -BOB. TEMIR-BETON POYDEVORLARINI LOYIHALASH




    1. YAkka poydevorlar


Poydevorlar er osti konstruksiyalari hisoblanib, bino yoki inshootning yuqori qismidan hosil bo‘ladigan yuklarni gruntlardan tashkil toptan asosga uzatish uchun xizmat qiladi.
Poydevorlar tabiiy asosga tiklanishi yoki qoziqlardan iborat bo‘lishi mumkin (10.1-rasm). Tabiiy asosda tiklanadigan poydevorlar plita va ustun osti qismlardan iborat bo‘ladi.
Qoziq poydevorlar qoziqlar va rostverkdan iborat bo‘ladi. Rostverk o‘z navbatida plita va ustun osti qismlardan tashkil topadi.
Poydevor plita qismini zinapoyali qilib loyihalash tavsiya etiladi. SHu bilan birga poydevorning plita qismini ham 10.2-rasmda ko‘rsatilgandek piramida shaklida loyihalash tavsiya etiladi.

10.1 - rasm. Alohida zinali poydevorlar:
a - tabiiy asosda tiklanadigan poydevor; b - qoziqli poydevor; 1- ustun; 2- ustun osti qism; 3- plita qismi; 4- poydevor yuqorisi; 5- poydevor
tagi; 6- beton tushov; 7- qoziq.
Poydevorlar yig‘ma va quyma bo‘lishi mumkin. Yig‘ma poydevorlarni
plita va ustun osti qismlardan tashkil topgan butun ko‘rinishida loyihalash tavsiya etiladi (10.3-rasm).
Poydevorning yuqori sirti obrez deb ataladi. Bu sirtga poydevordan yuqori joylashgan konstruksiya tayanadi. Poydevorning pastki sirti tag deb ataladi. Poydevorning tag sirti uning yuqori sirtidan katta bo‘ladi. SHuning uchun poydevorning tag sirti grunt asosga yukni kam bosim bilan uzatadi.
Qoziq poydevorlarda rostverkning tag qismiga qoziqlarning yuqori uchlari mahkamlanadi.
Poydevor tagidan uning yukori sirtigacha bo‘lgan masofa poydevorning balandligi Nf ni tashkil etadi.
Poydevor yuqori sirtining sathini quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi:
-yig‘ma temirbeton ustunlar poydevorlari uchun nol satxdan 150 mm pastda, ya’ni - 0,150 m sathda;
-quyma temirbeton ustunlar poydevorlari uchun - poydevor to‘sinining yuqori sathida, poydevor to‘sini bo‘lmagan taqdirda - nol satxdan 50 mm pastda, ya’ni – 0.050 m sathda;
- po‘lat ustunlar poydevorlari uchun - ustun poyi plitasining sathidan 100 mm pastda. Poydevorlarning joylashish chuqurliklari hisoblar asosida va QMQ ga talablariga mos ravishda qabul qilinadi.
Poydevorlarning o‘lchamlari hisob bo‘yicha qabul qilinib, iqtisodiy talablar, qoliplarni unfikatsiyalash va armaturalash talablari hamda tayyorlash texnologiyasini e’tiborga olib tayinlanadi.
Yig‘ma poydevorlarning balandligi Nf uni gruntda joylashtirish
chuqurligi, yig‘ma ustunni poydevorga mahkamlash chuqurligiga bog‘liq. Quyma poydevorlarning balandligi Nf esa uni gruntda joylashtirish chuqurligidan tashqari poydevordan chiqarib qoldiriladigan armaturaning poydevor tanasiga ankerlanish uzunligiga bog‘liq. Po‘lat ustunlar uchun poydevorning joylashish chuqurligini tayinlashda poydevorga mahkamlanadigan ankerlarning uzunligiga ham e’tiborga olinadi.
Poydevor plita qismining balandligi hisob bo‘yicha tayinlanadi. Agar poydevorning balandligi plita qismining balandligidan katta bo‘lsa, balandliklar farqi bo‘yicha ustun osti qism hosil qilinadi.
Poydevor balandligini 300 mm ga karra etib tayinlash tavsiya etiladi.
Poydevor osti qismining va ustun osti qismning plandagi o‘lchamlari 300 mm ga karra etib tayinlanadi.
Poydevor ustun osti qismining ko‘ndalang kesimi shakli odatda to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida qabul qilinadi.
Poydevor ustun osti qismi va plitatasining balandliklari bo‘yicha o‘lchamlari 150 mm ga karra etib tayinlanadi. Zinalarning balandliklari poydevor plita qismining to‘liq balandligiga bog‘liq ravishda tayinlanadi va 300, 450 mm qabul qilinadi. Poydevor pilita qismining to‘liq balandligi 1500 mm va undan katta bo‘lganda yuqori zina balandligi 600 mm qabul qilinishi mumkin.


    1. - rasm. Yig‘ma temirbeton poydevor metall qolipda tayyorlanganda t = 20...30 mm, yog‘och qolipda tayyorlanganda t = 50 mm qabul

qilinadi.
Poydevor zinalarining balandliklarini 10.1 jadvaldan qabul qilish tavsiya etiladi.

Poydevor plita qismining
umumiy balandligi, mm

Zinalarning balandliklari, mm

h1

h2

h3

300

300

-

-

450

450

-

-

600

300

300

-

750

300

450

-

900

300

300

300

1050

300

300

450

1200

300

450

450

1500

450

450

600

Quyma poydevorlar ostiga, gruntlarning xossasiga bog‘liq bo‘lmagan holda (qoyali gruntlar bundan mustasno), sinfi V7,5 bo‘lgan betondan 100 mm qalinlikdagi to‘shamani, yig‘ma poydevorlar ostiga esa o‘rta donali qumdan 100 mm qalinlikdagi to‘shama hosil qilinishi tavsiya etiladi.


Quyma poydevorlarni tiklash uchun siqilishdagi mustahkamlik bo‘yicha sinfi V12,5 dan past bo‘lmagan betonlar ishlatilishi tavsiya etiladi.
Yig‘ma poydevorlarni tayyorlash uchun siqilishdagi mustahkamlik bo‘yicha sinfi V15...V25 bo‘lgan betonlar ishlatiladi.
Quyma temirbeton poydevor tagiga qo‘yiladigan ishchi armatura uchun beton himoya qatlam qalinligi 100 mm beton to‘shovni hisobga olib, 35 mm dan kam qabul qilinmaydi. Beton to‘shov bo‘lmaganda esa 70 mm qabul qilinadi. Yig‘ma temirbeton poydevorlar uchun betonning himoya qatlam 30 mm qabul qilinadi.
Tomoni 3 m va undan kam bo‘lgan yo‘nalishda qo‘yiladigan payvandlangan yoki bog‘langan artura ishchi sterjenlarining diametri 10 mm dan kam qabul qilinmaydi. Tomoni 3 m va undan katta bo‘lgan yo‘nalishda qo‘yiladigan payvandlangan yoki bog‘langan armatura ishchi sterjenlarining diametri 12 mm dan kam qabul qilinmaydi.
Poydevorlar tagi payvandlangan armaturali to‘rlar yoki alohida sterjenlar bilan armaturalanadi. Poydevorlar tagi payvandlangan armaturali to‘rlar bilan jihozlanganda ishchi armaturaning ishonchli ankerlanishi hisob bilan tekshirib ko‘rilishi shart. CHunki payvandlangan tipik armaturali to‘rlarda ko‘ndalang sterjenlar poydevor zinasi chetidan 150 yoki 300 mm masofada joylashadi.
Poydevorlar tagi alohida sterjenlar bilan jihozlanganda ishchi armaturalar o‘zaro perpendikulyar joylashib, qadami 200 mm qabul qilinadi. Armaturalash uchun davriy profilga ega bo‘lgan sterjenlar ishlatilganda o‘zaro kesishadigan chetki ikki qator sterjenlar perimetr bo‘yicha bir-biri bilan payvandlanishi shart. Payvandlashni elekt yoyi yordamida bajarishga ruxsat etiladi. Ichki kesishadigan sterjenlar bir- biri bilan shaxmat tartibida boglanishi shart. Armaturalash uchun sirti tekis bo‘lgan sterjenlar ishlatilganda sterjenlarning uchlarida ilgaklar hosil qilinadi. Bunda sterjenlarning perimetr bo‘yicha kesishgan tugunlarini payvandlash talab etilmaydi.
Poydevorning ustun osti qismi siqiladigan elementlardek hisoblanadi va ustunlar kabi armaturalanadi.
Quyma poydevor ustun osti qismi uchun buylama armatura sterjenlarining diametri 12 mm dan kam qabul qilinmaydi.
Poydevorning temirbeton ustun osti qismi uchun siqiladigan armatura hisob bo‘yicha talab etilmasa, lekin cho‘ziladigan armatura miqdori beton kesim yuzasining 0,3% dan oshmasa eguvchi moment
tekisligiga parallel bo‘lgan qirralarda bo‘ylama va ko‘ndalang armaturalarni qo‘yilmaslikka ruxsat etiladi (10.4, a rasm).
Poydevorning temirbeton ustun osti qismi uchun siqiladigan armatura hisob bo‘yicha talab etilsa bo‘ylama va ko‘ndalang armaturalar kesimning nafaqat ikki tomonida, balkim to‘rt tomonida quyiladi (10.4, b rasm).


    1. - rasm. Kesimi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi poydevor osti qismning armaturalanishi: a-hisobiy cho‘ziladigan armatura bir tekislikda joylashganda va b - hisobiy cho‘ziladigan armatura ikki tekislikda joylashganda.

Yig‘ma ustun poydevorlarini 10.5 - rasmda ko‘rsatilgandek loyixalash tavsiya etiladi.


Poydevorning stakan qismi (1) ustunni (2) poydevorga mahkamlash uchun mo‘ljallanadi.
Ikki tirakli ustunlar uchun tiraklar tashqi qirralari orasidagi masofa hn >2,4 m bo‘lganda xar bir tirak ostiga alohida stakan loyihalash tavsiya etiladi. Stakanning chuqurligi hh ustunning poydevorga mahkamlanish chuqurligidan hf 50 mm katta qabul qilinadi.
Ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi ustunlarning poydevoga mahkamlanish chuqurligi 10.2 - jadvaldan aniqlanadi.

10.5.- rasm. Yig‘ma temirbeton ustunlar uchun quyma poydevorlar:

Download 19,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish