Ishlari vazirligi


Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o'sib borishi, Xiva xonligi va Buxoro amirligining yemirilishi



Download 1,07 Mb.
bet46/101
Sana01.07.2022
Hajmi1,07 Mb.
#724628
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101
Bog'liq
Ishlari vazirligi

4. Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o'sib borishi, Xiva xonligi va Buxoro amirligining yemirilishi
Ma'Iumki, Rossiyada 1917— yilda yuz bergan fevral inqilobiy o'zgarishi chorizmning yarim mustamlaka o'lkalari hisoblangan Xiva xonligi va Buxoro amirligida ham aks-sado bermay qolmadi. Awalo, bu tobe davlatlarning Rossiya ta'siridan xalos bo'lishga intilishi ko'zga tashlansa, ikkinchi tomondan, mahalliy xalqning demokratik erkin-liklar va huquqlarga ega bo'lish sari harakatlari faollashdi.
Jumladan, Xorazmda Yosh xivaiiklar harakati xonlikdagi siyosiy vaziyatni o'zgartirish va bir qator demokratik o'zgarishlarni yuzaga chiqarishga otlandilar. Yosh xivaliklar yetakchilari ishlab chiqqan manifestda konstitutsion monarxiya tuzish, xonning vakolatlarini cheklash, iqtisodiyot, ta'lim va madaniy hayot jabhalarini isloh qilish talablari ilgari surilgandi. Xivada ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskin tus olayotganidan cho'chigan Asfandiyorxon 1917— yil 5-aprel kuni manifestni imzolashga majbur bo'ldi. Manifest talablariga ko'ra, xon-likda konstitutsion monarxiya tuzumi o'rnatildi. Ayni paytda, tarkibi 30-50 kishidan iborat ruhoniylar va savdo-sanoat ahli vakillaridan saylangan Majlis va Nozirlar Kengashi tuziladi. Ular xalq vakilligi boshqaruvi organlari sifatida xon hokimiyati vakolatlarini ma'lum darajada chekladi. Manifestga muvofiq, yosh xivaliklarning taniqli rahbari Bobooxun Salimov Majlis raisi, Matmurodov esa Nozirlar Kengashi raisi etib saylandilar. Xon xazinasi va uni tasarruf qilish ustidan nazorat o'rnatiidi. Xon ternir yo'llar qurish, pochta-te-legraf o'rnatish, yangi jadid maktablari ochish to'g'risida va'dalar berdi. Biroq Xiva xoni va uning atrofidagi mutaassib kuchlar bu demokratik o'zgadshlarni yo'qqa chiqarish, eski tartiblarni qayta tiklash payidabo'ldilar.
1917— yil iyunga kelib, Asfandiyorxon Rossiya Muvaqqat hukumatining Xivadagi vakili, general Mirbadafov yordamiga tayanib, Matmurodov boshliq Yosh xivaliklar rahbarlarini qamoqqa oladi. Bu partiyaning faoliyati qonunga xilof deb e'lon qilindi. Yosh xivaliklarning ko'plari qo'lga olinib jazolanadi. Qolganlari xonlik hududini tark etdilar.
Xiva xonligining tugatilishi. 1917— yil kuzida Rossiyada ro'y bergan oktabr o'zgarishi, Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatiiishi davomida Xivada ham demokratik harakat yangi bosqichga qadam qo'ydi. Demokratik kuchlar, aholining kambag'al tabaqalari faol harakatga kela bordilar. Qo'ng'irot, Ko'hna Urganch, Xojayli, Taxta, Porsu bekliklarida mahalliy aholi qat'iy harakatlarga chiqdi. Buning ustiga, mamlakatni boshqara olmay qolgan xonning 1918— yil yanvarida tiirkmanlar sardori Junaidxonni Xivaga chaqirishi va uni bosh qo'mondon etib tayinlanishi ham vaziyatni yanada chigal-lashtirib yubordi. Junaidxon tez orada Asfandiyorxonni qatl ettirib, o'rniga uning tog'asi, irodasiz Said Abdulloni nomiga xon qilib ko'tarib, amalda yakka hukmdor bo'lib oldi. Junaidxonning harbiy diktaturasi zulmidan og'ir aziyat chekkan ko'plab aholi qo'shni Turkistonga qochib o'ta boshladi. Ularning ko'plari Sovetlar tayyorlagan qizil qo'shinlar safini to'Idirib bordi. Bularniig hammasi Sovetlarga qo'l keldi. Shu zaylda ularga qarashli Amudaryo bo'Hmida (To'rtko'lda) N.A. Shaydakov va N.M. Shcherbakov boshchiligida shimoliy va janubiy harbiy guruhlar tuzilib, xonlik tuzumini ag'darishga shay qilib qo'yildi. Darhaqiqat, Turkiston sovet rahna-molari yo'1-yo'riqlari asosida harakatga kelgan qizil qo'shinlar va shuningdek, o'zbek va turkman aholisidan tashkil topgan qo'z-g'olonchi dastalar 1919— yil dekabri oxirlaridan Junaidxon rejimiga qarshi harbiy yurish boshlaydilar. Bu kuchlar Junaidga ketma-ket zarbalar berib, birin-ketin xonlik hududlarini qo'lga kiritib bordilar. 1920— yil 2-fevralda Xiva egallandi.
Junaidxon qolgan-qutgan qo'shini bilan Qoraqum sahrosiga chekinadi. Qo'g'irchoq xon Said Abdulla taxtdan voz kechadi. Shu lariqa, sovetlar kuchi bilan Xiva xonligi ag'darildi va 5 kishidan iborat lnqilobiy qo'mita tuzildi. Uning tarkibiga Yosh xivaliklar va turkman urug'-qabilalaridan vakillar kiritildi. lnqilobiy qo'mita raisi etib Yosh xivaliklar rahbari D.Sultonmurodov saylandi. Tez orada Yosh xivaliklar ishlab chiqqan manifest e'lon qilindi.
1920-yilning 27-30-aprel kunlari Xivada bo'lib o'tgan xalq vakillari Butunxorazm qurultoyi xonlik tugatilganligi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligini e'lon qildi. Qurultoy XXSRning muvaqqat Konstitutsiyasini qabul qildi. Qurultoy shuningdek, 15 kishidan iborat hukumat - Xalq Nozirlar Kengashini sayladi. Yosh xivaliklar rahbarlaridan Polvonniyoz Yusupov uning birinchi raisi bo'ldi. Tez orada (iyunda) Rossiya bolshevik rahbarlari ko'magida Xorazm Kompartiyasi tashkil etilib, uning hukmronlik mavqeyi oshib bordi. Sovet Rossiyasi ayni paytda yangi tug'ilgan Xorazm Xalq Sovet Respublikasini o'z ta'sir doirasiga olish maqsadida 1920— yil 13-sentabrda XXSR bilan ittifoq shartnomasi tuzdi. Bu shartnoma bilan birga ikkala respublika o'rtasida imzolangan harbiy-siyosiy va iqtisodiy kelishuvlar asosida Xorazm Xalq Sovet Respublikasiga sovet Rossiyasi tomonidan tegishli harbiy, iqtisodiy va madaniy yordam ko'rsatish ko'zda tutilgan edi. Biroq "katta og'a"ning bunday yordami zamirida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi ichki ishlariga aralashish, uning siyosatini o'z manfaatlariga bo'ysundirish maqsadlari yotardi. Faqatgina 1921-yil davomida Xorazm Xalq Sovet Respublikasida uch marta (mart, sentabr, noyabrda) hukumat o'zgarishi yasalib, uning Moskvaga ma'qul kelmagan tarkibi o'zgartirildi. O'z xalqining milliy manfaatlarini ko'zlab siyosat yuritgan Polvonniyoz Yusupov, M. Ibniyaminov, O. Muhammadrahimov bosh bo'lgan hukumat tarkibi bekor qilindi, uning rahbarlari asossiz qoralandi, so'ngra turli jazolarga giriftor etildi.
1923-yil oktabrida bo'Iib o'tgan IV Butunxorazm Sovetlari Qurultoyi Xorazm Xalq Sovet Respubiikasini Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e'lon qildi va respublikaning yangi konstitutsiyasini qabul qildi. Unda Xorazmda Sovetlar rahbariigida amalga oshirilgan jiddiy o'zgarishlar tufayli bu respublika endilikda o'z taraqqiyotining yangi, sotsialistik bosqichiga kirganligi alohida ta'kidlandi. Konstitutsiya yerga bo'lgan xususiy mulkchilikni bekor qildi, barcha yerlar umumxalq mulki deb e'lon etildi. Vaqf mulklari maorif nozirligi ixtiyoriga olindi. Xorazm xalqlarining xohish-irodasiga zid tarzda amalga oshirilgan bu xil tadbirlar va eng asosiysi, respublika boshqaruvi tobora Sovetlar hukmronligi qo'l ostiga o'tishi, pirovardida voha aholisining umumiy noroziligining kuchayib borishiga sabab bo'ldi.
Buxoro amirligining ag’darilishi. Buxoro amirligida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat Xiva xonligiga o'xshash tarzda kechdi. Amirlik ham Rossiyaga tobe, vassal davlat edi. Ichki siyosatda mustaqil bo'lgan amirning mutlaq hokimiyati hukm surib, bundan oddiy xalq ommasi behad zulm tortib kelardi. XX asr boshlarida bu yerda ham amirlik tuzumiga qarshi demokratik harakatlar yuzaga keia bordi. Manila -katning ilg'or, taraqqiyparvar ziyoli yoshlaridan tashkil topgan Yosh buxoroliklar tashkiloti bu harakatlarga yetakchilik qildilar. O'z saflarida Abduvohid Burhonov, Fayzufla Xo'jayev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Muhitdin Mansurov, Po'latxo'ja Usmonxo'jayev kabi yurt fidoyilarini birlashtirgan Yosh buxoroliklar harakati keng xalq manfaatlari foydasiga muhim siyosiy o'zgarishiarni ro'yobga chiqarishga intilganlar. Ular ishlab chiqqan islohotlar loyihasida mamlakatda konstitutsion monarxiya tuzumi o'rnatish, ijtimoiy-siyosiy erkinliklar joriy qilish, maorif ishini yaxshilash masalalariga alohida urg'u berilgandi.
Keng xalq ommasi tazyiqi va Yosh buxoroliklar islohot talablari asosida amir 1917— yil 7-aprelida ba'zi yon berishlar bilan manifest chiqarishga majbur bo'ldi.
Biroq amirlikning mutaassib, hukmron doiralari tish-tirnoqlari bilan bunga qarshilik ko'rsatdilar. Ular islohot tarafdorlariga nisbatan ochiqdan-ochiq shahar ko'chalarida qirg'in uyushtirdilar. Ko'plab islohotchilar Buxoroni tark etishga majbur bo'ldilar. Bu gal amir tarafdorlarining qo'li baland keldi.
Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o'rnatilishi Buxoro amirligi uchun ham jiddiy siyosiy vaziyatni vujudga keltirdi. Negaki, sotsialistik inqilob g'oyasini boshqalarga yoyishga intilgan bolsheviklar chegaradosh Buxoroni o'z mo'ljaliga olgandilar. Xususan, 1918— yil martida "Kolesov voqeasi" nomi bilan tarixga kirgan qonli voqea bunga aniq misol bo'la oladi. Turkiston sovet respublikasi hukumati raisi F, 1. Kolesov Buxoroga ochiq tazyiq o'tkazib, 1918— yil 2-martida Kogon temir yo'H yoqalab qizi! qo'shinlar intervensiyasini uyushtirdi. Bunga javoban Buxoro amiri xalqni g'azovotga chorlab, o'z qo'shinlari va g'azabga kelgan aholini urushga safarbar etdi. Oqibatda, Kolesov sharmandalarcha mag'lub bo'ldi. Bu esa amir va uning arkoni davlatiga barcha demokratik kuchlardan qonli o'ch olish uchun bahona bo'ldi. Ayniqsa, Yosh buxoroliklar ayovsiz qirg'in qilindi. Bolsheviklarning bu avantyurasi Yosh buxoroliklar uchun g'oyatda qimmatga tushdi. F.Xo'jayevning guvohlik berishicha, bu qirg'inda Yosh buxoroliklar, ularning tarafdorlaridan 1,5 ming kishi qurbon bo'lgan.
Biroq shunga qaramay sovet mutasaddilari Buxoroda sun'iy inqilob tayyorlash, buning uchun Turkistondan panoh topgan ko'p sonli buxorolik muhojirlarni ishga solish, ulardan ko'plab inqilobchi kuchlar yetishtirish va ularni tashkillashtirish harakatida bo'ldilar. 1918— yil sentabrida Toshkentda Buxoro muhojirlari tomonidan Buxoro kompartiyasi va lining Markaziy Qo'mitasi tuziladi (uning raisi A. Yoqubov, o'rinbosari M. Qulmuhammedov). 1920— yil yan varida Toshkentda F. Xo'jayev boshchiligida "Yosh buxorolik inqilobchilar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi" tashkil etiladi va Turkkomissiya, RSFSR hukumati tomonidan e'tirof qilinadi.
Yosh buxoroliklar partiyasi ishlab chiqqan dasturda tez vaqt ichida despotik tuzumni tugatish, mamlakatda demokratik respublika tuzish va keng xalq ommasining tub manfaatlarini ko'zlab ko'plab ijtimoiy-demokratik o'zgarishlarni amalga oshirish vazifalari bayon etilgan edi. Yosh buxoroliklar tashabbusi bilan 1920— yil iyundan Toshkentda chiqa boshlagan «Uchqiin» gazetasida ham ilg'or demokratik g'oyalar ilgari surildi. Buxoro xalqi amirning hokimi mutlaq tuzumini ag'darib tashiash uchun faol kurashga da'vat etib borildi.
Sovet hokimiyatining asl maqsadi Buxoro amirligini ag'darish edi. Uning rasmiy hujjatlari, ko'rsatmalarida amirlikka qarshi kurash quyidan, mahalliy kuchlar tomonidan boshlanishi uqdirilgan edi. Shu bilan birga, amirlikni ag'darish uchun zarur harbiy tayyorgarlik ham ko'rildi. Frunze boshliq Turkiston fronti qo'mondonligi tomonidan 1920— yil iyun o'rtalaridayoq zamonaviy qurol-aslahalar bilan qurollangan qizil qo'shinlar Buxoro chegaralariga keltirib qo'yilgan edi. Ayni paytda, amirlikni ag'darish uchun M.Frunze, V.Kuybishev, N.To'raqulov, N.Husainov, F.Xo'jayevlardan iborat harbiy-inqilobiy byuro tashkil etildi.
1920— yil 29-avgustda Chorjo'yda amir tuzumiga qarshi g'alayon boshlandi va Beshim Sardor boshchiligidagi kuchlar avvaldan belgi-langan kelishuvga binoan, darhol sovet hukumatidan «yordam so'rab» murojaat qildi. Bu sovet qo'shinlarining Buxoroga qarshi urush harakatlari boshlashiga bahona bo'ldi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, sovet qo'shini ixtiyorida shu davrda 10 ming qizil askar, 40 ta to'p, 230 ga yaqin pulemyot, 10 ta zirhli avtomobil, 5 ta zirhli poyezd va 12 ta samolyot bor edi. Shuningdek, Turkiston fronti qo'shini bilan birga hujum harakatlarida 5 mingga yaqin buxorolik "inqilobchi tuzilmalar" ham ishtirok etdilar.
Amir lashkari son jihatidan ko-'p bo'lgani bilan (20 mingga yaqin), biroq uning qurollanish darajasi qizillarga nisbatan ancha zaif edi. Hujumga tashlangan sovet qo'shinlari amirlikning Chorjo'y, Qarshi, Kitob, Shahrisabz va boshqa hududlarini egallab, Buxoro tomon siljib bordilar. Buxoro va uning aholisi sovetlar hujumi chog'ida mislsiz zarar ko'rdi. Shahar ko'p bor havodan bombardimon qilindi. Uning ko'plab noyob osori-atiqalari, tarixiy obidalari vayron etildi.
Amir Olimxon 1920— yil 2-sentabrda Buxoroni tark etishga majbur bo'ldi. Poytaxt sovet qo'shinlari tomonidan egallangach, hokimiyat Muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy qo'mitasi qo'liga o'tdi. 1920— yil 14-sentabrda BKP MQ va Muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy qo'mitasining birlashgan majlisi bo'ldi. Majlisda A.Muhitdinov boshchiligida qonun chiqaruvchi oliy organ — Butunbuxoro Fnqilobiy qo'mitasi va Fayzulla Xo'jayev raisligida Xalq Nozirlar Kengashi (hukumat) tuzildi. O'sha yilning 6-8-oktabr kunlarida I Butunbuxoro qurultoyi bo'lib o'tdi. Unda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilganligi e'lpn qilindi.
1921- yil 4-martda Moskvada BXSR va RSFSR o'rtasida Ittifoq shartnomasi va iqtisodiy bitim imzolandi. Bu esa Rossiya Federatsiyasi va lining Turkistondagi vakolatli namoyandalariga Buxoro Respublikasi ichki ishlariga bevosita aralashish, u yerdagi o'zgarishlarni nazorat etish va uni aniq sotsialistik maqsadlar sari yo'naltirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Shuningdek, Buxoro Xalq Sovet respublikasining asosiy rahbar tashkiloti - Buxoro Kompartiyasi RKP (b) ning viloyat tashkiloti maqomida faoliyat yuritardi.
RKP (b) MQ 1922- yil mayida "Turkiston-Buxoro ishlari haqida" qaror qabul qildi. Unda O'rta Osiyoda, jumladan, Buxoroda jadallik bilan "sotsialistik tuzumni mustahkamlash" qat'iy uqtirildi. Shuningdek, RKP (b) MQ ning 1923— yil I2-iyunda qabul qilgan Buxoro masalasiga doir maxsus qarori ham bu davlatning ichki ishlariga qo'pollik bilan aralashish edi. Negaki, unda Buxoroning rivojlanish jarayonini "sotsialistik izga" burib yuborish maqsadi ko'zda tutilgandi. Buxoro xalqining tub milliy manfaatlari yo'lida fidoyilik bilan faoliyat yuritgan, inqilobiy harakatlarning faol ishtirokchilaridan bo'lgan A.Fitrat, M.Aminov, Otaxo'jayev, Yoqubzoda va boshqalar Moskva vakillarining talabi bilan respublika hukumati tarkibidan chetlatildi.
Buxoro XSRning 1921— yil sentabrda qabul qilingan Konsti-tutsiyasi ham RSFSR Konstitutsiyasi andozasida tuzilgan edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan 1923— yil martida O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashining tuzilishi va uning tarkibiga Buxoro XSRning ham jalb qilinishi, uning iqtisodiy mustaqilligining asta-sekin qo'ldan boy berilishiga sabab bo'ldi. Moskva tazyiqi ostida bu hududda sotsialistik o'zgarishlar izchil amalga oshirildi. 1924— yil sentabrda bo'lib o'tgan V Butunbuxoro qurultoyi BXSRni Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi deb e'lon qildi. Nihoyat, 1924— yilda o'tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi natijasida Buxoro davlat sifatida tugatildi.


  1. Download 1,07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish