Ishlatish joylari keltirilgan



Download 19,98 Mb.
bet91/128
Sana03.11.2022
Hajmi19,98 Mb.
#859620
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128
Bog'liq
Korxonada (DARSLIK)

YAxlit ramalar. YAxlit ramalarning eng mas’ul qismi tugunlar hisoblanadi. Tugunlarda hisob bo‘yicha tayinlanadigan bikrliklar ta’minlanishi shart. YAxlit ramalar tugunlarini qurilmalashda betonni quyish va uni zichlashtirgich (vibrator) yordamida zichlashning qo‘layligi ta’minlanishi shart. Tugunlarda armaturalarni qulay joylashtirish maqsadida ustun kesimining eni rigel kesimi enidan 50... 100 mm katta bo‘lishi shart.
YAxlit rama tugunlariga elementlar, odatda, to‘g‘ri burchak ostida birikadi. Bunda rigel ustunning oxiri bilan yoki uning balandligi chegarasida birikishi mumkin. Rigelning ustun oxiri bilan birikishi
11.11 rasmda ko‘rsatilgan. Tugunda ichki burchak bo‘yicha joylashtiriladigan sterjenlar tugundagi ko‘shni elementlarga bukilmasdan o‘tkaziladi. Ustunning bo‘ylama ishchi sterjenlari rigel yuqorisigacha, himoya qatlami qoldirilib, yotqaziladi. Rigel ravog‘idagi pastki armatura sterjenlari ustun ichki qirrasidan ichkariga (ustun tanasiga) o‘tkaziladi. Ustun tanasiga o‘tkaziladigan sterjen uzunligi ankerlanish uzunligidan kam bo‘lmasligi shart. Ustun ko‘ndalang armaturasi (xomutlar) rigel yuqorisigacha qo‘yiladi. Rigelning ko‘ndalang sterjenlari ustun qirrasigacha qo‘yiladi.
Rigelning cho‘ziladigan yuqori tayanch armaturalari ustunga ian
masofaga o‘tkaziladi. Agar ustun ichki qirrasidan tashki qirrasiga yaqin
joylashgan bo‘ylama armaturalarigacha bo‘lgan masofa (hcol
- a) ian bo‘lganda tugun 11.11, a chizmada ko‘rsatilgandek armaturalanadi. (hcol - a) < ian bo‘lgan taqdirda tugun 11.12, b chizmada ko‘rsatilgandek armaturalanadi.
Tugun 11.12, b chizmada ko‘rsatilgandek armaturalanganda bukilgan sterjen joyi qo‘shimcha, qadami s ≤ 100 mm bo‘lgan, ko‘ndalang sterjenlar bilan armaturalanadi. Ko‘ndalang armaturalar bukilgan armaturalarning yoyilib ketishidan
saqlaydi.

    1. rasm. YAxlit ramalarning chetki qori tugunlarini

armaturalash.
Rigel yuqori armaturasini etarli uzunlikka ankerlash imkoni bo‘lmagan taqdirda tugun 11.12, v rasmda ko‘rsatilgandek armaturalanadi
Tashqi burchak bo‘yicha qo‘yiladigan armatura sterjenlari miqdori tugunda ta’sir qiladigan hisobiy zo‘riqishlar miqdori va bo‘ylama kuch elkasiga bog‘liq ravishda qo‘yiladi. Rigelning yuqori tayanch armaturalari ustunga o‘tkaziladi. Armaturaning miqdoriga bog‘liq ravishda ular bir yoki ikki kesimda qirqiladi. Bunda kesiladigan sterjenlar soni birinchi kesimda to‘rtadan kam bo‘lmagan, ikkinchi kesimda esa ikkitadan kam bo‘lmasligi shart.
Kuch elkasi katta bo‘lganda ustun tashqi armaturasining ikkitadan kam bo‘lmagan bir qismi rigelga ustun ichki qirrasidan ian masofaga o‘tkazilini mumkin.
Rigel va ustun payvandlangan sinch bilan jihozlanganda tugunlarga bosh to‘sin tayanchini armaturalagandek maxsus tayanch to‘rlari yoki sinchlar qo‘yiladi.
Oraliq rigellarning chetki ustunlar bilan birikish joylari 11.12 chizmada ko‘rsatilgandek armaturalanadi. Bunda pastki qavat ustuni bo‘ylama armaturalari yuqori qavat bo‘ylama armaturasi bilan biriktirish uchun rigel yuqori qirrasi sathidan yuqoriga chiqarib qoldiriladi.





    1. rasm. O‘rta rigellarning ustunlar bilan birikish joylarini armaturalash a-ustunning tashqi bo‘ylama armaturasigacha bo‘lgan masofa ankerlanish uzunligi 1ap dan katta bo‘lgan hol; b-xudi shunday, 1ap dan kam

bo‘lgan hol; v - rigelning cho‘ziladigan bo‘ylam armaturasini shayba yordamida ankerlash.
Rigelning tayanch qismida ikki ishorali eguvchi momentlar paydo bo‘lganda rigelning pastki armaturasi ham cho‘ziladi. By vaqtda pastki armatura yuqori armaturadagidek ankerlanadi.
Rigelning pastki siqilgan armaturasi hisobga olinadigan bo‘lsa, bu armatura ustun ichki qirrasidan tashqariga ian masofaga siqiladigan armaturalardek ankerlanadi.
Siniq rigellar birikish burchagiga qarab 11.12 rasmda ko‘rsatilgandek armaturalanadi. Siniq rigelning burchakka kiradigan kesimidagi cho‘zilgan armaturalari kesimning siqilgan zonasiga armaturalanadi. Bu sterjenlarning bir qismini siqilish zonasiga etkazmasdan qirqish ruxsat etiladi.
s=htg3/8γ uzunlikdagi masofada ko‘ndalang kesim yuzasi Asw dan kam bo‘lmagan ko‘ndalang armatura qo‘yilishi talab etiladi. Asw quyidagi formuladan aniqlanadi
Asw Rs/Rsw(2As1 + 0.7As2)ctgγ/2,
bu erda As1 – siqilish zonasiga ankerlanmagan bo‘ylama cho‘zilgan armatura sterjenlari yuzasi.
As2 – siqilish zonasiga ankerlangan bo‘ylama cho‘zilgan armatura sterjenlari yuzasi;
γ<160 γ<160





    1. rasm. Burchak ostida birlashadigan tugunni armaturalash sxemasi a- birlashish burchagi γ<160° bo‘lganda; b- xudi shunday

γ<160°bulganda.
Siniq rigelning ichki burchagi γ<160° bo‘lganda cho‘zilgan zonaga butun armatura qo‘yilishi ruxsat etilmaydi (11.13, a-rasm). γ<160° bo‘lganda kesim siqiladigan zonasiga qo‘yiladigan armatura uzluksiz, butun bo‘lishi shart. Burchak cho‘qqisida armatura sterjenlarini ulash ruxsat etilmaydi.
Siniq rigelning ichki burchagi γ<160° bo‘lganda siqilgan va cho‘zilgan zonalardagi armaturalar yaxlit qabul qilinishi mumkin.

    1. Download 19,98 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish