bet 82/128 Sana 03.11.2022 Hajmi 19,98 Mb. #859620
Bog'liq
Korxonada (DARSLIK)
- rasm. To‘sinsiz yaxlit plitalarni armatura bilan jihozlanishining qirqimda ko‘rinishi:
a - ravoqlarda; b – tayanch ustlarida; 1 - ishchi armatura; 2 - qurilmaviy armatura.
29 – rasm. To‘sinsiz yaxlit orayopma kapitelini armatura bilan jihozlanishi.
Plitalarning ezilish sohalariga qo‘yiladigan ko‘ndalang armaturalarning uchlari bo‘yla armaturalarga payvandlab yoki ilib ankerlanishi kerak. Ko‘ndalang sterjenlar orasidagi masofa h/3 (h- plita qalinligi) va 200mm dan oshib ketmasligi kerak. Ko‘ndalang armaturalar qo‘yiladigan haning kengligi 1,5 h dan kam bo‘lmasligi kerak.
Mustaqil nazorat uchun savollar
YAssi temirbeton orayopmalar qanaqa turlarga bo‘linadi?
To‘sinli yig‘ma orayopmalar qanaqa elementlardan tashkil topgan?
To‘sinli yig‘ma-quyma orayopmalar qanaqa elementlardan tashkil topgan?
To‘sinli quyma orayopmalar qanaqa elementlardan tashkil topgan?
YAssi temirbeton orayopmalarda plitalarning qalinliklari qanday qabul qilinadi.
To‘sinli yig‘ma orayopmalarda qanaqa shakldagi rigellar ishlatiladi?
Ko‘ndalang kesimi yaxlit bulgan temirbeton plitalar qanday armaturalanadi?
Ko‘ndalang kesimida bo‘shliqlar hosil qilingan ko‘pbo‘shliqli temirbeton plitalarni o‘lchamlari qanday tayinlanadi?
Ko‘ndalang kesimida bo‘shliqlar hosil qilingan ko‘pbo‘shliqli temirbeton plitalar tayyorlashda qanday sinfdagi beton va armaturalar ishlatiladi?
Ko‘ndalang kesimida bo‘shliqlar hosil qilingan ko‘pbushliqli temirbeton plitalar qanday xisoblanadi? Xisobiy sxemasini chizib kursating.
Qovurg‘ali temirbeton panellarning o‘lchamlari qanday qabul qilinadi?
Qovurg‘ali temirbeton panellarni tayyorlashda qanaqa sinfdagi beton va armaturalar ishlatiladi?
Qovurg‘ali temirbeton panellar qanday hisoblanadi? Hisobiy sxemasini chizib kursating?
Qovurg‘ali temirbeton panellarning tokchalari (plitasi) qanday hisoblanadi?
Qovurg‘ali temirbeton panellarning kundalang kovurgasi kanday xisoblanadi?
Qovurg‘ali temirbeton panellar qanday armaturalanadi?
To‘sinli yaxlit orayopmalar qanaqa tiplarga bo‘linadi? Bu tiplar orasidagi fark nimadan iborat?
To‘sinli yaxlit orayopmalar elementlarining (plita, yordamchi va bosh to‘sinlar) o‘lchamlari qanday tayinlanadi?
To‘sinli yaxlit orayopmalar elementlarini (plita, yordamchi va bosh to‘sinlar) tayyorlash qanaqa sinfdagi beton va armaturalash ishlatiladi?
To‘sinsiz orayopmalar qanaqa elementlardan tashkil topadi?
To‘sinsiz yaxlit orayopmalarning plitalari qanday hisoblanadi va armaturalanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: