Ishlatish joylari keltirilgan


Sinchli binolarning konstruksiyalarini loyihalash



Download 19,98 Mb.
bet88/128
Sana03.11.2022
Hajmi19,98 Mb.
#859620
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   128
Bog'liq
Korxonada (DARSLIK)

Sinchli binolarning konstruksiyalarini loyihalash


Sinchli binolar. Sinchli binolarda kamdan kam hollarda binoning hamma elementlari (poydevor, ustun, rigel, devorlar, orayopma va yopma) yaxlit temirbetondan tayyorlanadi. Bunday tizimli binolarda asosan poydevor, ustun va rigellardan tashkil topgan ramalar yaxlit betondan tayyorlanib, orayopma va yopmalar yig‘ma temirbetondan, devorlar ko‘p qatlamli beton yoki g‘ishtan tiklanishi mumkin. Ramalar bir yo‘nalishda (ko‘ndalang) yoki ikki yo‘nalishda (ko‘ndalang va bo‘ylama) joylashishi mumkin.
Rama bog‘lamli tizim bo‘yicha tiklangan binolarda esa ramalardan tashqari binoning gorizontal yuklar ta’siriga bikrligini ta’minlaydigan diafragmalar ham yaxlit temirbetondan tayyorlanishi mumkin.
Bog‘lamli tizim bo‘yicha tiklangan binolarda ham ramalardan tashqari binoga ta’sir qiladigan asosiy gorizontal yuklarni qabul qilishga mo‘ljallangan bikrlik yadrosi xam yaxlit temirbetondan tayyorlanishi mumkin.
Ramali binolarda hamma, vertikal va gorizontal ta’sir qiladigan yuklar yaxlit temirbetondan tayyorlangan ramalar tomonidan qabul qilinadi. Rama elementlarining (rigel, ustun) ko‘ndalang kesim o‘lchamlari loyihalash amaliyotidan kelib chiqqan holda tayinlanadi.
Rigel va ustunlarning ko‘ndalang kesim o‘lchamlarini yig‘ma temirbetondan tiklanadigan ramalar elementlarining ko‘ndalang kesimlaridek tayinlanishi mumkin.
Rama elementlarining geometrik o‘lchamlari tayinlangandan keyin ularning bikrlik hisoblanadi. Ramaga ta’sir qiladigan yuklar (doimiy, muvaqqat, seysmik) va hisobiy aniqlanadi.
Rama hisobi elektron hisoblash mashinalarida (masalan, kompyuterda LIRA -9 dasturi hisobida) bajarilishi mumkin.
Hisob natijasida har bir elementning kesimlaridagi maksimal va minimal zo‘riqishlar birikmalari va shu zo‘riqishlarga mos bo‘lgan talab qilinadigan bo‘ylama va ko‘ndalang armaturalarning miqdori aniqlanadi. Rama elementlarining ko‘ndalang kesimlari yig‘ma elementlardagidek talab qilingan armaturalarga mos ravishda
jihozlanadi.
Ko‘pqavatli zilzilabardosh binolar qurilishi amaliyotida yig‘ma va yig‘ma-yaxlit temirbetondan tiklangan sinchli binolar keng ko‘lamda qo‘llanilgan. Zilzila oqibatlari tahlil qilinganda sinchli binolar ma’lum bir sharoitlarda etarlicha zilzilabardosh hisoblanadi. Sinchli binolarning zilzilabardoshligini sinchni tashkil etadigan rigel va ustunlarning bir-biri bilan ishonchli birikishidan hosil qilingan yagona hajmiy konstruksiya ta’minlaydi.
Sinchli binolar yirik panelli binolarga nisbatan egiluvchan bo‘ladi. Sinchli binolar qurilishi amaliyotida ramali, rama-bog‘lamli va rama-yadroli konstruktiv tizimlar qo‘llanilgan.
Tugunlari bikr bo‘lgan ramali konstruktiv tizimda vertikal hamda gorizontal yuklar ta’sirini ramalar qabul qiladi.
Rama-diafragmali konstruktiv tizim bo‘yicha tiklangan binolarda gorizontal yuklarning asosiy qismini vertikal diafragmalar qabul
qiladi. Gorizontal yuklarning faqatgina 10% miqdorini ramalar qabul qiladi. Vertikal yuklarni esa ramalar qabul qiladi.
Rama-yadroli konstruktiv tizim bo‘yicha tiklangan binolarda gorizontal yuklarning xammasini bikr vertikal konstruksiyalar qabul qiladi. Vertikal yuklarni esa ramalar qabul qiladi.
Seysmik tumanlarda yig‘ma va yig‘ma-yaxlit temirbetondan quriladigan sinchli binolarda asosan sinchlarni yig‘ma elementlarga ajratishga katta e’tibor qaratilgan. Maksimal eguvchi momentlar hosil bo‘ladigan kesimlarda choklarni hosil qilish tavsiya etilmagan.
Sobiq SSSRning seysmik aktiv bo‘lgan tumanlarida TbilZNIIEP (Tbilisi sh. Gurjiston) tomonidan ishlab chiqilgan unifikatsiyalashtirilgan IIS-04 seriyali konstruksiya bo‘yicha 5...16 qavatli turar-joy va jamoat binolari ko‘p qurilgan. Bu seriya bo‘yicha ramadiafragmali konstruktiv tizim qo‘llanilgan. Sinch ko‘ndalang ramalardan iborat bo‘lib, bo‘ylam rigel sifatida ko‘pbo‘shliqli temirbeton plitalar ishlatilgan. Sinch to‘ri (6+6)x6; (6+3+6)x6; (6+6+6)x6m, qavat balandligi 2,8, 3,3 va 3,6 m qabul qilingan.
IIS-04 seriya bo‘yicha ko‘ndalang rigellar zavod sharoitida tayyorlanib, siqilish zonasidagi bo‘ylama armatura rigel montaj qilingandan keyin qo‘yiladi. Rigelning xomutlari yopiq xolda bo‘lib yarmi ochiq holda betondan tashqarida qoldiriladi. YA’ni rigelning ko‘ndalang kesimi to‘liq loyihaviy balandligidan kam qilib tayyorlanadi va montaj qilingandan keyin yaxlit beton yordamida to‘liq kesim hosil qilinadi.



    1. Download 19,98 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish